20
4. Biznesmenlar kiyimlari va ularning imijini shakllantirishdagi
ahamiyati
4.1. Tashqi ko’rinish to’g’risida tushuncha
Bundan oldin ta’kidlanganidek, biznesmen to’g’risidagi birinchi
tasavvur tashqi ko’rinish elementlari holatining majmui bo’yicha
shakllanadi.
Tashqi
ko’rinish deganda
biznesmenlarga birinchi
qarashdayoq ko’zga yaqqol tashlanadigan elementlar holatining majmui
tushuniladi.
Agar biznesmen tashqi ko’rinishi yaxshi bo’lsa, u to’g’risida faqat
ijobiy taassurot shakllanadi, yomon bo’lsa salbiy fikr paydo bo’ladi. Nafis
tashqi ko’rinishga ega bo’lgan biznesmenlar bilan birinchi martadanoq
yaxshi
munosabat qilishadi, yomon tashqi ko’rinishga ega bo’lgan
biznesmenlarni esa yomon qabul qilishadi. “Kiyimiga qarab kutib oladi,
aqliga qarab kuzatib qo’yadi” degan halq maqoli buni yaqqol
tasdiqlaydi. Tashqi ko’rinish bo’yicha 10 – 15 sek. davomida
shakllangan taassurot madaniyatli biznesmenga butun umri bo’yicha
xizmat qiladi.
Tashqi ko’rinish qator elementlardan tashkil topadi.
Ularni chehra,
soch, soqol, mo’ylov, ustki ish kiyimi, oyoq kiyimi, galstuk, noski va turli
taqinchoqlar tashkil qiladi.
Insonning tashqi ko’rinishini tashkil qiluvchi elementlarni ikki
guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruhga chehra, soch, soqol, mo’ylov
va tirnoqlarni, ikkinchi guruhga esa ustki kiyimini (kostyum), ko’ylak,
galstukni, oyoq kiyimi va paypoqni hamda taqinchoqlarni kiritish mumkin.
Tashqi ko’rinishning birinchi guruh elementlari
biznesmenning tashqi
qiyofasini belgilaydi va ikkinchi guruh elementlari bilan bir qatorda
biznesmenlar kasbiy imijini shakllantirishda katta rol o’ynaydi.
Agar
siz
hamkorlaringizda,
hamkasblaringizda
va
boshqa
suhbatdosh-laringizda o’zingiz to’g’ringizda yaxshi tasavvur qoldirmoqchi
bo’lsangiz, tashqi qiyofangiz, kiyimingiz va kiyinishingiz to’g’risida
o’ylab ko’rishingiz shart.
Soqol–mo’ylovlari olingan yoki nafis shaklga keltirilgan qiyofaga
ega bo’lish, qaddi–qomatiga, yuz tuzilishiga to’g’ri
keladigan, bichilishi,
tikilishi va rangi bo’yicha bugungi kun modasi talablariga javob beradigan
kiyimni kiyib ishlash, xushmuomalali muloqot qilish biznesmenlarning
hamkasblariga, hamkorlariga va suhbatdoshlariga ko’rsatadigan
hurmat
belgilaridan biri hisoblanadi va biznesmen to’g’risida ishonch hosil
qilishga yordam beradi.
21
Yuqorida keltirilgan fikrlardan shunday xulosa qilish mumkinki,
sifatli tashqi ko’rinishiga qarab baholanadigan biznesmenning o’zi tovar.
Shunday ekan, madaniyatli biznesmen o’zining yasanib va bezanib
yurishiga katta ahamiyat berishi lozim.
Dostları ilə paylaş: