Suyak usti pardasi suyakni oziq moddalar bilan ta'minlashda, uning o'sishida, singanda, yorilganda, jarohatning bitishida katta ahamiyatga ega. Suyaklar kimyoviy tarkibining 3 dan 1 qismini organik moddalar - osseinlar (kollagen tolalar) va 3 dan 2 qismini anorganik moddalar tashkil etadi. Suyaklarning anorganik moddalari tarkibida fosfat tuzlari 60% ini, kalsiy karbonat tuzi 5,9% ini tashkil etadi.
Suyaklarning o'sishi. Yangi tug'ilgan ehaqaloqning bo'yi o'rtacha 50 srn bo'ladi. Bir yoshgacha u har oyda 2 srn dan o'sib boradi. Birinehi yoshi oxirida bo'yi 74-75 srn ga etadi. Undan keyin har yili uning o'sishi 5-7 srn ni tashkil etadi. Bolalikning ayrim davriarida bo'yga o'sish tezlashadi. Masalan, 3 yoshgacha, 5-7 yoshgacha va 12-16 yoshgacha. O'sish 20-25 yoshgacha davom etadi (uning asosiy qismi, ya'ni 90% i 15-16 yoshgacha va qolgan 10% i 20-25 yoshgacha). 25-50 yosh o'rtasida bo'yning uzunligi deyarli bir xii saqlanadi. Undan keyin har o'n yilda 1-2 srn dan kamayib boradi. Buning sababi shundaki, umurtqalar orasidagi tog'aydan iborat disklarning ziehlashishi va yupqalashuvi hamda odamda jismoniy harakatlar kamayishi natijasida suyak-muskul to'qimalarining hajmi kiehrayadi. Odam bo'yining uzunligi, asosan uzun naysimon va umurt¬qa pog'onasi suyaklarining o'sishiga bog'liq. Yuqorida aytilga¬nidek, bo'y o'sishining ko'p qismi bolalik va o'smirlik (16 yoshgacha) davrlariga to'g'ri keladi. Suyaklar ayni shu davrlarda tez o'sadi. Suyaklarning o'sishi murakkab jarayon bo'lib, bunda suyak moddalarini sintezlovehi hujayralar (osteoblastlar) va yemiruvehi hujayralar (osteoklastlar) baravariga ishtirok etadi. Suyaklarning ustki tog'ay qismida mineral tuzlar to'planishidan suyak qattiqlashib - suyakka aylanib, iehki tomonidan yemirilib bo¬radio Bolalar suyagida osteoblastlar ko'p bo'lib, ular o'sishning tezlashishini ta'minlaydi.