T. Xudayshukurov Biznes – etiket



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/58
tarix26.11.2023
ölçüsü1 Mb.
#134985
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   58
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009

 
Tayanch iboralar: 
biznesmen va millat madaniyati; salfetka; fiziologik talablar; chap qo’l 
panjalari; idish ustiga engashish; puflash; bo’lakchalarga kesish va bo’lish; 
chaynash va gaplashish hamda suyuqlik ichish; o’ng qo’l; pichoq, imo–
ishora; oxirigacha ichish; baliq qiltanoqlari, danak va urug’lar; sous va 
yog’ qoldiqlari; mahsus naycha; issiq ichimliklar; paketli choy; taomni 
iste’mol qilib boshlash. 
Nazorat savollari: 
1. Taom iste’mol qilishda biznesmenlarning qaysi qoidalarga rioya 
qilishiga qarab ularning madaniyati to’g’risida xulosa chiqariladi? 
2. Nufuzli restoranlarda qaysi salfetkalardan foydalaniladi va uning sababi 
nimada? 
3. Ovqatlanishga qanday fiziologik talablar quyiladi? 
4. Taom iste’mol qilish jarayonida chap qo’l qayerda bo’lishi kerak? 
5. Taomlarni iste’mol qilishda gavdaning holati qanday bo’lishi lozim? 
6. Birinchi issiq taomlar nima sababdan puflab sovutilmaydi? 
7. Og’izni qanday ochish, taomni qanday chaynab va yutish kerak? 
8. Nima uchun og’izda taom bo’lganda gaplashishga va ichimlik ichishga 
ruxsat berilmaydi? 
9. Taom faqat qaysi qo’l bilan iste’mol qilinishi lozim? 
10. Birinchi taomlar etiket qoidalariga ko’ra qanday ichiladi? 
11. Ovqatlanishda odamlar nima uchun birlarining og’ziga qaramasliklari 
kerak? 
12. Qaysi ikkinchi taomlar qoldiqlarini oxirigacha tozalab yeyish mumkin 
emas, nima sababdan? 
13. Maxsus naycha bilan berilgan sovuq ichimliklar nima uchun 
oxirigacha ichilmasligi kerak? 
14. Issiq ichimliklar qanday ichiladi? 
15. Taomni iste’mol qilish qachon boshlanadi va har xil vaziyatlarda uni 
kim boshlab beradi? 


99 
12.7.Umumiy idishlarda berilgan gazak va mahsulotlarni iste’mol 
qilish qoidalari
 
Bundan oldingi bandda har bir odam oldiga qo’yilgan taom, issiq va 
sovuq ichimliklarni iste’mol qilishning umumiy qoidalari ko’rib chiqildi. 
Lekin tanish kishilar bilan birga restoranlarga ovqatlanish uchun borganda 
va uy sharoitida tashkil qilingan ziyofatlarda aksariyat gazak va 
mahsulotlar 4 – 6 kishiga mo’ljallanib umumiy idishlarda stol ustiga 
qo’yiladi. Ushbu bandda umumiy qo’yilgan gazak va mahsulotlarni olib 
yeyishning asosiy qoidalari qo’rib chiqiladi. 
Umumiy berilgan gazak va tayyor mahsulotlarning aksariyatiga 
ularni olish uchun umumiy instrumentlar beriladi. Umumiy instrument 
berilgan taom va gazaklarni bevosita umumiy idishlardan iste’mol qilish 
mumkin emas. Umumiy idishlardan mahsulotlarni umumiy instrumentlar 
yordamida har bir kishi o’ziga qarashli laganga oladi va keyingina 
individual instrumentlar yordamida iste’mol qiladi. Umumiy instrumentlar 
berilmagan mahsulot shaxsiy lagan va likoplarga qo’l yordamida olinadi. 
Umumiy idishlardan shaxsiy idishlarga qo’l yoki umumiy 
instrumentlar yordamida olish mahsulotlarning turiga bog’liq bo’ladi. 
Masalan, nok va olma kabilar umumiy idishdan qo’l bilan olinadi, lekin 
uni har bir kishi kichik bo’lakchalarga o’zining idishi ustida bo’lib, keyin 
iste’mol qiladi. Sharqona etiket qoidalariga ko’ra non, umuman hamma 
mahsulotlar, faqat o’ng qo’l bilan olinadi; xuddi shuningdek, umumiy 
idishda berilgan katta o’lchamli buterbrodlar ham shaxsiy idishlarga qo’l 
bilan olinadi va kichik bo’lakchalarga shaxsiy pichoq bilan bo’linib, qo’l 
bilan ushlab iste’mol qilinadi; buterbrodlarga maxsus umumiy kurakcha 
ham berilishi mumkin. 
Umumiy idishda berilgan salat va pashtetlar ham umumiy 
instrumentlardan foydalanib xo’randaning individual idishiga olinadi va 
keyin individual instrumentlar (sanchqi, pichoq) yordamida iste’mol 
qilinadi. Xuddi shuningdek, umumiy laganda kesib berilgan kolbasalar 
ham umumiy sanchqi yordamida iste’molchi tarelkasiga olingandan keyin, 
shaxsiy likopchada o’zining sanchqisi va pichog’i yordamida kesilib, non 
bo’lakchalari ustiga qo’yilib iste’mol qilinadi. 
Ba’zi bir paytlarda tayyor buterbrod o’rniga umumiy idishlarda 
alohida sariyog’, ikra va non beriladi. Bunday holda buterbrodni 
xo’randaning o’zi tayyorlaydi. Uning uchun shaxsiy tarelkalarga sariyog’, 
ikra umumiy idishlardan ularga berilgan umumiy pichoqlar yordamida, 
non esa qo’l bilan olinadi. Shaxsiy tarelkalarda xo’randalar o’zining 


100 
pichog’i yordamida yog’ va ikrani nonning yostiga surtib buterbrod 
tayyorlashadi. 
Tayyor 
buterbrod 
shaxsiy 
pichoq 
bilan 
kichik 
bo’lakchalarga kesilib qo’l yoki shaxsiy sanchqi yordamida iste’mol 
qilinadi. 
Kattaroq bo’lakchalarga kesilgan va ustidan sardoq quyilgan 
dudlangan baliq, keta va semga kabi dudlangan baliq go’shtlari ham 
umumiy idishlardan xo’randalar shaxsiy laganlariga umumiy instrumentlar 
(maxsus kurakcha, sanchqi) yordamida olinadi va keyin shaxsiy laganlar 
ustida kichik bo’lakchalarga bo’linadi. Amaldagi xalqaro etiket qoidalariga 
ko’ra, ular kichik bo’lakchalarga pichoq yordamida emas, shaxsiy 
sanchqilar yordamida maydalanadi. 
Xo’l sabzavot, meva va ko’katlar vitaminlarning asosiy manbai 
ekanligi hisobga olinib, oxirgi yillarda ularni maydalamasdan yuvib, 
umumiy idishlarda stol ustiga qo’yish qoidasi shakllangan. Xo’l meva, 
sabzavot va ko’katlar ham shaxsiy tarelkalarga qo’l yordamida olinadi. 
Sabzavotlar va mevalar shaxsiy laganchalarda kesilib, bo’lakchalarga 
bo’lingandan keyin sanchqi yordamida, ko’katlar esa maydalanmasdan 
qo’l bilan olib iste’mol qilinadi. Shuningdek, murabbo, povidlo, jem kabi 
shirinliklar ham umumiy idishdan shaxsiy likopchaga umumiy pichoq 
bilan olinadi va keyin shaxsiy pichoq yordamida kesilgan non 
bo’lakchalari ustiga surtilib, qo’l bilan ushlab iste’mol qilinadi. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin