32
Halollik (poklik), ochiq–oydinlik, berilgan va’daga sodiqligi,
korxona mahsuloti yoki xizmati iste’molchilarini hurmat qilish kabi hamda
korxona va iste’molchi, biznes–korxonalar, biznes–korxona va davlat
o’rtasidagi ahloqiy mezon va me’yorlar biznes–korxonalarning etikasini
tashkil qiladi. Ulardan ko’rinib turibdiki, biznes–korxona iste’molchilarni,
hamkorlarini va davlatni aldamasdan hamda har qanday nayrang yo’llarga
o’tmasdan halollik bilan olingan foydaga egalik qilishi kerak. Bundan
tashqari biznes korxonalardan jamiyat oldida turgan maqsadlarga
erishishga ko’maklashish ham talab qilinadi. Shunday qilib, biznes–
korxonalar o’zi faoliyat ko’rsatayotgan jamiyat oldida javobgar bo’lib,
olgan foydaning ma’lum bir qismi jamiyat ehtiyoji, manfaati va uning
takomillashishi uchun sarf qilinishi lozim.
Mamlakat iqtisodiy ahvolining holatiga qarab biznes–korxonaga etik
talablar turli darajalarda qo’yilishi mumkin. Masalan, mamlakatning
barqaror iqtisodiyotga erishish davrida biznes–korxonalarning ushbu
sharoitlarga moslashish va omon qolish, ish joylarini va malakali
xodimlarni saqlab qolish, foyda olish hamda raqobatbardosh bo’lish
talablari qo’yiladi. Mamlakat iqtisodiyotining barqarorlashi bilan biznes–
korxonalar oldiga qo’yiladigan etik talablarining mohiyati yanada oshadi
va kengayadi. Masalan, barqaror iqtisodiyot davrida biznes–korxonalar
oldiga muhtojlarga (bolalar uyi, qariyalar uyi, pensionerlar, nogironlar va
boshqalar) yordam berish, korxonaning sosial javobgarlik darajasini
yanada oshirish va yangi ish joylarini tashkil etish talablari qo’yiladi.
Sosial javobgarlik deganda biznes–korxonaning ixtiyoriy ravishda korxona
xodimlarining, qishloq, shahar va o’z mamlakati aholisining sosial
muammolarini hal qilishga yordam berishi tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: