T. Xudayshukurov Biznes – etiket



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/58
tarix26.11.2023
ölçüsü1 Mb.
#134985
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   58
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009

Tayanch iboralar:
go’zal, garderob, tanlash. 
Nazorat savollari:
1.
Ish kiyimining ayol biznesmenlar uchun qanday ahamiyati bor? 
2.
Ayol biznesmenlar garderobida ish kiyimlarining qaysi turlari 
bo’lishi kerak? 


28 
4.4.2. Ayol biznesmenlar ish kiyimlarini tanlashga va kiyilishiga 
qo’yiladigan talablar 
Kostyum kiyib faoliyat qilishga ruxsat berilgan biznes korxonalarida 
ayol biznesmenlarning asosiy ish kiyimi kostyum hisoblanadi. Ayol 
biznesmenlarning kostyumini tanlashda uning materialiga, rangiga va 
bichilib–tikilishiga katta e’tibor berilishi lozim. Ularning kostyumlari 
g’ijimlanmaydigan materialdan tikilgan bo’lishi kerak. Ayol biznesmenlar 
uchun yevropacha etiket qoidalariga ko’ra yuqori sifatli qora, to’q - ko’k, 
kulrang va kul – jigar rangli kostyumlar va pidjak tavsiya qilinadi. 
Biznesmen ayollar kostyumi bluzka bilan kiyiladi. Uning rangi 
monoton bo’lib, kostyum rangiga to’g’ri kelishi kerak. Qora va to’q - ko’k 
kostyum oq, ochiq rangli kostyumlar esa qora yoki ochiq rangli bluzkalar 
bilan kiyiladi. 
Agar biznes korxonada qora yoki to’q - ko’k rangli uzun ko’ynak 
yoki yubka ish kiyimi sifatida qabul qilingan bo’lsa, ko’ynak oq–qora 
rangli sharf, yubka esa yengi uzun oppoq bluzka yoki yengi uzun oq 
ko’ylak bilan kiyiladi. 
Amalda qabul qilingan biznes–etiket qoidalariga ko’ra yoqasi chuqur 
o’yilgan uzun ko’ylak (dekolte) kiyib ishga kelish mumkin emas, chunki 
bunday ko’ylak yoqasidan byustgalter yelka bog’lari ko’rinib turadi. 
Xuddi shuningdek, tagidan qorni ko’rinib turadigan kalta bluzkaga 
o’xshagan kiyimlarni kiyib ishlash biznes faoliyatida umuman man 
qilingan. 
Ma’lumki, yubka uzunligi u sohibining ichki ma’naviyati va 
faoliyati-ning yo’nalishi bilan bog’liq bo’ladi. Lekin biznesda ishda 
kiyiladigan yubka uzunligiga yagona talab qo’yiladi, u ham bo’lsa, uning 
uzunligi tizza ko’zidan baland, oyoq boldirining o’rtasidan past 
bo’lmasligi kerak. Demak, biznes faoliyatida kalta yubka kiyib ishlashga 
ruxsat berilmaydi.. 
Yana shuni e’tiborga olish kerakki, kiyiladigan uzun ko’ylak yoki 
yubka gavdaga yopishib turadigan, ya’ni tor, bo’lmasligi kerak, chunki tor 
kiyim tagidan ich kiyim shakli, ba’zan rangi yaqqol ko’zga tashlanib 
turadi. 
Biznesmen ayollarning ishda kiyishi kerak bo’lgan oyoq kiyimiga 
ham qat’iy talab qo’yiladi: birinchidan, oyoq kiyimi natural charmdan 
tikilgan, rangi esa qora, to’q ko’k, jigar – kulrang va natural charm rangi 
tusida bo’lishi mumkin; ikkinchidan ayol biznesmenlar oyoq kiyimlarining 
rangi ham kostyum, uzun ko’ylak yoki yubka rangiga qarab tanlanadi. 


29 
Yevropacha biznes tajribasida ayol biznesmenlar uchun poshnasining 
balandligi 5.0 dan 7.5 sm gacha bo’lgan tufli – kemacha tavsiya qilinadi. 
Har qanday vaziyatda ham uy va sport oyoq kiyimlarini kiyib biznes 
faoliyatini ko’rsatish man etiladi. 
Ayol biznesmenlar imijini shakllantirishda ishining tez va ijobiy 
bo’lishida taqinchoqlarining ahamiyati juda ham katta. Shu sababli ham 
taqinchoqlar katta mahorat va zehn bilan tanlanishi kerak. Bundan oldin 
ta’kidlanganidek, birinchidan, ular o’z sohibining husnini yanada 
go’zallashtirishi, ikkinchidan esa suhbatdoshning diqqatini yaqqol 
tortmasligi kerak. Katta va yarqiroq taqinchoqlar suhbatdoshning diqqatini 
darrov o’ziga tortadigan bo’ladi, natijada suhbat obyektiga kam e’tibor 
beriladi, hatto masala yechilmay ham qolishi mumkin. 
Biznesmen ayollar uchun duxi va labiga surtiladigan pomada ham 
katta ahamiyatga ega. Duxi yoqimli va uning hidi suhbatdosh duxisi yoki 
odekolonining 
hididan 
baland bo’lmasligi, 
pomada 
esa, 
xuddi 
taqinchoqlardek, yarqiragan va yaqqol ko’zga tashlanadigan bo’lmasligi 
kerak. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin