1. Biznes–etiket fanining tushunchalari, predmeti va vazifasi
1.1. Asosiy tushunchalari
Har bir fanning atama va tushunchalari mavjud bo’ladi. Xuddi
shuningdek, biznes–etiket faniga ham oid tushunchalar mavjud. Ularni
bilish va mazmunini tushunish fan materiallarining talabalar tomonidan tez
o’zlashtirishiga imkon beradi. Bu yerda biznes–etiket fanining quyidagi
atama va tushunchalarining mohiyati ochib beriladi: biznes, biznesmen,
etiket va biznes –etiket.
Biznes iborasi inglizcha “business” co’zidan olingan bo’lib, tom
ma’noda faoliyat, ish, xizmatni bildiradi, keng ma’noda esa tijorat (savdo–
sotiq) bilan bog’liq tashabbuskor faoliyat deb talqin qilinadi. Biznes –
faoliyat shaxsiy, qarzga yoki kreditga olingan mablag’ hisobidan o’zini
xavf ostiga qo’ygan va javobgarligini bo’yniga olgan holda xo’jalik
yurituvchi shaxsning kun kechirish, mustaqil bo’lish va foyda olish usuli
hisoblanadi.
Biznesmen iborasi inglizcha “businessman” so’zidan olingan bo’lib,
tom ma’noda tadbirkor degan ma’noni beradi, amalda esa tijorat,
tadbirokorlik yoki savdo–sotiq ishlari bilan shug’ullanadigan shaxsni
bildiradi. Agar ushbu atama biznes iborasining mazmuniga nisbatan talqin
qilinadigan bo’lsa, biznesmen foyda keltiradigan aylanma kapitalning va
foydaning sohibi hisoblanadi. Shunday qilib, biznesmen o’zining qarzga
yoki kreditga olgan mablag’lari hisobidan tijorat, tadbirkorlik yoki savdo–
sotiq ishlari bo’yicha faoliyat qiladigan va uning natijasi uchun
javobgarlikni o’z bo’yniga to’liq oladigan shaxs hisoblanadi.
Biznesmen bo’lish uchun oliy ma’lumot shart emas. Lekin
biznesmen amaldagi biznesga oid xalqaro, o’z millatiga va mamlakatiga
xos milliy odob va ahloq hamda yurish–turish qoidalarini yaxshi bilishlari
shart. Ushbu qoidalar aynan biznes–etiket fanida o’rganiladi.
Etiket iborasi esa fransuzcha “etiquette”so’zidan olingan bo’lib, tom
ma’noda etiketka yoki birkani anglatadi. Keng ma’noda esa o’zini tutish
(ahloq, odob), xushmomalalik qoidalari tushuniladi. Etiket iborasi kelib
chiqishining o’ziga xos tarixi bo’lib, u Fransiya qiroli Lyudovik XIV davri
bilan bevosita bog’liq. Avvallari Fransiyada tovar nomi yozilgan qog’oz
yopishtirilib qo’yiladigan qoziqcha etiket deb nomlangan. Keyinchalik shu
nom bilan tovar nomi yozilgan qog’ozning o’zi yuritilib boshlagan.
Keyinroq Fransiya qiroli Lyudovik XIV tantanali qabul marosimlaridan
birida mehmonlarga “Xulq–atvor”, ya’ni ahloq qoidalari deb yozilgan
kartochka tarqatib chiqadi. Kartochka esa etiketka deb nomlangan bo’ladi.
6
Vaqtning o’tishi va Fransiyada monarxiyaning mustahkamlanishi bilan
etiketka so’zi etiket iborasiga, unda yozilgan qoidalar esa ahloq va odob
qoidalari deb yuritilib boshlagan. Bugungi kunda etiket iborasi deyarli
dunyoning barcha tillarida ishlatiladi. Masalan, rus tili lug’atida etiket –
qandaydir jamiyatda o’zini tutish (yurish – turishning) belgilangan tartibi
va muomala qilish shakli deb ta’riflanadi.
Jamiyatda shakllangan etiket qoidalari ahloqiy me’yorlar deyiladi.
Biznes sohasining ham o’ziga yarasha ahloqiy me’yorlari mavjud. Shu
me’yorlarga itoat qilgan holda biznes faoliyatini olib boradigan shaxslar
ma’naviy madaniyatli deb hisoblanadi va uarning ishi ijobiy va tez bitadi.
Etiket qoidalari dogma emas, jamiyatning o’zgarishi bilan ular ham
o’zgarib va takomillashib boradi: vaqtning o’tishi bilan ularning ba’zi
birlari eskirib, qo’llanishdan chiqadi, ularning o’rniga yangi ahloq
qoidalari paydo bo’ladi, ba’zi bir qoidalar takomillashib jamiyatdan
jamiyatga o’tib boradi. Masalan, salomlashishda qadimiy Xitoy,
Mongoliya va Misr xalqlari tomonidan salomlashish so’zlari o’rnida
ishlatilgan “Bugun siz ovqatlandingizmi” yoki “Mollaringiz omonmi”
so’zlari xozir ishlatilmaydi. Ularning o’rniga so’z bilan yoki qo’l berib
salomlashish qoidalari qabul qilingan. Qadim zamonlarda harbiylar
metalldan yasalgan sovut, temir qalpoq va qo’lqop kiyishib yurishgan.
Ular mehmondorchilikka ham ushbu kiyimda borishgan. Lekin
salomlashishda temir qalpog’ini va qo’lqopini yechishgan. Ushbu
salomlashish
qoidasi
takomillashib,
bugungi
kunda
ba’zi bir
mamlakatlarda bosh kiyimini olib yoki ozgina ko’tarib salomlashish
qoidasiga aylangan. Demak, hozirgi jamiyatdagi etiket qoidalari bundan
olin o’tgan jamiyatlarda shakllangan ahloq va odob qoidalari mahsuli
hisoblanadi.
Yuqorida ko’rib chiqilgan biznes va etiket tushunchalarining
mohiyatini hisobga olgan holda biznes–etiket tushunchasining mazmunini
ochib berish mumkin. Demak, biznes–etiket deganda biznes sohasida yoki
biznesmenlar o’rtasida qabul qilingan xalqaro va milliy etiket qoidalariga
rioya qilish asosida biznes faoliyati bilan shug’ullanish tushuniladi.
Biznes–etiket kasbiy etiketning aniq bir turi bo’lib, umumfuqarolik
axloq va odob qoidalaridan farq qiladi. Biznes–etiket qoidalari ham
vaqtning o’tishi bilan qo’llanishdan chiqib, o’zgarib va takomillashib
boradi.
Etiket
qoidalarining
bunday
xususiyatiga
etiketning
o’zgaruvchanligi deyiladi. Biznes, ayniqsa xalqaro biznes, diplomatiya,
umumfuqarolik va boshqa sohalarda ba’zi bir etiket qoidalari, masalan,
ovqatlanish etiketi qoidalari, bir xil bo’ladi. Etiket qoidalarining barcha
7
sohalarida bir xil qo’llanishi ularning universalligi deyiladi. Ba’zi bir etiket
qoidalarining bir jamiyatdan kelguvsisiga o’zgarmay o’tishi etiketning
doimiyligi deb nomlanadi. O’zbekistonda biznes faoliyatini olib borish
o’zbek urf–odat qoidalari bilan boyitilgan Yevropa xalqaro biznes–etiket
qoidalariga asoslanadi.
Dostları ilə paylaş: |