T. Xudayshukurov Biznes – etiket



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/58
tarix26.11.2023
ölçüsü1 Mb.
#134985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009

Tayanch iboralar: 
ijtimoiy va siyosiy dunyoqarash; ajralib chiqish va fanlar tutashgan joyi; 
dinshunoslik va ruhshunoslik; madaniyatshunoslik va falsaf
a.
 
Nazorat savollari: 
 
1. Bakalavriat ta’lim yo’nalishlari fanlarining soni va maqsadini bilasizmi? 
2. Yangi fanlar qanday paydo bo’lishi mumkin? 
3. Biznes–etiket fanining dinshunoslik fani bilan bog’liq joyi nimada? 
4. Madaniyatshunoslik va ruhshunoslik fanlarining biznes–etiket fani bilan 
aloqasi nimada? 
5. Falsafa va biznes–etiket fanlarining predmetlarini qanday masalalar 
tashkil qiladi? 
2. Etiket turlari va biznes etiket 
2.1. Etiket turlari 
 
Jamiyatdan ajralgan holda odam bir o’zi hyech qachon va hyech 
qayerda yashay olmaydi. Agar u boshqa odamlar bilan aloqa qilmasa, o’z 
fikrlarini boshqalarga izhor etmasa, xursandchilik va qayg’u – g’amlarini 
boshqalar bilan baham ko’rmasa, uni hyech qanday boylik ham, metin 
sog’liq ham baxtli qila olmaydi. Lekin jamiyatda yashash qator rasm–
rusumlarga itoat qilishni talab qiladi, chunki odamlarning o’zaro 
munosabat qilishi, yurish–turish madaniyati insonlar tomonidan ming 
yillar davomida shakllangan ma’lum bir qoidalarga asoslanadi. 
Odamlarning bir–birlari bilan o’zaro munosabatga tushish va yurish–turish 
qoidalari Fransiya qiroli Lyudovik XIV tufayli etiket nomini olgan. 
Ma’naviy madaniyatli biznesmenlar uchun etiket qoidalarini faqat bilish 


11 
kifoya qilmaydi. Ularni yoshlikdan butun umri bo’yicha o’rganish va rioya 
qilish kerak. 
Ushbu bandda etiket turlari, Biznes–etiketning mohiyati to’laroq 
ochib beriladi. Etiket odamlarning o’zaro munosabatga tushish va yurish–
turish modelini tuzish uchun zarur bo’lgan simvollar va belgilar tizimidan 
iborat bo’ladi. Har bir sosial soha modelini belgilaydigan etiket qoidalari 
mavjud bo’lib, ular quyidagilarga bo’linadi: umumfuqarolik etiketi, saroy 
etiketi, diplomatik etiket va harbiy etiket. 
Umumfuqarolik etiketi – bu barcha fuqarolarning bir–birlari bilan 
turli vaziyatlarda uchrashuvida rioya qilinishi kerak bo’lgan qoidalar va 
rasm–rusumlar majmui hisoblanadi. Umumfuqarolik etiketiga o’z 
xizmatlari doiralaridan tashqari paytlarda diplomatik, davlat arboblari, 
harbiy xodimlar ham itoat qilishadi. 
Saroy etiketi deganda davlat saroylarida o’rnatilgan qoida va rasm–
rusumlar tushunilib, ularga davlat boshqaruv idoralari xodimlari 
tomonidan itoat qilinadi. 
Diplomatik etiket – bu diplomatlarning va boshqa davlat rasmiy 
shaxslarining turli diplomatik qabul va marosimlarda, rasmiy tashriflarda 
va muzokaralarda bir–birlari bilan munosabatga tushish va o’zini tutish 
qoidalarining majmuidir. Bu qoidalarga diplomatiya xodimlari va rasmiy 
shaxslar tomonidan qat’iy itoat qilinadi. 
Harbiy etiket deganda armiya xizmati doirasida harbiylar tomonidan 
itoat qilinishi kerak bo’lgan o’zaro munosabatga tushish va yurish –turish 
qoidalari tushuniladi. 
Xizmat turlari sohalarida, shu jumladan biznes sohasida, xizmat 
etiketi qoidalariga amal qilinadi. Biznes–etiket umumfuqarolik etiketining 
bir turi hisoblanib, biznes sohasida ishlaydigan xodimlarning xizmat 
yuzasidan turli vaziyatlarda uchrashuvlarda o’zaro munosabatga tushish va 
yurish–turish qoidalarini bildiradi. 
Biznes–etiket biznesmenlarning turli xizmat vaziyatlarida so’zlashish 
(gaplashish) mohirligini, ularning o’zlarini tutish (yurish-turish) va 
kiyinish tarzini o’z ichiga oladi. Bundan tashqari biznes–etiket qoidalarida 
kasb – mehnat muomalasi bilan bog’liq salomlashish, tanishish va 
tanishtirish, sovg’alarni tortiq qilish, kutib olish, hamkor va hamkasblari 
bilan suhbatlar o’tkazish, telefonda gaplashish, ovqatlanish stoli atrofida 
o’zini tutish va boshqalarning izzat-nafsiga tegmasdan bahslashish kabi 
masalalarga katta e’tibor beriladi. 
Xushmuomalalik, hulq–atvor qoidalarini bilmaydigan, bilsa ham 
ularga itoat qilmaydigan biznesmen nafaqat o’ziga, ota–onasiga va ularga 


12 
aloqador bo’lgan barcha kishilarga isnod keltiradi. Jamiyatda biznes 
sohasida yuqori martabaga erishish, ommaviy hurmatga, izzat–ikromga 
sazovor bo’lish uchun nafaqat biznes–etiket qoidalarini, jamiyatda 
o’rnatilgan barcha umumfuqarolik qoidalarini o’rganishlari va ularga rioya 
qilib, faoliyat ko’rsatishlari lozim. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin