T. Xudayshukurov Biznes – etiket



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/58
tarix26.11.2023
ölçüsü1 Mb.
#134985
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009



T.Xudayshukurov
 
 
 
 
 
Biznes – etiket
 
 
 
 
 
 
Samarqand – 2009



T.Xudayshukurov. 
Biznes – etiket: 
Xizmat ko’rsatish sohalari bo’yicha 
oliy maktab talabalari uchun darslik. – Samarqand 2009 yil, 124 bet.
Taqrizchilar
: O’zbekiston Respublikasi tadbirkorlar palatasi Samarqand 
viloyat bo’limi boshlig’i, professor N.A.Ibragimov. 
SamISI “Xizmatlar ko’rsatish, servis va uni tashkil etish” kafedrasi katta 
o’qituvchisi I.X.Shukurov 
Darslikda biznesmet imidji tushunchasi, biznes yuzasidan munosabat 
qilishning universal vositalari, biznesmenlar kiyimi va kiyinishi, biznes korxonalarida 
o’zaro munosabat qilish, hamkorlar bilan suhbat o’tkazish, xizmat yuzasidan xatlar 
yozish va telefonda gaplashish, ovqatlanish va yo’l etiketi qoidalari ko’rib chiqilgan.
Ushbu darslik materiallari oliy maktab talabalaridan tashqari xizmatlar 
ko’rsatish sohasi kollejlarining o’quvchi va o’qituvchilari hamda biznes korxonalari 
xodimlari uchun ham juda foydali bo’ladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



So’z boshi
Oxirgi yillarda respublikada tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish 
bo’yicha qabul qilinayotgan rasmiy xujjatlar xalq xo’jaligining barcha 
sohalarida biznes faoliyatining barqaror va intensiv rivojlanishiga sababchi 
bo’lmoqda. Biznes faoliyati bilan shug’ullanadigan xotin–qizlar salmog’i 
ham yildan yilga oshib bormoqda. 
Biznes bilan shug’ullanadigan kishilar ham jamiyat a’zosi 
hisoblanadi. Shu sababli ham ular nafaqat ish davrida, ishidan keyin ham 
jamiyatda o’rnatilgan ahloq va odob qoidalariga qat’iy rioya qilishlari 
shart. Biznes shunday faoliyatki, biznesmen o’ziing faoliyati davrida har 
xil madaniyat darajasiga, fe’l–atvorga, diniy va dunyoqarashlarga ega 
bo’lgan nafaqat O’zbekiston fuqarolari, chet elliklar bilan ham 
munosabatga tushadi. Bunday vaziyatlarda biznesmen nafaqat o’zining u 
mansub bo’lgan o’zbek xalqining va respublikasining madaniyatini 
namoyon qilish hamda ijobiy natijalarga erishish uchun biznesmenlar 
faoliyatiga mansub xalqaro darajada va o’z jamiyatida qabul qilingan 
ahloq–odob, ya’ni etiket qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda harakat 
qilishlari kerak. Bundan tashqari biznesmen o’z hamkorlari, hamkasblari 
va fuqarolar o’rtasida o’z imijini (mavqyei yoki obro’y) oshirish yo’llarini 
yaxshi bilishlari va ulardan oqilona foydalanishlari lozim.
Biznesmen faoliyatining poydevorini biznesmen madaniyati va 
bilimdonligidan 
tashqari, 
sabr–toqatlilik, 
xushmuomalalik, 
ya’ni 
shirinsuxanlik, ochiq chehra, ya’ni tabassum, o’z hamkorlari, hamkasblari 
va boshqa kishilarga nisbatan izzat–hurmat ko’rsatish hamda 
boshqalardan o’zini ustun quymaslik va ularni ba’zi bir xususiyatlariga 
(dini, tili, dunyoqarashi, jinsi va boshqalar) ko’ra kamsitmaslik tashkil 
qiladi. 
Biznesmen doimo hamkasblari, hamkorlari va uni bilgan xalq 
nazorati ostida bo’ladi. Shu boisdan ham biznesmenlar o’zlarining 
qiyofasiga, ya’ni yuvinib–taranishiga, kiyadigan kiyimining sifatiga, 
tozaligiga, doimo dazmollanganligiga e’tibor beribgina qolmasdan
yurish–turishda hamda suhbatlar o’tkazishda oyoq va qo’llarining holatiga,
mimikasiga katta e’tibor berishlari lozim. Bundan tashqari biznesmen ham 
boshqa xodimlardek, aksariyat hollarda umumiy ovqatlanish korxonalarida 
nonushta qiladi, xizmat yuzasidan borgan joylarida mehmondo’stlik 
ziyofatlarida qatnashadi va kelgan hamkorlarini restoranda yoki uyida 
ziyofat qiladi. Shu sababli ham biznesmenlar ovqatlanish stoli atrofida 
o’zini tutish, taom iste’mol qilish va taom iste’mol instrumentlaridan 



foydalanishga hamda mehmonlarga stol yoki uy egasi (bekasi) sifatida 
xizmat qilishga qo’yiladigan etik talablarni ham yaxshi bilishlari shart. 
Xalqaro biznesda ishtirok etuvchi biznesmenlar xizmat yuzasidan 
chet mamlakatlarga borganda chet ellik hamkorlar ularga O’zbekiston 
xalqining ilg’or vakillari deb qarashadi. Shuning uchun ham safaringiz 
davrida sizning hatti–harakatingizga, muomala qilishingizga va yurish–
turishingizga qarab nafaqat siz, millatingiz va davlatingiz madaniyati 
to’g’risida xulosa chiqaradi. Xalqaro biznes vakillari ham yuqorida 
ko’rsatilgan etiket qoidalarini juda ham yaxshi bilishlari va ularga rioya 
qilishlari lozim. Bundan tashqari chet elliklar kelgan hamkorlardan o’z
mamlakatlarining qonun–qoidalarini va xalqining urf–odatlarini hurmat 
qilishini kutadi. Demak, chet ellik va xalqaro biznesmenlar xalqaro etiket 
qoidalarini bilishlaridan tashqari boradigan mamlakat xalqalarining urf–
odatlari va qonun–qoidalari to’g’risida ham ma’lumotlarga ega bo’lishlari 
shart.
Ushbu darslik materiallari muallifning uzoq yillar davomida ishlab 
chiqarishda, pedagogik faoliyati davrida chet ellik mehmonlarni kutish va 
kuzatish hamda haqiqiy madaniyatli insonlar bilan uchrashuvida orttirgan 
tajribasi va adabiyotlardagi mavjud ma’lumotlar sintezi hisoblanadi. 
Darslik materiallari oliy maktablar talabalaridan tashqari xizmat 
sohalari kollejlarining o’quvchilari va o’qituvchilari hamda tadbirkor – 
biznesmenlar uchun ham foydali bo’ladi. 




Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin