T OSHKENT “ Himoyaga ruxsat etilsin”
AMALIY FANLAR Fakultet dekani
UNIVERSITETI ________ U. Choriyev
“ ____” _________2023-yil
“Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 2 bosqich MT-22-S-02 guruh talabasi Mamutova A'loxon Azamat qizining
“Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va ta’lim-tarbiyasi” mavzusidagi
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: Tursunova Nilufar Turdiyevna
Bajardi: Maktabgacha ta’lim yo’nalishi,2-bosqich
MT--22-S-02 guruh Mamutova A'loxon Azamat qizi
“Himoyaga tavsiya etilsin”
“Maktabgacha ta’lim metodikasi”
Kafedra mudiri
___________PhD.X.I. Yusupov
Toshkent-2023yil
MUNDARIJA: KIRISH ……………………………….………………………………………. 3-6
I BOB. MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTIDA BOLA TA`LIM-TARBIYASINING ASOSIY OMILI SIFATIDA Maktabgacha ta`lim tashkiloti va maktab hamkorligi……………..….. 7-14
Maktabgacha talim tashkiloti bilan maktab aloqasining shakllari…. …15-17
Maktabgacha ta`lim tashkiloti va maktab dasturlarining izchilligi…. 18-20
II BOB. BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASHNING NAZARIY VA AMALIY AHAMIYATI 2.1. Bolalarni maktabda o`qishga axloqiy, aqliy, jismoniy va psixologik tayyorgarligi………………………………………………………………... 21-31
2.2. Bolani maktab ta`limiga tayyorlashda ta`lim-tarbiyaviy jarayonning o`rni va o`ziga xos xususiyatlari…………………………………………………. …...32-35 2.3. Maktab ta`limiga tayyorlashda bolalar faoliyatini tashkil etishning ahamiyati………………………………………………………………… …...36-37 XULOSA……………………………………………………………………...38-39 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………… …40-42 KIRISH Ma`lumki, so`nggi yillarda O`zbekiston Respublikasining chekka hududlaridagi bolalarni maktabgacha ta`lim bilan qamrab olishni jadallashtirish, sog`lom, faol, barkamol, ijtimoiy moslashtirilgan bolalarni tarbiyalash, kelgusida muvaffaqiyatli o`quv faoliyati uchun shart-sharoitlarni shakllantirish va ularni boshlang`ich ta`limga sifatli tayyorlash ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.
Jumladan, respublikamizda 2020-2025 yillarda bolalarni majburiy maktabgacha ta`lim bilan qamrab olish, unga ko`ra bolalarni boshlang`ich ta`limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari faoliyatini tashkil etish, tayyorlov guruhlarini moddiy-texnik vositalar va ta`lim-didaktik materiallar bilan jihozlash hamda boshlang`ich ta`limga majburiy bir yillik tayyorlovdan o`tganlik to`g`risida sertifikat berish yo`lga qo`yildi.
Tayyorlov guruhlari maktabgacha ta`lim tizimining ajralmas qismi hisoblanadi va quyidagilar ularning asosiy vazifalari hisoblanadi:
bolalarni umumiy o`rta ta`lim muassasalarida o`qishga tayyorlash;
O`zbekiston Respublikasidagi ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yiladigan davlat talablariga muvofiq va ilg`or xorijiy tajribani hisobga olgan holda, bolalar har tomonlama aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy kamol topishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
bolalarning sog`lig`ini muhofaza qilish va mustahkamlash;
bolalarni milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish;
o`quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta`lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini joriy etish;
bola shaxsining asoslarini shakllantirish, unda bilimga qiziqishni rivojlantirish.
Tayyorlov guruhlarida o`quv yili joriy yilning 2 sentabridan keyingi yilning 31 mayigacha bo`lgan davrni, yozgi sog`lomlashtirish davri joriy yilning 1 iyunidan 31 avgustigacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi.
Davlat va nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari tomonidan hamda ulardan tashqari to`liq yoki to`liq bo`lmagan kun (bir haftada kamida 15 soat ta`lim-tarbiya jarayoni tashkil etilgan holda) rejimida tashkil etiladigan tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilari boshlang`ich ta`limga tayyorgarlikdan o`tgan deb hisoblanadi va majburiy bepul bir yillik tayyorlovdan ozod etiladi. Davlat va nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari tomonidan hamda ulardan tashqari tashkil etilgan tayyorlov guruhlarida boshlang`ich ta`limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o`tgan bolalarga boshlang`ich ta`limga majburiy bir yillik tayyorlovdan o`tganlik to`g`risida davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
Ayni paytda Navoiy viloyatda 6 yoshdagi bolalar soni 19 ming 925 nafarni tashkil etib, ularning 16 ming 932 nafari yoki 85 foizi maktabgacha ta`lim bilan qamrab olingan. Qamrab olinmagan bolalar soni esa 2 ming 993 nafarni tashkil etadi.
Viloyatda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 martdagi “Bolalarni boshlang`ich ta`limga majburiy maktabgacha ta`lim tashkilotlari negizidagi bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida`gi qaroriga asosan 6 yoshli bolalarni bepul maktabga majburiy tayyorlov guruhlari bilan qamrab olish bo`yicha aniq va maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yil sentabr oyi holatiga viloyatning 9 ta tuman (shahar)idagi (G`ozg`on shahri va Tomdi tumanidan tashqari) MTTlarda 21 ta, umumta`lim maktablarida 247 ta, kollejlarda 4 ta, MFYda 10 ta 6 yoshli bola uchun bepul maktabga majburiy tayyorlov guruhlari tashkil etildi, – deydi viloyat Maktabgacha ta`lim boshqarmasi bo`lim boshlig`i Nigora Yaxshiyeva. – Bugungi kunda 6 yoshli bolalarning 6762 nafari qamrab olindi. Barcha tashkilotlarimizda maktabgacha yoshdagi bolalarning lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosi va yangi imlo qoidalari bo`yicha savodxonligini shakllantirishga alohida e`tibor qaratganmiz. Bunda bolajonlarimizga alifbo harflarini o`qish va yozish, qo`shish va ayirish amallari o`rgatib kelinmoqda. Maqsadimiz, bog`cha yoshidagi bolajonlar maktabga o`qish va yozishni o`zlashtirgan holda borishidir.
MTT va maktab ta`limining uzviy aloqasini tahlil etish va maktabgach va boshlag`ich ta`lim ta`lim-tarbiya jarayonini o`rganish maqsadida biz aynan yuqoridagi ma`lumotlarga tayandik va kurs ishi mavzumizni “Maktabgacha va boshlang`ich ta`limda ta`lim va tarbiyaning uzluksizligi` deb nomladik.
O`zbekiston Respublikasining 2019 yil 16 dekabrdagi “Maktabgacha ta`lim va tarbiya to`g`risida`gi 595-sonli Qonuni, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 dekabrdagi “Maktabgacha ta`lim va tarbiyaning Davlat standarti 802-sonli Qarori, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrda Bolalarni boshlang`ich ta`limga majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich o`tish chora-tadbirlari to`g`risida`gi 999-son Qarori, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 martda “Bolalarni boshlang`ich ta`limga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida`gi 132-son Qarori hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi” va mazkur sohaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur kurs ishi muayyan darajada xizmat qiladi.