T. Xudayshukurov Biznes – etiket



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/58
tarix26.11.2023
ölçüsü1 Mb.
#134985
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009

Tayanch iboralar: 
Safar; chet mamlakat; safarga tayyorlanish, qiyofa, kiyim, sovg’a 
Nazorat savollari: 
1. Biznesmenlar safarga borishda qanday etiket qoidalariga rioya qilishlari 
kerak? 
2. Safarga chiqishdan oldin qaysi ma’lumotlar bilan tanishish lozim? 
3. Yo’l kiyimiga qanday talablar qo’yiladi? 
4. Sovg’aga qanday talablar qo’yiladi? 


117 
13.2. Samolyotda ketish etiketi
 
Samolyotda etik qoidalariga rioya qilish uning saloniga chiqishdan 
boshlanadi. Salonga chiqishda boshqalardan oldin o’tishga, boshqa 
passajirlarning kirishiga to’siqlik qilishga harakat qilmaslik va kirishda 
styuardessalar bilan salomlashish kerak. 
Agar samolyot chet el milliy kompaniyasiga qarashli bo’lsa, unda 
vatandoshlaringizdan tashqari chet ellik fuqarolar ham bo’lishi mumkin. 
Bundan tashqari samolyotda chet ellik fuqarolar (styuardessalar) xizmat 
qiladi. Agar samolyot “O’zbekiston havo yo’llari” milliy kompaniyasiga 
qarashli bo’lsa ham unda chet mamlakatlar fuqarolari va yoshi ulug’lar 
uchib ketayotgan bo’lishlari mumkin. Samolyotning qaysi kompaniyaga 
qarashli bo’lishidan qat’iy nazar, albatta salonda xizmat qiluvchi xodimlar 
bilan salomlashish va faqat biletda ko’rsatilgan joyda o’tirish lozim, 
chunki qo’layligi bo’yicha hamma joy samolyotda bir xil hisoblanadi. 
Uchish davrida o’tirgan joyida chekish ham mumkin emas. Hozirgi vaqtda 
barcha mamlakatlar aviakompaniyalari samolyotlarida chekish deyarli man 
etilgan yoki chekish mumkin bo’lgan samolyotlarda chekuvchilar uchun 
alohida joy ajratilgan, shu boisdan bilet sotib olishda sigaretga bo’lgan 
munosabatni bildirish lozim. 
Agar o’tirgan joyingizdan tez–tez turish odat bo’lib qolgan bo’lsa, 
samolyotda bu odatdan vaqtincha voz kechish yoki biletni sotib olishda 
o’tishga yaqin joydan joy so’rash kerak, chunki o’rindan turib, salonda u 
yoqdan bu yoqqa yurish, nafaqat xavfsizlik qoidalariga, etiket qoidalariga 
ham to’g’ri kelmaydi.
Ba’zi bir vatandoshlarimizda samolyotda uchib borish davrida 
yonida o’tirganlar bilan suhbat qurish, iloji bo’lsa, ba’zi bir masalalar 
bo’yicha o’zining bilimdonligini ko’rsatish istagi tug’iladi. Shu sababli 
ham atrofda chet ellik fuqarolar yoki yoshi ulug’ erkak va ayol 
vatandoshlaringiz bo’lsa, eng yaxshisi, bu niyatdan qaytish lozim, chunki 
chet elliklarning aksariyati uchun sizning gapirish uchun ha deb 
intilishingiz beodoblik hisoblanadi. 
Xalqaro etiket qoidalariga ko’ra sizga xizmat qilayotgan 
styuardessalarga hurmat bilan qarash qabul qilingan. Shu boisdan ham 
ularni bo’lar–bo’lmaslik uchun chaqirib turish, ayniqsa ovoz chiqarib, yo’l 
ketish etiket qoidalariga zid hisoblanadi. Agar iltimosingiz bo’lsa, u 
sizning yoningizga kelganda past ovoz va xushmuomalalik bilan 
gapingizni aytishingiz mumkin. 


118 
Dunyoda qabul qilingan etiket qoidalariga ko’ra samolayot salonidan 
chiqishda katta styuardessa har bir yo’lovchi bilan xayrlashadi. Sizlar ham 
tabassum bilan xayrlashishni esdan chiqarmangizlar. Xayrlashishda ham 
yoqimli gaplar bilan minnatdorchilik bildirish qabul qilingan. 
Samolyot salonidan chiqishdan avval har bir kishi o’zining qiyofasini 
va kiyimlarini tartibga solishi shart, chunki samolayotdan tushishdanoq siz 
xalq nazorati ostiga tushasiz. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin