60
suhbatdoshning etiket qoidalarini bilmasligiga
yoki kamsitish maqsadida
qilgan xarakati natijasida sodir bo’ladi. Madaniyatli biznesmen bunday
qarash uchun hyech qachon harakat qilmaydi.
Amaldagi etiket qoidalari suhbatdosh yuzining faqat bir nuqtasiga
tikilib qolmasdan butun yuzi bo’yicha ko’z yugurtirishni tavsiya qiladi.
Bundan tashqari suhbatdoshning iyagidan pastga qaramaslik kerak.
Shuning uchun ham ayol biznesmenlar iyagidan pastga qarashga majbur
qiladigan yoqasi o’ta ochiq ko’ynaklarni kiyib, rangi va o’lchami bo’yicha
suhbatdoshning diqqatini o’ta tortadigan taqinchoqlarni, erkaklar esa
rangdor va gulli galstuklarni taqib ishga va suhbatga kelmasliklari kerak.
Bir guruh suhbatdoshlarning yuziga birdaniga qarash usuli majlislar
va yig’ilishlar o’tkazishda hamda prizentasiya
qilishda katta samara
beradi. Bunday vaziyatlarda etiket qoidalari avval o’tirgan kishilarning
ko’zlariga qarashni, keyin esa ularning peshonasiga qarab gapirishni
taqozo qiladi. Qarashning bu usulida hamma o’tirganlarda suhbatdosh
aynan shu kishiga qarab gapirayotganlik fikri paydo bo’ladi va natijada
hammaning fikri gapirayotgan kishiga tomon jalb qilinadi. Bu esa doklad
qilayotgan kishiga butun auditoriyani nazorat qilishga imkon beradi.
Kundalik uchrashuvlarda suhbatdoshning avval ko’ziga qarash va
keyin uning butun yuzi bo’yicha ko’z yugurtirib turish (ko’zidan
peshonasiga, peshonasidan burniga, burnidan lablariga, lablaridan
qo’loqlariga qarash) tavsiya qilinadi.
Kundalik uchrashuvlarda ham
suhbatdoshning yuziga tikilib qarash taqiqlanadi. Qarash nazokatli va
suhbatdoshga ozor yetkazmaydigan bo’lishi kerak. Bu qarashlarning
universal usuli bo’lib, har qanday vaziyatda ham undan foydalanishga
harakat qilish kerak. Bu usul ikki biznesmenning bir–birlari bilan qarama–
qarshi o’tirib suhbatlashishida samarali hisoblanadi.
Jiddiy, ya’ni o’ta yaqin tikilib qarash usulida iyagidan pastga
qarashga ruxsat berilmaydi. Endi siz tuflingizga yoki galstugingizga diqqat
bilan qarab turgan kishini ko’z oldingizga bir keltiring-chi, sizda qanday
fikr sodir bo’ladi: “nima uchun u mening
tuflimga yoki galstugimga
bunday tikilib qarayapti?” degan fikr paydo bo’ladi va o’zingizni birdaniga
noqulay sezib boshlaysiz. Shu sababli ham biznesmenlar faoliyatida
qarashlarning bu usulidan foydalanish mumkin emas. Ushbu usuldan og’a-
inilarning va bir–birlariga o’ta yaqin kishilarning uzoq vaqt o’tgandan
keyin uchrashuvlarida foydalaniladi.
Biznesmenlar uchrashuvlarida har bir suhbatdosh egallab turgan
lavozimiga va yoshiga qarab o’tirg’iziladi. Suhbat davrida stol atrofida
o’tirishda ham qator etiket talablariga rioya qilinish kerak: birinchidan,
61
stulning suyanchig’iga suyanib tik o’tirishni, ikkinchidan, oyoqlarini tik va
yelka kengligida ushlab turishni, uchinchidan, butun suhbat davrida ikkala
qo’lning ham tizza ustida bo’lishini talab qiladi. Agar siz uchun qo’lni
tizza ustida ushlab turish qiyinroq bo’lsa, uni stol ustida ushlab turish ham
mumkin. Lekin amaldagi etiket qoidalariga ko’ra stolga tirsagi bilan
suyanib o’tirish qat’iy man qilinadi. Qo’llarni stolga qo’yib o’tirganda ham
qalam, ruchka yoki ko’zoynak bilan o’ynab, ularni yoki stolni chertib,
taqillatib o’tirish, marjon yoki sumka bog’isini o’ynash, barmoqqa soch
tolasini o’rash, suhbatdoshga teginish, uning
yelkasiga yoki tizzasiga
qo’lini qo’yish, yelkasiga qoqish, yengi yoki pidjak tugmalarini ushlab,
ko’rib o’tirish ham tavsiya qilinmaydi. Stolda yoni bilan o’tirish
suhbatdoshga nisbatan o’ta hurmatsizlik belgisi hisoblanadi.
Agar suhbatdoshning gaplari sizning fikringizga umuman to’g’ri
kelmasada etiket qoidalari uning gaplarini luqma tashlamasdan va
bo’lmasdan oxirigacha eshitishni va aksincha sizning fikringiz bilan
uyg’unlik joyini topishni talab qiladi. Suhbatdosh gapini tamom qilgandan
keyin siz suhbat mavzusiga nisbatan shoshmasdan va dalillar asosida
xushmuomalalik bilan o’zingizning fikringizni bildirishingiz mumkin. O’z
fikrini bildirishdan oldin suhbat tashkilotchisidan ruxsat va boshqa
ishtirokchilardan kechirim so’rash lozim.
Etiket qoidalariga rioya
qilmasdan suhbatdosh gapirayotganda ha deb luqma tashlayverish, savollar
beraverish va qo’li hamda gavdasi bilan imo–ishoralar qilaverish – bu
tajanglik, madaniyatsizlik va hurmat qilmaslik belgisi hisoblanadi.
Bundan tashqari suhbatdoshning gapirayotganida qo’li va butun gavdasi
bilan nojo’ya harakatlar qilish nafaqat tarbiyasizlikni, asabning tajangligini
ham bildiradi.
Bundan oldin ta’kidlanganidek, suhbat davrida sigaret chekish va
saqich chaynash ham mumkin emas.
Suhbat davrida, qo’li, panjalari va ko’zlari bilan hyech qanday
harakat qilmaslik kerak. Har bir so’zsiz harakat va imo–ishora mazmunga
ega bo’lib, suhbatdoshlar tomonidan osongina anglab tushunib olinadi
(jadval).
Yana shunga e’tibor berish kerakki, suhbat tamom bo’lgandan keyin
suhbatdoshlarga rahmat aytmasdan va xayirlashmasdan chiqib ketish ham
mumkin emas, chunki bunday harakat etiket qoidalariga zid keladi. Agar
juda ham shoshilayotgan bo’lsangiz, boshqalardan kechirim so’rab,
xayrlashib chiqib ketish mumkin. Lekin etiket qoidalariga ko’ra boshqa
korxonalardan kelgan suhbatdoshlarni binodan chiqish eshigigacha, agar
bino ko’p qavatli bo’lsa, liftgacha bir–birlariga yaxshi tilaklar tilib kuzatib
62
qo’yishlari lozim. Bu yerda yevropacha va sharqona etiket talablari bir–
birlariga to’liq mos keladi.
Dostları ilə paylaş: