T. Xudayshukurov Biznes – etiket



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/58
tarix26.11.2023
ölçüsü1 Mb.
#134985
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   58
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009

Tayanch iboralar: 
sustlik; amaliy tanqid; kasb qilish; agressiv reaksiya; tanqid qilaverish va 
obro’sini oshirish harakati; psixologik stereotip; o’zini tuta olish va 
muloyimlik; shaxsiyatga tegmaslik; madaniyatli biznesmen; rahbar va 
xodim; xodim va xodimlar; maqtab qo’yish; kamchiliklarni tuzatish. 
Nazorat savollari: 
1. Funksional vazifa va qo’shimcha topshiriqlarni o’z vaqtida bajarish 
hamda sifatli xizmat ko’rsatish va mahsulot ishlab chiqarishga qaysi 
omillar ta’sir qiladi? 
2. Amaliy tanqid deganda nimani tushunasiz va qaysi paytlarda xodimlar 
tanqid qilinadi? 
3. Etiket qoidalariga rioya etilmasdan qilingan va qo’pol tanqid qanday 
vaziyatlarni keltirib chiqarishi mumkin? 
4. Biznes korxonalarida tanqid qilishda qaysi tamoyil va qoidalarga itoat 
qilinishi kerak? 
5. Madaniyatli biznesmen boshqalarni tanqid qilishda nimalarga yo’l 
qo’ymasligi kerak? 
6. Tanqidning ta’sirini pasaytirishda maqtash va o’z tajribasidan gapirib 
berishning qanday ahamiyati bor? 
7. Biznes korxonalarida surbetlik, aldamchilik, nodonlik va vijdonsizlik 
harakatlariga tanqid obyektlari sifatida qarash mumkinmi? 
11. Xizmat yuzasidan xatlar yozish va telefonda gaplashish
etiketi
11.1.Xatlarni yozishga quyiladigan etik talablar 
 
Aziz o’quvchilar, biznes shunday faoliyatki, u bilan ko’p masalalar 
bevosita uchrashuvlarda ziyofat stoli atrofida hal qilinsa, ba’zilari esa, 
ayniqsa hamkorlar o’rtasida aloqa o’rnatilgandan keyin, xatlar va telefon 
orqali hal qilinadi. Bundan tashqari yuzma–yuz uchrashuvlarni tashkil 
qilishda ham xat va telefonning ahamiyati o’ta katta. 
Xat yozishda ham, telefonda gaplashishda ham jamiyatda 
qo’llaniladigan etiket qoidalariga rioya qilinishi lozim. Ushbu bandda 


77 
xizmat xatlarini yozishga quyiladigan asosiy etiket talablari ko’rib 
chiqiladi.
Biznesmenlar o’zlarining faoliyatlari davrida va har xil mazmunlarda 
hamkorlarga, yuqori tashkilotlarga va boshqa yuridik va jismoniy 
shaxslarga turli xil xatlarni yozishlari mumkin, masalan, murojaat xatlari, 
olingan 
xat–xabarlarga 
beriladigan 
javob 
xatlari, 
taklifnomalar, 
shikoyatnomalar, rezyume va tavsiyanomalar kabi xatlar yozilishi 
mumkin. 
Yoziladigan xatlarning turlaridan va mazmunidan qat’iy nazar, 
ularda xatni o’qiydigan kishiga ko’rsatilayotgan hurmat xat matni yozilgan 
qog’ozdan va konvertdan boshlab unda yozilgan matn mazmunidan va uni 
qog’ozda joylashtirish tartibidan, adresatga murojaat qilish shaklidan 
yaqqol ko’rinib va sezilib turilishi kerak. 
Xizmat yuzasidan yoziladigan rasmiy xatlarga qo’yiladigan etik 
talablar xatlar yozish bo’yicha amaldagi standartlarga asos qilib olingan. 
Ularga ko’ra xatlar yuridik shaxsning emblemasi tasvirlangan, uning to’liq 
nomi, pochta va telegraf manzillari, telefoni, faksi, elektron adresi va bank 
rekvizitlari to’liq ko’rsatilgan blankada yozilish lozim. Blanka qog’ozlari 
juda ham yuqori sifatli, toza oq va yaxshi kesilgan bo’lishi kerak. Blanka 
qog’oziga qo’yiladigan bunday talablar xatni olib o’qiydigan shaxsga 
ko’rsatilayotgan hurmat belgisini bildiribgina qolmasdan xat yozgan shaxs 
to’g’risida ma’lumotlar olish va kelajakda u bilan hamkorlik aloqalarini 
mustahkamlash va javob xatlarini yozish uchun ham asos bo’lib xizmat 
qiladi. Muhim ahamiyatga ega bo’lgan xatlar buklanmasdan sifatli 
qog’ozlardan tayyorlangan katta konvertlarga solinib yuboriladi. Katta 
konvert faqat xatning muhimligini bildiribgina qolmasdan adresatga 
bo’lgan katta izzat–hurmatini ham bildiradi.
Etik talablar adresatga murojaat qilishda ham, gaplarni tuzishda ham, 
matnni blankada joylashtirishda ham va xatni yozib tugallashda ham o’z 
ifodasini topishi shart. Xat yuborilayotgan yuridik tashkilot rahbarining 
yoki jismoniy shaxsning familiyasi blanka qog’ozining o’ng tomonidan 
korxona yoki shaxs rekviziti pastida ko’rsatiladi. Keyin esa blankaning 
o’rtasida yoki chap tomonidan boshlab, xushmuomalali mazmunda 
adresatga 
murojaatnoma 
yoziladi, 
masalan, 
“Hurmatli Ro’ziqul 
Normaxmatovich”. Murojaat so’zlaridan keyin undov belgisi qo’yilib, xat 
matni abzasdan katta harf bilan boshlanadi. 
Xatni yozishda blankaning chap tomonidan 2 sm, ung tomonidan esa 
1 sm dan kam bo’lmagan masofa qoldirilishi shart, chunki yuborgan xatlar 
adresatda hisobga olingandan keyin papkaga solinib saqlanadi. Papkaga 


78 
tikilgan xatning matni bemalol ko’rinib turilishi kerak. Bu ham adresatga 
bo’lgan hurmatni bildiradi. Adresatning xatni qiynalmasdan o’qishi uchun 
matn 1,5 – 2,0 intervalda teriladi. Birinchi abzasdan keyingi abzaslar 
ulardan oldingi qatorning beshinchi harfining tagidan boshlanishi va 
so’zlarni bir qatordan ikkinchi qatorga bug’in orqali ko’chirmaslikka 
harakat qilinishi kerak. 
Xat matnlarini tuzishga qo’yiladigan eng asosiy talablardan biri – xat 
faqat adabiy tilda, u qaysi tilda bo’lishidan qat’iy nazar, grammatik va 
orfografik xatolarsiz, shevalardan va jargon so’zlardan foydalanmasdan 
yozilishi kerak. Aks holda sizning bilimdonligingiz va madaniyatingiz 
to’g’risida, ayniqsa bo’lajak hamkorlarda, salbiy fikrlar tug’ilishi mumkin.
Ko’rsatilgandan tashqari xizmat yuzasidan yoziladigan xatlarda 
ishlatiladigan so’zlar ravon, fikrlarni aniq ifodalaydigan, ya’ni har xil 
ma’nolar bermaydigan bo’lishi kerak. Tuzilgan gaplar qisqa bo’lishi lozim, 
chunki murakkab gaplarni boshidan oxirigacha o’qib yetguncha, ularning 
boshlanishida berilgan ma’lumotlar esdan chiqib ketishi mumkin. Yana bir 
narsa doimo esda bo’lish kerakki, xatlarda maxsus va murakkab atamalarni 
ishlatmaslikka ham harakat qilish kerak, chunki ularning mohiyatini 
hamma ham bir xil mazmunda va to’liq tushunavermaydi. Shuning uchun 
ham xizmat yuzasidan yoziladigan xatlarda hamma uchun tushunarli 
bo’lgan atama va so’zlardan foydalanish lozim. 
Yuqorida xizmat yuzasidan yoziladigan xatlarga qo’yiladigan 
talablar bo’yicha shuni ta’kidlash mumkinki, xizmat xatlari matni 
xushmuomalali va xurmat tarzida yozilishi, uni o’qiydigan kishilarning 
kayfiyatini buzmasligi, yozgan va o’qiydigan kishilar uchun tushunarli 
bo’lishi va mamnuniyat bilan o’qilishi kerak. 
Xizmat yuzasidan, ayniqsa hamkorlarga yoziladigan xatlar hamkorlik 
qilganligi va uning davom etilishi to’g’risida minnatdorchilik bildirish 
bilan tugallanishi lozim. Yana bir narsa esdan chiqmaslik kerakki, xatni 
yozgan kishining imzosi va ismi–sharifi oxirgi gapning pastida o’ng 
tomonda ko’rsatiladi va hurmat belgisini ifodalaydigan so’zlar bilan 
tamom qilinadi, masalan, “Hurmat bilan Petr Xasanovich”. 
Esingizda bo’lsinki, boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan sizga 
kelgan rasmiy xatlarning barchasi ro’yxatdan o’tkazilishi, zarur bo’lsa,
unga tegishli rezolyusiya qo’yilishi va xatlar papkalarga tikilib saqlanishi 
kerak. Amaldagi qoidalar bo’yicha rezolyusiya kelgan xat matnining 
ustida emas, boshqa qog’ozda yozilish kerak, chunki kelgan xat ustida 
yozish xatni yozgan shaxsga nisbatan hurmatsizlikni bildiradi. 


79 
Barcha kelgan so’rov xatlarga albatta korxonada qabul qilingan tartib 
va muddatda javob berilishi shart. Amaldagi qoidalarga ko’ra javob berish 
muddati 3 kundan oshmasligi kerak. Bundan faqat so’rovi mukammal 
ko’rilib va o’rganib chiqishni talab qiladigan xatlar istisno. Bari bir shu 3 
kun muddat ichida so’rovga qachon javob berilishi ko’rsatilib, javob xati 
yozilishi kerak. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin