Kalitlar bilan boshqarish
Axborotlar tizimiga mos keluvchi kriptografik sistemani yaratish bilan bir qatorda shu sistemada kalitlar bilan boshqarish masalasini optimal (qulay va ishonchli) hal etish muhim о‘rin tutadi. Chunki tanlangan kriptosistema qanchalik murakkab va ishonchli bо‘lmasin, bari-bir undan amalda foydalanish jarayonlari kalitlar bilan bog‘liqdir. Agarda ma’lumotlarning maxfiy almashinuvi oz sondagi foydalanuvchilar doirasida bо‘lsa, kalitlar almashinuvi jarayonida noqulayliklar tug‘ilmaydi. Ammo axborotlar tizimida ma’lumotlarning maxfiy almashinuvi yuzlab, minglab va xatto millionlab foydalanuvchilar doirasida bо‘lsa (misol uchun modem va INTERNET aloqa tizimlari orqali bank, savdo-sotiq, davlat ahamiyatiga bog‘liq hamda boshqa muhim sohalardagi aloqa jarayoni foydalanuvchilari doirasida) kalitlar bilan boshqarishning о‘ziga xos alohida muhim masalalari kelib chiqadi.
Kalitlar haqidagi ma’lumot deganda axborotlar tizimi kriptosistemasida mavjud bо‘lgan barcha kalitlar tо‘plami va ularning muhofazasi bilan bog‘liq ma’lumotlar tushuniladi. Agarda kalitlar haqidagi ma’lumotlarni yetarli darajadagi ishonchli muhofazali boshqaruvi ta’minlanmasa, tabiiyki, raqib tomonga axborotlar tizimidagi deyarli ixtiyoriy ma’lumotni olish uchun tо‘la imkoniyat tug‘iladi.
Kalitlar bilan boshqarish jarayoni quyidagi uchta muhim bо‘lgan:
-barcha kalitlarning о‘zaro bog‘liq holda, ya’ni bir butun holda ishlashi jarayonini ta’minlash (kalitlar generatsiyasi);
-kalitlar tо‘plamining maqsadli kengayib borishini ta’minlash (kalitlarlarning tо‘planishi);
-kalitlarlarni foydalanuvchilar doirasida taqsimlash (kalitlarlarning taqsimlanishi);
jarayonlariga ahamiyat berishni talab etadi.
Dostları ilə paylaş: |