30
tadbirlarga kiyib kelish kiyimiga qo’yiladigan talablar ko’rsatiladi. Agar
siz taklif bo’yicha tantanada ishtirok etishga rozilik bergan bo’lsangiz,
unda ko’rsatilgan talablarga ko’ra kiyinib borishingiz kerak. Agar
taklifnomada ingliz tilida “black tie” iboralari yozilgan bo’lsa, u rasmiy
galstukda yoki smokingda kelish kerakligini bildiradi.
Agar erkak biznesmenlar Yevropa mamlakatlarida “Kechqurungi
kokteyl yoki kechki ovqatga” taklif qilinsa, odatda unga qora kostyum, bir
xil rangli (asosan oq) ko’ylak, galstuk, yarqiragan holgacha tozalangan
qora tufli kiyishib kelishadi.
Agar erkak biznesmen “Smokingli rasmiy qabul”
ga taklif qilingan
bo’lsa, smoking (qora movutdan tikilgan, qaytarma shoyi yoqali kostyum),
podtyajkali kamarsiz shimda va yarqiragan holgacha tozalangan qora
tuflida yoki botinkada kelishi lozim.
Agar erkak biznesmen kishi “Frakli jiddiy rasmiy qabul”
ga taklif
qilingan bo’lsa, u frakda (oldingi etagi qisqa,
orqa etagi uzun erkak
kiyimi), tik yoqali va zaponkali kraxmallangan oq ko’ylakda, pike (g’ijim
qilib to’qilgan matodan tayyorlangan) galstukda, yarqiragan holgacha
tozalangan qora tuflida yoki botinkada hamda oq qo’lqopda kelishlari
shart.
Dostları ilə paylaş: