Oyoqlar harakati
Sportchi suzib kelayotganida oyoq harakatlarini roli ham ko’p narsaga bog’liq. Odatda sportchining oyoqlari mutassil qaychisimon harakatlarni bajarib borishi kerak. Chunki oyoqlar harakati, gavdaning gorizontal harakati barqaror ushlashga, tezlikni quvvatlab borishga xizmat qiladi. Shu jihatdan ular harakatlariga nom berilgan. Masalan: oyoqlarning pastga harakat qilishi – ishchi harakati (eshish harakati), yuqorigi harakat esa – tayyorlanish harakati, ularning vazifalari har xil chunonchi, ishchi harakatlari – gavdani olg’a siljitishga bir qadar xizmat qilsa. Tayyorlanish harakatlari gavdani siljishga hech qanday ta’sir qilmaydi.
Uzoqdan suzuvchining orqasiga qarab turilsa, uning gavdasi go’yo suvda yotibdi-yu, ortida suv qaynamasi bo’layotganday tuyuladi.
Ishchi harakat paytida oyoq tizza va boldir, panja bo’g’inlaridan yozilib son bo’g’inidan bukilib boradi. Shu asnoda oyoq pastga harakatlanib boradi. To oyoq tizzadan to’la to’g’ri holatga kelguncha pastga tushadi. Son esa boldir panjadan oldinroq yuqoriga harakatlana boshlaydi. Oyoq tizza bo’g’inidan batamom yozilib bo’lgach ishchi harakat tugaydi.
Adabiyotlar
Sobirova O. Bolalar suzishni o’rganing. – Toshkent: «Meditsina» nashriyoti, 1987.
Firsov Z.T. Plavat’ ran’she chem xodit’. 2.izd. Fizkul’tura i sport. – Moskva: 1980.
Sobirova O. Suzish san’atini o’rgan. – Toshkent: «Meditsina» nashriyoti, 1989.
Sobirova O. Suzish. – Toshkent: «Ibn Sino» nashriyoti, 1993.
Tangirov Y., Levitskiy A.N. Suzish. – Toshkent: «Meditsina» nashriyoti, 1986.
www.ziyonet.uz
Dostları ilə paylaş: |