Tayanch iboralar:
urf–odat, rasm–rusum; qo’l berib salomlashish; niyat; xizmat etiketi;
uchrashuv va xayrlashish; bir jinsli, teng yoshli va lavozimli; ayol va
erkak; yoshi kichik va katta; to’planib turgan; oldinroq va keyinroq; oldin
o’tish; ayol va rahbarning birinchi bo’lib salomlashishi; majlis va
salomlashish; mansabdor kishilar; tanishtirish; erkak va ayol; har xil
56
yoshdagi bir jinsli odamlar; xodim va rahbar; mansabdor kishilar; ikki
ayol; bir xil yosh va mansab; xonaga kirgan kishi.
Nazorat savollari:
1.
Salomlashish urf–odatlarini bilasizmi?
2.
Salomlashish odamlarning bir–birlariga bo’lgan munosabati va
kayfiyatiga bog’liq bo’ladimi?
3.
Qo’l berib salomashish qoidalarini va usullarini aytib bering?
4.
Odamlar salomlashishda bir–birlariga qanday tilaklar tilashi
mumkin?
5.
Qaysi vaziyatlarda xizmat korxonalarida odamlar qo’l berib
salomlashishadi?
6.
Bir jinsli, teng yoshli va lavozimli biznesmenlar bir–birlari bilan
uchrashganda kim birinchi bo’lib salom berishi kerak?
7.
Ayol bilan erkak kishi uchrashganda kim birinchi bo’lib salom
berishi va ko’rishishi uchun qo’lini uzatishi mumkin?
8.
Yoshi kichik kishi yoshi katta kishi bilan korxonada uchrashganda
birinchi bo’lib kim salomlashishi va ko’rishish uchun kim qo’lini
uzatishi
kerak,
katta
va
kichik
lavozimdagi
odimlar
uchrashgandachi?
9.
To’planib turgan kishilar yonidan o’tayotgan kishilarning
salomlashishlarida qaysi etiket qoidalariga rioya qilinishi kerak?
10.
Ishga ertaroq va keyinroq kelgan kishilardan bir–birlariga kim
birinchi bo’lib salom beradi va ko’rishish uchun qo’lni kim uzatishi
kerak?
11.
Xizmat korxonalarida rahbar xodimlar va ayol kishilar birinchi bo’lib
salomlashish huquqiga egami, yo’qmi?
12.
Xizmat yuzasidan o’tkaziladigan majlislarda ularni olib boradigan
kishilar majlis ishtirokchilariga qaysi tarzda salom berishi mumkin?
13.
Korxona rahbari xonasida delegasiyalar rahbarlari uchrashganda kim
birinchi bo’lib salom beradi?
14.
Ayol kishilarni erkaklar bilan tanishtirishda ayol kishi etiket
qoidalariga ko’ra o’zini qanday tutishi kerak?
15.
Bir jinsli va har xil yoshdagi odamlar bir-birlari, korxona rahbari
o’zining xodimi bilan tanishtirishda birinchi kimni tanishtirishadi?
16.
Ikki mansabdor yoki ikkita ayol kishi uchrashganda kim birinchi
bo’lib tanishishni boshlashi kerak?
17.
Ikki delagasiya boshlig’i bir–birlari bilan uchrashganda o’zini kim
birinchi bo’lib tanishtiradi: oldin kelganmi yoki keyin kelganmi?
|