T.N.Qori Niyoziyning pedagogik qarashlari Talaba: Reja: 1. T.N.Qori Niyoziyning hayot yo’li 2. T.N.Qori Niyoziyning asarlari 3. T.N.Qori Niyoziyning asarlaridagi pedagogik qarashlar Mashhur olim va ijtimoiy fan arbobi, o‘zbek sovet maktabining asoschisi va unga birinchi darslikni yaratuvchi, birinchi akademik va O‘z SSR FA ning birinchi rahbari Toshmuhammad Niyozovich Qori-Niyoziy 1897 yilda Xodjand shahrida kosib oilasida tug‘ilgan.
T. N. Qori-Niyoziy hayotning katta maktabligini bildi, xalqning orasidagi urf-odatlarni, borliqni yaxshi o‘rgandi. U og‘ir, lekin shuhratli yo‘lni bosib o‘tdi. T. N. Qori-Niyoziyning mehnat faoliyati erta boshlandi.
U 1917 yilda 20 yoshida Farg`onada birinchi o`zbеk maktabini tashkil qildi.
1920 yilning oxirida barpo etilgan maktabning va o‘qituvchilik kurslari negizida u Qo`qonda pеdagogika tеxnikumini tashkillashtiradi. Bu esa, shu yillari Farg‘onada pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘yicha muhim markaz sanalardi.
1924-yili pedagogik texnikumning birinchi bitiruvchilari bitirib chiqdi. “Farg‘ona” gazetasi 26-maydan boshlab hamma sonini shunga bag‘ishladi. U gazetada “Bu o‘n uchta bitiruvchi o‘n uch mingta bo‘lsin” deb yozgan edi. Chunki, birinchi bitiruvchilar soni o‘n uch kishi – “o‘n uch qaldirg‘och” edi. Gazetada bu qaldirg‘ochlar o‘zbek ta’limini va o‘zbek ilmini olamga olib chiquvchilar ma’nosida yozilgan edi. Bu o‘n uchta qaldirg‘ochni uchishga T.N.Qori-Niyoziy tayyorlagan edi.
U o‘zbeklar orasida O‘ODU (O‘rta Osiyo Davlat Universiteti) fizika-matematika fakultetiga birinchilardan bo‘lib o‘qishga kirdi va 1930-yili o‘qishni muvaffaqiyatli tugatdi.
1931 yildan 1933 yilgacha universitetning rektori lavozimida ishlaydi.
Qori-Niyoziyga o‘zbeklardan birinchi bo‘lib 1931-yili professor unvoni berildi, 1939-yilda esa fizika – matematika fanlari doktori ilmiy darajasi berildi.
1939-1943 yillar davomida T.N.Qori-Niyoziy O‘zbekistonning jamoatchilik, madaniyat, maorif va jamoatchilik hayotida muvaffaqiyatli joriy etgan va kirill yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosini qayta ishlashga rahbarlik qildi.
1946 yildan boshlab T.N.Qori-Niyoziy doimiy ravishda TIQXMMI (Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti) oily matematika kafedrasi mudiri bo‘lib ishladi.
T.N.Qori-Niyoziy o‘zbek matematika terminologiyasi, oliy va o‘rta o‘quv muassasalari uchun haqiqiy matematik adabiyotlar asoschisi hamda fan tarixi bo‘yicha yirik mutaxassis hisoblanadi. Uning uch yuzdan ortiq ilmiy ishlari nashr qilingan, jumladan, fan sohasida olamshumul ixtiro sifatida chuqur tan olingan «Ulug‘bekning astronomiya maktabi» monografiyasi 1952 yilda davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Olim 1940 yildan deyarli 10 yil davomida buyuk olim astronom Ulug‘bekning qo‘lyozma manbalarini o‘rgandi va uning ilmiy ishlarining davomiga tadqiqot ishlarini olib bordi. Bu ishlarning natijasida u Ulug‘bekning astronomiya maktabi to‘g‘risida yirik ilmiy ish yaratdi.
T.N.Qori-Niyoziyning «Ulug‘bekning astronomiya maktabi» nomli kitobi birinchi marta Moskvada 1950 yilda SSSR Fanlar Akademiyasida (rus tilida) nashr qilindi.
Qori-Niyoziy ko‘p monogrаfiya, uslubiy qo‘llаnmаlar vа “Sho‘rа dаvridаgi O‘zbеkistonning mаdаniyati tаriхi” аsаri muаllifi. Olimning аsаrlаri sаkkiz tomli nаshrni tаshkil qildi. Hаr bir sаtr xаlqqа muhаbbаt, uning obodligi, odаmlаr mа’nаviyati, ilm vа mаdаniyatning yashnаshi kаbi tuyg‘ulаrgа boy.
Uni O‘zbеkiston ziyoliylаri oqsoqoli dеb аtаshаdi. T.N.Qori-Niyoziy butun umrini ilm vа mаdаniyatgа xizmаt qilishga bag‘ishlаgаn. O‘zbеkistondа ilm vа mаdаniyatning rivojlаnishi bеvositа Qori-Niyoziy nomi bilаn bog‘liq.
Olim 50 yildаn ortiq bor kuchini xаlqqа xizmаt qilishga bаg‘ishlаgаn. U jаmiyat ijtimoiy vа siyosiy hаyotidа fаol ishtirok etgаn, yoshlаr tаrbiyasigа ko‘p kuch vа quvvаt sаrflаgаn.
1941 yili O‘zSSR hukumati tomonidаn Sаmаrqаnd shаhridаgi Аmir Tеmur vа tеmuriylаr Go‘ri Аmir mаjmuаsigа ekspеditsiya tаshkil qilinаdi, shulаrdаn : T.N.Qori-Niyoziy (rаis), M.M.Gеrаsimov (SSSR FА хodimi, аntropolog hаykаltаrosh), profеssor аntropolog L.V.Oshаnin, profеssor shаrqshunos А.А.Sеmеnov vа boshqаlаr.
1937-1940 yillаrdа T.N.Qori-Niyoziy O‘zbеkiston XKK qoshidаgi Fаnlаr qo‘mitаsi prеzidiumining rаisi, O‘zbеkistondаgi SSSR FА filiаli rаisi bo‘lgаn.
1939-1943 yillаrdа – O‘zSSR XKK rаisining fаn, mаdаniyat vа sаn’аt bo‘ychа muovini.
1943 yili аkаdеmiklikka sаylаngаn vа 1943-1947 yillаrdа O‘zbеkiston Fаnlаr Аkаdеmiyasi birinchi rаisi bo‘lgаn.
U O‘zbеkiston tаriхiy obidаlаr vа mаdаniyatini himoya qilish Jаmiyati prеzidiumining rаisi muovini, Xаlq univеrsitеtlаri Rеspublikа Kеngаshi rаisi, “Fаn vа turmush” jurnаli muhаrriri vа bir qаtor ilmiy jаmoаt kеngаshlаr vа jаmiyatlаr а’zosi bo‘lgаn.
T.N.Qori-Niyoziy ko‘p xаlqаro kongrеslаr vа simpoziumlаrdа ishtirok etgаn, 1954 yilda Xаlqаro аstronomik jаmiyati а’zosi, 1968 yilda Fаnlаr tаriхi bo‘yichа 12 Xаlqаro kongrеssidа Bosh Аssаmblеyasi а’zosi etib sаylаngаn. Ko‘p chеt el dаvlаtlаridа bo‘lgаn (Yaponiya, Hindiston, Itаliya, Bolgаriya, Аfg‘oniston vа boshqа).
Toshmuhаmmad Niyozovich Qori-Niyozov 1970 yil 17 mаrtidа Toshkеnt shаhridа vаfot etgаn. Buyuk olim hаqidаgi xotirаlаr hаmishа bizning yurаgimizdа sаqlаnib qolаdi.
Qori Niyoziyning pedagogik faoliyati. Sobiq shо‘rolar hokimiyati barpo etilgan birinchi kunlardanoq, 1917-yil 9-noyabrda “Davlat maorif komissiyasini ta’sis qilish tо‘g‘risida”gi dekret e’lon qilindi. Jamiyatni о‘z g‘oyalari ruhida tarbiyalashni rejalashtirgan shо‘rolar hokimiyati vayron bо‘lgan xо‘jalik sharoitida, qahadchilik va ocharchilik hukmron bо‘lgan g‘oyat darajada murakkab sharoitda xalq maorifini tashkil qilishga jiddiy e’tibor qaratdi. Bunda Qori Niyoziyga о‘xshagan millatining, xalqining, Turkiston о‘lkasining ertangi kuni haqida qayg‘urib yashayotgan mahalliy ziyolilar vujudga kelgan imkoniyatdan yerli xalqni savodli qilish maqsadida foydalanishga harakat qilindi. Shuning uchun ham Toshmuhammad Niyozovich 1917-yil noyabr oyida Skobelev shahrida Farg‘onadagi yangi tipdagi birinchi о‘zbek maktabini tashkil qilish haqidagi topshiriqni bajarishga jiddiy kirishdi. Maktab mudiri sifatida Qori Niyoziy oldida turgan eng murakkab masala – maktabni о‘qituvchilar bilan ta’minlash masalasi edi, chunki yerlilar orasidan о‘qituvchilik talabiga tо‘liq javob beradigan kishini topish juda katta muammo edi. Maktabga о‘qituvchilik vazifasiga jalb etilgan birinchi о‘qituvchi (Qori Niyoziyning bо‘lg‘usi rafiqasi) Oyshaxon О‘razayeva edi.
U tarjimonning qizi bо‘lib, 1914-yilda Farg‘ona shahridagi qizlar gimnaziyasini bitirgan va Andijonda rus-tuzem maktabining rus sinfida о‘qituvchi bо‘lib ishlagan. Maktabda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish yо‘lidagi jiddiy qiyinchiliklardan yana biri о‘quv rejasi va о‘quv dasturining yо‘qligi edi. Birinchi oyning oxirlarida Toshmuhammad Niyozovich va Oyshaxon О‘razayeva tomonidan tuzilgan о‘quv rejasiga muvofiq maktabda ona (о‘zbek) tili, rus tili, geografiya va tabiiyot о‘qitilgan, sо‘ngra gimnastika darsi kiritilgan. О‘zbek tilida darslik bо‘lmaganligi uchun birinchi paytlarda turli ruscha kitioblardan foydalanib, о‘zbek tilida konspekt tuzishgan. 1918-yilda Qо‘qondan Farg‘onaga kо‘chib kelgan Hamza Hakimzoda Niyoziy ham о‘qituvchilikka jalb etilgan. Hamza Hakimzoda bir tomondan maktabda qо‘shiq (“sharqiy”) darsini olib borgan va ikkinchi tomondan maktabning tashkiliy ishlarida Qori Niyoziyga yaqindan yordam bergan. 1920-yilda yangi tipdagi birinchi о‘zbek maktabi Farg‘ona viloyati ikkinchi bosqich maktabiga aylantirildi. Bu maktab ham butun Turkiston о‘lkasida tо‘ng‘ich maktab bо‘lgan, chunki bu vaqtda о‘lkaning hech qaysi yerida hali ikkinchi bosqich maktabi ochilmagan edi. О‘quvchilar uchun maktab qoshida internat ochilgan. Birinchi о‘zbek maktabi va uning bazasida yaratilgan viloyat ikkinchi bosqich maktabi, keyinchalik Farg‘ona shahrida va uning atrofidagi tumanlarda ochilgan maktablar uchun muhim rol о‘ynadi. Masalan, har yili yozda maktab jamoasining faol ishtiroki bilan о‘qituvchilar tayyorlash uchun qisqa muddatli kurslar ochilgan, yangi maktablarga yо‘l-yо‘riq kо‘rsatib yordam qilingan.
Farg‘ona shahar va uyezd shо‘rolar hokimiyati tomonidan 1920-yil 15-
yanvarda Toshmuhammad Niyozovichga berilgan 122-mandatda, unga Farg‘ona va uning uyezdidagi maktablarga yо‘l-yо‘riq kо‘rsatish vazifasi topshirilib, maktab mudirlariga: “Qori Niyozovning kо‘rsatmalariga va qonuniy talablariga itoat qilish taklif qilinadi”, – deyilgan. Shunday qilib Toshmuhammad Niyozovich 1920-yillardayoq Farg‘ona viloyatida barchaning domlasi sifatida rasman tan olingan edi. Turkiston о‘lkasida ochilgan maktablar soni 1920-yildayoq 2000taga yetgan edi. Tabiiyki, bu maktablarga eng avval о‘qituvchi kerak edi, ular esa asosan ikki- uch oylik kurslarda tahsil olganlar orasidan tanlanardi. Shu yo‘sinda 1917-1920-yillarda о‘qituvchilik qilib turganlarning kо‘pida, hatto, о‘rta maktab ma’lumoti yо‘q edi. Qisqa muddatli kurslarda berilgan ma’lumot esa, albatta, о‘qituvchilik uchun kifoya qilmas edi. Ikkinchi tomondan, boshqa yо‘l ham yо‘q edi, chunki yildan-yilga maktablarning soni о‘sib borardi.
Xalq maorifi oldida turgan eng muhim, eng murakkab masala tezlik bilan ochilayotgan maktablarni hech bо‘lmaganda о‘rta ma’lumotga ega bо‘lgan о‘qituvchilar bilan ta’minlashdan iborat edi. Shuning uchun ham о‘lkada tо‘rt yillik “ta’lim-tarbiya texnikumi” degan yangi tipdagi pedagogik о‘rta maktablar vujudga kela boshladi. Farg‘ona viloyatida uni tashkil qilish Toshmuhammad Niyozovich zimmasiga yuklatildi. Shu munosabat bilan Farg‘onadagi “Viloyat ikkinchi bosqich о‘zbek maktabi” butun jihozlari va о‘quvchilari bilan maxsus
esholonda viloyatning yangi markazi – Qо‘qonga kо‘chirib keltirildi. Kо‘p fursat о‘tmay ushbu maktab va “Dorul muallimin” degan ta’lim-tarbiya kursi asosida
“Farg‘ona viloyat ta’lim-tarbiya texnikumi” tashkil qilindi va unga Toshmuhammad Niyozovich mudir etib tayinlandi. Texnikum huzurida “Namuna maktabi” va internat bо‘lib, о‘quvchilar davlat hisobiga yashar, ularga oziq-ovqat, kiyim-kechak, о‘quv qurollari berilar edi.
Texnikumda matematika, tabiiyot, kimyo, fizika, til va adabiyot laboratoriya xonalari va kabinetlari, duradgorlik, muqovasozlik, haykaltaroshlik, chilangarlik
hunarxonalari tashkil qilingan edi. Qizlar esa bichish-tikish hunarxonasida ish
о‘rganar edilar. Bu maskanda Qori Niyoziy ayniqsa matematika fanini hayotga
bog‘lab o‘qitishga harakat qilardi.
Texnikum huzurida har yili Farg‘ona viloyati uchun о‘qituvchilar tayyorlash va qayta tayyorlash kurslari, yosh о‘qituvchilar uchun konsultatsiyalar, metodika,
pedagogikaga doir va umumiy-ilmiy tematikalarda ma’ruzalar tashkil qilingan. Xullas, texnikum Farg‘ona viloyatining eng yirik pedagogika markaziga aylangan edi. Bu texnikumdan chiqqanlarning kо‘plari ajoyib pedagog, injener, agronom, olim, jamoat va davlat arboblari bо‘lib yetishdilar. 1924-yilda texnikum Qо‘qondan Farg‘ona shahriga kо‘chirildi. Bu yerda texnikumning faoliyati yanada keng miqyosda rivojlanib bordi. 1930-yilda texnikum Farg‘ona davlat pedagogika
institutiga aylandi. O‘zbekiston madaniyati tarixidagi o‘rni g‘oyat muhimdir. Toshmuhammad Niyozovich о‘qituvchilik bilan birgalikda mustaqil ishlab, 1918-1920-yillarda о‘rta maktab hajmidagi ma’lumotga ega bо‘ldi. Navbatdagi masala bu ma’lumotini davom ettirish edi. U 1920-yilning kuzida Toshkentda
ta’sis etilgan О‘rta Osiyo davlat universitetida о‘qishni niyat qilgan edi, lekin
yaqindagina tashkil etilgan texnikumni mustahkamlamasdan о‘qishga ketib qolishni vijdonsizlik deb hisobladi. Shuning uchun ham о‘qishni yana mustaqil davom ettirib, universitet fizika-matematika fakultetining birinchi kursida о‘tiladigan fanlarni Qо‘qonda turib mustaqil o‘rganishga muvaffaq bо‘ldi. Toshmuhammad Niyozovich 1926-yilda Toshkentga kelib universitet fizika-matematika fakultetining birinchi kursiga konkurs asosida qabul qilingandan sо‘ng birinchi kurs dasturi bо‘yicha imtihonlarni topshirib, tez fursatda ikkinchi kursda о‘qiy boshladi. Qori Niyoziy universitetda о‘qib yurgan vaqtidayoq, 4-kursdan boshlab о‘zbek tilida matematik analiz va boshqa matematika kurslaridan ma’ruzalar о‘qiy boshlaydi. 1930-yilning fevral oyida universitetni bitirgan Toshmuhammad Niyozovich ilmiy, pedagogik va tashkiliy ishlar bilan mashg‘ul bо‘lgan. 1931-yildan universitetning professori, keyinchalik uning rektori bо‘lib ishlagan. Respublikada ilmiy kadrga ehtiyoj shu darajada zо‘r ediki, Toshmuhammad Niyozovichga ayni zamonda universitetdan boshqa yana bir necha oliy maktablarda matematikadan ma’ruza о‘qishga tо‘g‘ri kelgan, masalan, 1930- yildan boshlab О‘rta Osiyo paxtachilik va irrigatsiya politexnik institutida,
Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutida, 1932-yildan 1937-yilgacha Toshkent pedagogika instituti matematika kafedrasida (mudir bо‘lib), 1938-yildan boshlab universitet fizika-matematika fakultetining umumiy matematika kafedrasida (mudir bо‘lib) ishlashiga tо‘g‘ri kelgan.
Qori Niyoziy 1937-1938-yillarda О‘zbekiston Xalq maorif ministri hamda shu yillarning о‘zida (va keyin) Fanlar komiteti prezidiumining raisi vazifalarida ishlagan. Bu davrda yildan yilga kо‘payib ketayotgan maktablarni zamona talablariga javob bera oladigan о‘qituvchilar bilan ta’min qilish masalasi turar edi. Shuning uchun pedagogika institutlari tizimiga katta ahamiyat berildi va ular maorif ministrligining diqqat markazida bо‘ldi.
Qori Niyoziyning pedagogik qarashlari. Qori Niyoziyning fikricha, о‘qituvchida о‘z kasbiga samimiy muhabbat bо‘lishi kerak. Uning ishiga ishtiyoqi, samimiy muhabbati shu darajada zо‘r ediki, “sharoitning og‘irligiga qaramay, kechasi-yu kunduzi fikr-u zikri faqat maktab masalalari ustida borar edi. Buning asosiy sabablaridan biri maktab oldidagi oliyjanob maqsad bо‘lsa, ikkinchisi ijodiy mehnatning zavq-u shavqi edi”.
Toshmuhammad Niyozovich fikricha, о‘qituvchining bilimi о‘z shogirdlarining bilimidan doimo hech bо‘lmaganda bir necha bosh yuqori turishi kerak, aks holda bolalar oldida uning obrо‘si bо‘lmaydi, chunki kutilmagan savollarga о‘qituvchi javob bera olmay qolishi mumkin. Holbuki, bola sezgir bо‘ladi va juda tez fursatda о‘qituvchining “mulla”ligi oshkor bо‘lib qoladi.
О‘quvchilar oldida yо‘qotilgan obrо‘ni tiklash juda qiyin, hatto ba’zi vaqtlarda mumkin ham emas.
Qori Niyoziy shunday yozadi: ijodiy hayot bilan yashagan, aqliy mehnat bilan shug‘ullangan har bir kishining, ayniqsa, olimning, о‘qituvchining xususiyatlaridan biri kuzatish qobiliyatidan, kо‘rinishda “arzimaydigan”, “mayda-chuyda”larga diqqat qilib yurishdan iborat deb hisoblaydi. Darhaqiqat, kо‘rishda kо‘rish, qarashda qarash bor. Ya’ni biror hodisani ayni zamonda kо‘p kishi kо‘rgani bilan, undan har biri tо‘g‘ri xulosa chiqara olmasligi mumkin.
Qori Niyoziy “Kuzatish qobiliyatini mashq vositasi bilan rivojlantirib borish mumkin. Shuning uchun umuman о‘qituvchilar, eng avval о‘zlarining kuzatish qobiliyatlarini rivojlantirib, sо‘ngra о‘z shogirdlarini ham bu sohada sistemali
ravishda tarbiya qilishlari lozim”.
Domla samimiyat insonning eng oliyjanob fazilatlaridan biri ekanligini ta’kidlaydi. Samimiyat rostgо‘ylik bilan chambarchas bog‘langan: bu tushunchalardan har biri ikkinchisini taqozo etadi. О‘qituvchi bilan о‘quvchi orasida aloqa samimiy bо‘lishi kerak. Samimiy bо‘lmagan aloqaning asosida biror shaxsiy manfaat turadi. Bu esa yosh avlodning tarbiyasiga zarar keltiradi.
Toshmuhammad Niyozovichning matematika haqidagi fikrlari о‘quvchilar va turli sohalarda ta’lim olayotgan bugungi yoshlar uchun ham katta ahamiyatga egadir. U shunday yozadi: “Matematikaning eng qimmatbaho xususiyati shundaki, u kishining mantiqiy muhokama qobiliyatini о‘stira boradi. ... Holbuki, matematikaning formula va qoidalarini yod olish bilan uni egallab bо‘lmaydi.
Matematikaning joni tafakkurda, mantiqiy muhokamada bо‘lib, undagi haqiqatlarni qat’iy, ketma-ket, mantiqiy muhokama bilangina oshkor qilish mumkin. Shunday qilib, mantiqiy tafakkur malakasiga ega bо‘lgan kishiga har qanday fan bilan shug‘ullanish uchun mustahkam zamin vujudga keladi”.
Qori Niyoziy bolaning yoshligidagi, ayniqsa, hayotning maktabgacha davri tarbiya nuqtai nazaridan g‘oyat murakkabligini ta’kidlaydi. Shuningdek, “О‘qituvchi oliy ma’lumotli bо‘lgani bilan u pastki sinflarda dars berish talabiga mutlaqo javob bera olmasligi mumkin”, – deb hisoblaydi. Uning fikricha: “О‘qituvchi eng avval bola ichki dunyosini, uning psixologiyasini, talab va zaruriy ehtiyojlarini juda yaxshi bilib, о‘quvchilarning ustidan kundalik va har taraflama ijodiy nazorat olib borishi lozim. Xullas, maktabning pastki sinflari iste’dodli, tajribali, mohir о‘qituvchilarning qо‘lida bо‘lishi kerak, chunki buning uchun
yolg‘iz formal ma’lumot kо‘p vaqt kifoya qilmaydi!”.
Toshmuhammad Niyozovich о‘qituvchilik kasbi haqidagi fikrlarini yakunlab
shunday xulosaga keladi: “Umuman, о‘qituvchining ishi, uning qaysi sinfda va
nimadan dars berishidan qat’iy nazar, ijodiy bо‘lishi lozim. Aks holda uning sо‘zi qolipga aylanib, о‘qituvchining о‘zi oddiy kosibga о‘xshab qolishi mumkin.
Maktabda sodir bо‘ladigan kо‘p kamchiliklarning ildizi, ularning asosiy manbai ham shunda!”
Qori Niyoziyning asarlari haqida. Toshmuhammad Niyozovich “elementar matematika, oliy matematikaning dastlabki bо‘limlari (analitik geometriya, differensial va integral hisob, oddiy differensial tenglamalar)ning о‘zbek tilida terminologiyasini tuzdi. Uning bu ishda asos qilib olgan asosiy prinsiplaridan biri internatsional xarakterda bо‘lgan terminlarning о‘zini qabul qilib, qolganlarining о‘rniga о‘zbekcha mosini (ekvivalentini) topishdan iborat edi”