T. Xudayshukurov Biznes – etiket



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/58
tarix26.11.2023
ölçüsü1 Mb.
#134985
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   58
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009

Tayanch iboralar:
tashqi ko’rinish; ko’rinish elementlari; qiyofa; kiyim va kiyinish. 
Nazorat savollari: 
1.
Tashqi ko’rinish deganda nimani tushunasiz? 
2.
Tashqi ko’rinish qanday elementlardan tashkil topadi? 
3.
Tashqi qiyofa deganda nimani tushunasiz? 
4.
Biznesmen to’g’risida yaxshi taassurot qoldirishda tashqi qiyofaning, 
kiyim va kiyinishning qanday ahamiyati bor? 
 
4.2. Biznesmenlar tashqi qiyofasiga qo’yiladigan talablar
Agar avvallari biznes bilan yurtimizda faqat erkak kishilar 
shug’ullanib kelishgan bo’lsa, bugungi kunga kelib, biznes bilan 
shug’ullanadigan kishilarning sosial holati keskin o’zgarmoqda: ularning 
soni ayol biznesmenlar hisobidan ortib bormoqda. Shu boisdan ham ushbu 
bobda nafaqat erkaklarning, ayol biznesmenlarning ham tashqi qiyofalari, 
ish kiyimlarga va kiyinishiga qo’yiladigan talablar ko’rib chiqiladi. 
Biznesmenlar uchun soch o’zining tabiatdan belgilangan funksiyasini 
bajarishdan tashqari ular tashqi qiyofasining bezagi sifatida ham qaraladi, 
chunki parvarish qilingan soch biznesmenning ijobiy imijini shakllantirish 
uchun xizmat qiladi. 
Erkak biznesmenlarning sochlari kalta, mo’ylovi esa qirtishlab 
olingan bo’lishi lozim. Sharqona etiket qoidalariga ko’ra soqol va 
mo’ylovlar qo’yilgan holda ham biznes bilan shug’ullanish mumkin. 
Bunday hollarda soqol– mo’ylovlar kalta olingan va ularni biznesmen 
yuziga yarashadigan ma’lum bir shakl berilgan bo’lishi lozim. 
Soch va soqol–mo’ylovlar doimo parvarish qilinib borilishi kerak: 
muntazam ravishda boshni yuvish, soch, soqol va mo’ylovlarni kalta kesib, 
shaklini tekislab borish lozim; bundan tashqari soqol – mo’ylovlarni 
olishda hidi uncha baland bo’lmagan loson va odekalonlardan foydalanish 
tavsiya etiladi. 


22 
Yuqorida ko’rsatilganlardan tashqari, biznesmenning qaysi jinsga 
mansubligidan qat’iy nazar, tirnoqlarini doimo nazorat qilib borishlari, 
tirnoq tagida kirning to’planib qolishiga aslo yo’l qo’ymasliklari lozim. 
Yevropacha biznes–etiket qoidalariga ko’ra erkaklar ham o’z tirnoqlarini 
manikyur qilishlari mumkin, lekin sharqona etiket qoidalari tirnoqni doimo 
qisqa qilib olib yurishni va bo’yamaslikni tavsiya qiladi. 
Ayol biznesmenlar uchun soch – bu hammasi. Bu ayol kishilarning 
husniga husn qo’shishdan tashqari, yuz tuzilishidagi kamchimliklarni ham 
bildirmaydi. Shu sababli ham basharasiga va qaddi–qomatiga yarashadigan 
pricheska ayol biznesmenlarning kasbiy imiji uchun xizmat qiladi. 
Yevropacha biznes–etiket qoidalariga ko’ra ayol biznesmenlarning 
sochlari yelkasigacha tushgan yoki undan kaltaroq qilib ham kesilgan 
hamda uzun ham bo’lishi mumkin. Sochni kesmaslik sharqona qoidalarga 
ham to’g’ri keladi. Ayollar sochining parvarishiga qo’yiladigan asosiy 
talablarda biri uni muntazam ravishda yuvib turish va jilva berish 
hisoblanadi. Ayol biznesmen sochi doimo tovlanib turishi lozim. Albatta, 
sochning natural rangini saqlashga harakat qilish kerak. Agar sochni 
boshqa ranga bo’yash zarur bo’lsa, rang faqat husnga husn qo’shadigan 
bo’lishi shart. Bunda ham soch butkul bir xil rangga bo’yalishi kerak. Har 
xil ranglarga bo’yalgan soch sohibiga jiddiy biznesmen sifatida 
qarashmaydi. 
Ayol biznesmenlar har kuni tirnoqlarini uncha yarqiramagan lak 
bilan bo’yab turishlari, tirnoqlarining tagini tozalashlari va tirnoqlar 
atrofidagi o’simtalarni olib tashlashlari lozim. 
Albatta, ayol biznesmenlar tashqi qiyofasining shakllanishida uning 
qulog’iga taqiladigan taqinchoqlarning ham ahamiyati judda katta. 
Ularning biznesmen ayollar imijiga ta’siri ushbu bobning kelgusi 
bandlarida ko’rib chiqiladi. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin