Tayanch iboralar:
muhim masala; o’tkir salatlar, kolbasa va dudlangan go’sht va baliq
mahsulotlari; qovurib tayyorlangan taomlar va qovurilgan jigar va buyrak;
110
yog’li go’sht va parranda go’shtlaridan tayyorlangan taomlar; mol va
parranda go’shtidan tayyorlangan ikkita taom; baliqdan, ko’katlardan ,
sabzavotlardan va qo’ziqorindan tayyorlangan taomlar; no’xat, loviya va
xushbo’y hidli ko’katlardan tayyorlangan taomlar; sarsabil va artishok
taomlari; desert, shampan va simlyan vinolari; desert taomlar; vinolarni
uzatish haroratlari; vinolarni suzib iste’mol qilish tartibi; bir necha xil
spirtli ichimliklarni ichish; chekmaslik.
Nazorat savollari:
1. Qaysi vaqtlarda taomlarga vino tanlash muommasi paydo bo’ladi?
2. O’tkir salatlarga, kolbasa, dudlangan go’sht va baliq hamda
marinadlangan va tuzlangan mahsulotlarga qaysi spirtli ichimliklar tavsiya
etiladi?
3. Qovurilgan natural go’sht taomlariga qovurilgan jigar, buyrak va go’sht
gastronomiya mahsulotlariga qaysi vinolarni tavsiya qilgan bo’lar edingiz?
4. Yog’li go’shtli va parrandalar go’shtlaridan tayyorlangan taomlarga
qaysi vino turlarini tavsiya qilasiz, ikkita go’shtli taom berilganda-chi?
5. Baliqdan, ho’l sabzavotlar va ichiga qiyma solingan sabzavot va
qo’ziqorinlardan tayyorlangan issiq taomlarga qaysi vinolar tavsiya
qilinishini bilasizmi?
6. Kaxetin vinolari qaysi taomlarga berilishi mumkin?
7. Desert taomlariga qaysi vinolar tavsiya qilinishi mumkin?
8. Vinolar qanday haroratlarda iste’molchilarga suzib uzatilishi kerak?
9. Vinolarni ichish tartibini bilasizmi, nima uchun ular ma’lum bir tartibda
ichiladi?
10. Qaysi vino turlarini qaysi mahsulotlar bilan ichish tavsiya qilinmaydi,
nima sababdan?
11. Eski va yuqori sifatli vinolarni ichish tartibini bilasizmi?
12. Uzum vinolarini iste’mol qilishda chekmaslik kerakligining sababi
nimada?
13. Bir vaqtning o’zida bir necha xil spirtli ichimliklarni ichish
mumkinmi?
|