T. Xudayshukurov Biznes – etiket



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/58
tarix26.11.2023
ölçüsü1 Mb.
#134985
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   58
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009

Tayanch iboralar:
kostyum va kostyum materiali; bir va ikki bortli kostyum; tugmalar; 
kostyum shimi; nimcha (jiletka). 
Nazorat savollari:
1.
Kiyilishiga qarab biznesmen kostyumi qaysilarga bo’linadi? 
2.
Kostyum materiallariga qanday talablar qo’yiladi? 
3.
Bir va ikki bortli kostyumlar bir–biridan nima bilan farq qiladi? 
4.
Kostyum tugmalarining o’tkazilib yurilishi vaziyatlarga bog’liqmi? 
5.
Kostyum shimi va nimchasi (jiletkasi) qanday kiyilishi kerak? 
 
4.3.2. Erkak biznesmenlar ko’ynagi va galstugi
Yuqorida ta’kidlanganidek, biznesmenlarning ko’rsatib o’tilgan ish 
kostyumlari ularga munosib bo’lgan ko’ylak va galstuk bilan kiyiladi. 
Firma kiyimlari joriy etilgan biznes korxonalarida, bundan oldin 
ta’kidlanganidek, kostyumlar bilan kiyish uchun yengi uzun manjetli va 
ko’krak cho’ntagi bo’lmagan oq va och havo rangli ko’ylak tavsiya 
qilinadi. Umuman olganda, ko’ylakning rangi biznes korxonasida qabul 
qilingan firma ish kiyimining ruxsat berilgan rangiga bog’liq bo’ladi. Ba’zi 
bir biznes korxonalarida yo’l–yo’l ko’ylak kiyib ishlashga ham ruxsat 
beriladi. Faqat shuni e’tiborga olish kerakki, oq ko’ylak kiyimga va ish 
sharoitiga tantalik kasb etsa, och havo rang ko’ylak esa ishga mansubligini 
ko’rsatadi. 
Ko’ylaklar yoqalarining uchlari tugmaga o’tkaziladigan yoki 
o’tkazilmay-digan bo’lishi ham mumkin. Albatta, birinchi turdagi 
ko’ylaklar nazokatli ko’rinadi. Ularni ish hamda sport kostyumlari bilan 
ham kiyish mumkin. 
Guldor, rasmli va rangdor ko’ylak hamda galstuk biznesmenlar 
to’g’risida faqat yengiltaklik imijini shakllantirish uchun xizmat qiladi. 


25 
Biznesmenlar ko’ylaklarini kiyishga ham qator talablar qo’yiladi. Bu 
yerda ulardan faqat ikkitasi keltiriladi: birinchidan, mayka bilan kiyilishi 
kerak, chunki mayka ko’ylak va kostyumni yomon hiddan, badanni esa 
ko’ylak materiali bilan bezovta bo’lishdan saqlaydi, shuningdek, mayka 
ustidan kiyilgan ko’ylakning shakli uzoq va yaxshi saqlanadi; ikkinchidan, 
ko’ylakning yoqasi ish kostyumi pidjagi yoqasidan 1.0 – 1.5, ko’ylak 
yengining manjetkasi esa kostyum yengidan 1.5 – 2.0 sm chiqib turishi 
lozim. 
Ta’kidlanganidek, galstuk biznesmen kostyumi ansamblini 
shakllantiradigan asosiy elementlardan biri hisoblanadi. Uning rangi 
kostyum va ko’ylak ranglariga qarab tanlanadi. Bundan tashqari, uning 
uzunligiga, kengligiga hamda bir xil rangliligiga ham e’tibor beriladi. 
Galstuk ko’zga yaqqol tashlanadigan rangli yoki guldor bo’lmasligi 
kerak. Uning rangi kostyum rangidan biroz ochiqroq, ko’ylak rangidan esa 
biroz pastroq bo’lishi lozim. Uzunligi bo’yicha esa uning uchi shim kamari 
to’qasining ustiga tushib turishi lozim. Kostyum shimini podtyajka (tasma) 
bilan kiyadigan biznesmenlarning galstugi shimning kamari ustiga tushib 
turadigan bo’lishi kerak. Galstuk kostyum yoqalari o’rtasida ko’rinib 
turgan ko’ylak yuzasini yopmasligi kerak, shuning uchun ham 
biznesmenlarga bir tonli va kengligi 7 – 9 sm bo’ladigan galstuklar tavsiya 
qilinadi. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin