27
4. Ruchkaning biznesmen uchun qanday ahamiyati bor?
4.4. Ayol biznesmenlar ish kiyimlari
4.4.1. Ish kiyimi garderobi
Ayol kishi qayerda yashashi, qayerga borishi va faoliyatning qaysi
turi bilan shug’ullanishidan qat’iy nazar go’zal bo’lishi kerak. Albatta, bu
talab birinchi navbatda ayol biznesmenlarga taalluqlidir. Ayol
biznesmenlar go’zalligini yanada nafislashtirishda ularning ish kiyimlari
katta ahamiyatga ega.
Yevropa mamlakatlarining aksariyat kompaniyalarida rangi va
bichilishi hamda turi bo’yicha qabul qilingan ish kiyimlarida faoliyat
ko’rsatiladi. Ularning ba’zilarida ish kiyimi sifatida ayol biznesmenlar
uchun faqat kostyum, ba’zilarida esa ko’ynak yoki yubka qabul qilingan
bo’lsa, qolganlarida esa ish kiyimining uchala turiga ham ruxsat berilgan.
Yevropacha biznes-etiket qoidalariga ko’ra biznesmen ayollar
garderobida quyidagi ish kiyim turlarining bo’lishi tavsiya etiladi:
- minimum bitta klassik kostyum;
- yuqori sifatli uzun yengli ko’ylak yoki bluzka;
- tufli;
- xushbichimli pidjak;
- taqinchoqlar.
Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, atrofdagilarda o’z to’g’risida
yaxshi taassurot qoldirishni istaydigan har bir ayol biznesmen qaysi
korxonada, qaysi kiyim turini kiyib ishlash qabul qilinganligidan qat’iy
nazar, kiyiladigan kiyim turlarini va taqinchoqlarni to’g’ri tanlay olishi
kerak. Agar biznesmen ayolning o’zi tanlay olmasa, bundan oldin
ta’kidlanganidek, imijmeykerlarga murojaat qilish lozim.
Dostları ilə paylaş: