T. Xudayshukurov Biznes – etiket



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/58
tarix26.11.2023
ölçüsü1 Mb.
#134985
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   58
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009

Tayanch iboralar: 
korxona, biznes–korxona, foyda (daromad), biznes korxona etikasi, o’tish 
davri, barqaror iqtisodiyot. 
Nazorat savollari: 
1.
Korxona deganda nimani tushunasiz? 
2.
Biznes–korxona deganda qanday korxona tushuniladi? 
3.
Biznes–korxonaning etikasini qaysi ahloqiy mezon va me’yorlar 
tashkil qiladi? 
4.
Biznes–korxona etik me’yorlariga qanday omillar ta’sir ko’rsatadi? 
5.
Biznes–korxonaning sosial javobgarligi deganda nima tushuniladi? 


33 
5.2. Korxona faoliyatini boshqarishning etik me’yorlari
Biznes korxonaning etikaviy boshqarilishi davlat qonunlarida 
belgilanmagan ahloqiy munosabatlar etik me’yorlari yordamida amalga 
oshiriladi. Etik me’yorlar deganda etika qadriyatlari va qoidalari 
tushuniladi. Korxona xodimlari o’z faoliyati davrida ularga rioya qilishlari 
lozim. Etik qoidalar huquq va majburiyatlarni hamda majburiyatlarini 
bajarmaganligi yoki huquq doirasidan chetga chiqqanligi uchun 
javobgarlikni o’z ichiga oladi. 
Demokratiya tamoyillariga asoslanib faoliyat ko’rsatadigan biznes– 
korxonalarda turli diniy va siyosiy dunyoqarashlarga ega bo’lgan har 
millat va elat vakillari faoliyat ko’rsatishlari mumkin. Bunday 
korxonalarda etik me’yorlar xodimlarni irqi, tili, tanasining rangi, dini, 
jinsi, yoshi, millati, nogironligi, ish staji, dunyoqarashi, bironta partiyaga 
mansubligi, ma’lumoti, ijtimoiy kelib chiqishi va mol–mulki bo’yicha 
diskriminasiya (kamsitish) ni man etadi. 
Yuqorida ko’rsatilganlardan tashqari korxona etik me’yorlari 
quyidagi nojuya harakatlarni ta’qiqlaydi: xodimlar ustidan kulishni; diniy 
va irqiy jirkanishlarni; ish joyida tajovuzkorlik vaziyatlarni keltirib 
chiqaradigan hazillar va tanbehlarni; do’q–po’pisa va qo’polliq qilishni; 
birovlarga jabr–zulm qilishni, narkotik moddalardan foyydalanish va 
sotishni; ishga mast va narkotik moddalarni chekib kelishni; korxona mol–
mulkini 
yo’qotish, o’g’irlash, ulardan noto’g’ri va samarasiz 
foydalanishni; xizmat va tijorat bilan bog’liq bo’lgan maxfiy 
ma’lumotlarni oshkora qilishni; ish joylarida shaxsiy buyumlarni saqlashni 
hamda xarajat materiallaridan va aloqa vositalaridan shaxsiy manfaati 
uchun foydalanishni; rahbariyatga noto’g’ri va noaniq ma’lumotlar 
berishni; o’z xarajatlarini bo’rttirib ko’rsatishni; davlat va boshqa 
idoralarni aldashni; korxona nomidan yolg’on bayonot berishni; kuchidan 
suiiste’mol va boshqalarga nisbatan tahdid qilishni; qonunlarga zid 
keladigan buyruq va farmoyishlarni bajarishni; kamsitib (mensimay) 
gapirish, raqiblar va ularning tovar va xizmatlarini kamsitishni, ya’ni yerga 
urishni; korxona shartnomalari to’g’risida begona kishilarga axborot berish 
va ularning shartlarini oshkora qilishni; korxonada qo’llanilayotgan ilmiy 
ixtirolar, bozorlarni o’rganish to’g’risida ma’lumotlarni berishni; 
korxonada ishlamaydigan kishilar bilan korxona to’g’risida gaplashishni; 
nojo’ya uslub va xizmatlardan (boshqalar gaplarini yashirincha quloq solib 
eshitish, xodim va raqiblar to’g’risida shaxsiy ma’lumotlarni olish uchun 
xizmatkorlarni yollash, o’g’irlash va shunga o’xshash) foydalanish; 


34 
ta’magirlik qilishni; tovarlar yetkazib beruvchilar va kliyentlardan 
qimmatbaho sovg’a yoki pul olishni, yoki ular vakillariga pul yoki sovg’a 
berishni va shularga o’xshagan jamiyatda qoralanadigan hatti–harakatlar. 
Yuqorida ko’rsatilgan ahloqiy (etik) me’yorlar nafaqat biznes
boshqa turdagi korxonalarga va ularning xodimlariga ham taalluqli bo’lib, 
xodimlarning umumiy yig’ilishida qabul qilinishi va tasdiqlanishi lozim. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin