Suvda va Quruqda yashovshilarning tuzilishini baka misolida kurib chiqamiz


TOVUQSIMONLAR TURKUMI (КУРООБРАЗНЫЕ) –



Yüklə 315,66 Kb.
səhifə6/12
tarix10.12.2023
ölçüsü315,66 Kb.
#139495
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Suvda va Quruqda yashovshilarning tuzilishini baka misolida kuri

TOVUQSIMONLAR TURKUMI (КУРООБРАЗНЫЕ) –
GALLIFORMES
Bu turkumga kiradigan qushlar tanasining pishiqligi, yerni kavlash uchun moslashgan to’mtoq tirnoqli oyoqlari baquvvatligi, ustki tomoni qirra bo’lib chiqqan o’rtacha uzunlikdagi tumshug’i pishiqligi va qanoti kalta hamda yumaloqligi bilan xarakterlanadi. Hamma tovuqsimonlar jo’ja ochadigan qushlardir. Bularda jinsiy dimorfizm kuchli rivojlangan, erkagi ko’pincha yirik va chiroyli tiniq rangli bo’lishi bilan urg’ochilaridan farq qiladi. Tovuqsimonlarning hammasi o’troq holda yashaydi. Faqat bita turi – bedana kelib ketuvchi qushlar guruxiga kiradi. O’zbekistonda bu turkumning qirg’ovullar oilasining vakillari tarqalgan.
KAPTARSIMONLAR TURKUMI (ГОЛУБЕОБРАЗНЫЕ) – COLUMBIFORMES O’rtacha kattalikdagi qushlar bo’lib, qanotlari baquvvat va o’tkir. Tumshug’i ustining asosida yumshoq teri bo’rtmasi bor. Sevkasi old tomondan ko’ndalang qalqonchalar, orqa tomondan ko’p burchakli plastinkalar Bilan qoplangan. O’zbekistonda bitta oilasining vakillari uchraydi.
Kaptarlar oilasi (Голубиные) – Columbidae
Oila belgilari turkum belgilariga aynan o’xshash. O’zbekiston faunasida kaptarlarning ikkita urug’i uchraydi.
BULDURUQSIMONLAR TURKUMI (РЯБКООБРАЗНЫЕ) – PTEROCLETIFORMES
O’rtacha yirik qushlar bo’lib, qanotlari uzun va uchli, sevkasi kalta, pat bilan qoplangan, bo’yni va tumshug’i kalta. Orqa barmoqlari yo’q yoki yaxshi rivojlanmagan. Cho’l, dashtda va tog’li joylarda yashaydi. Bu turkumga bitta bulduruqlar (Рябковые) – Pteroclidae oilasining vakillari kiradi.9
SUVMOSHAKSIMONLAR TURKUMI (ПАСТУШКОВЫЕ) – RALLIFORMES
O’rtacha va kichik o’lchamdagi qushlardir. Tanasi yon tomondan bir oz qisilgan. Qanotlari kalta va to’mtoq. Sonlarning pastki qismi pat bilan qoplanmagan. Sevkasining oldingi tomoni ko’ndalang qalqonchalar bilan qoplangan. Bu turkum bitta Suvmoshaklar (Rallidae) oilasini o’z ichiga oladi.
TURNASIMONLAR TURKUMI (ЖУРАВЛЕОБРАЗНЫЕ) GRUIFORMES
Yirik qushlar hisoblanadi. Oyoqlari, bo’yni va tumshug’i uzun bo’ladi. Sevkasining oldingi tomoni ko’ndalang joylashgan serbar qalqonchalar bilan qoplangan. Keyingi barmog’i oldingilaridan bir oz balanda joylashgan. Sonining pastki qismi pat bilan qoplangan. O’zbekiston faunasida bu turkumning bitta nominal oilasi (Gruidae) va ikkita urug’i uchraydi.


Yüklə 315,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin