T. Xudayshukurov Biznes – etiket



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/58
tarix06.05.2023
ölçüsü1 Mb.
#126504
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   58
3577304e52555970df4fdc94aadafd18 Biznes etiket

Tayanch iboralar:
xushmuomalalik, 
kayfiyat, 
haqiqiy 
va 
soxta 
xushmuomalalik, 
xushmuomalalik shakli, munosabat poydevori 
Nazorat savollari: 
1. Xushmuomalalik deganda nimani tushunasiz? 
2. Hamkorlar va suhbatdoshlar kayfiyatiga va masalaning hal bo’lishiga 
xushmuomalalik qanday ta’sir ko’rsatadi? 
3. Haqiqiy va soxta xushmuomalalikni siz qanday tushunasiz? 
4. Xushmuomalalik shakllarini bilasizmi? 


46 
6.2.3. Sabr–toqatlilik
 
Biznesmenlar o’zlarining faoliyati davomida har xil tabaqali va 
tabiatli kishilar bilan muloqotga tushishlari mumkin. Bundan tashqari har 
xil millat vakillari va boshqa dinlarga itoat qiladiganlar bilan ham 
muloqotga tushishlari, birga faoliyat ko’rsatishlari va hatto birga 
yashashlari ham mumkin. Hatto shunday hollar bo’lishi mumkinki, 
umuman siz yoqtirmaydigan kishilar bilan, hatto dushmaningiz vakillari 
bilan ham muloqotga tushishga to’g’ri kelib qolishi mumkin. Xuddi 
shuningdek, madaniyatsiz, o’ta tajang, o’zini tutaolmaydigan odamlar 
bilan ham muloqotda bo’lish ehtimoli doim mavjud bo’ladi. 
Nafaqat vatandoshlarimiz orasida, chet mamlakatlarda ham bunday 
kishilar, hatto etiket qoidalarini bilmaydiganlar, bilsa ham ularga e’tibor 
bermaydiganlar ham tez–tez uchrab turadi. Bunday kishilar bilan 
muloqotga tushishda ularning muomala qilish tarziga va hatti–
harakatlariga ko’p e’tibor bermasdan o’zingiz etiket qoidalariga ko’ra 
harakat qilishingiz lozim, chunki, sabr–toqat qilgan kishi albatta o’z 
maqsadiga erishadi, uning ishi ijobiy bitadi. Bunga “Sabr–toqatning tagi 
oltindir” degan o’zbek maqoli yaqqol misol bo’laoladi. 
Sabr–toqat eng qadimiy etiket qoidalaridan biri hisoblanadi va barcha 
diniy kitoblarga, shu jumladan Quroni Karimga, kiritilgan. Sabr–toqatning 
biznesmen faoliyatida tutgan o’rnidan tashqari, u katta siyosiy va 
millatlararo ahamiyatga ega. Uning siyosiy ahamiyati shundan iboratki, 
davlatlar o’rtasida bo’ladigan mojarolar, bir–birlari bilan turli sabablarga 
ko’ra kelishmovchiliklar sabr–toqat orqali hal qilinadi va uning natijasida 
tinch–totuvlik yuzaga keladi. 
O’zbekiston Respublikasi ko’p millatli davlat hisoblanib, uning 
hududida, asosiy aholi o’zbeklardan tashqari, 90 dan ortiq millat va elatlar 
vakillari tinch–totuv yashashadi. Ular nafaqat bir hududda, bir uyda 
yashashadi, bir korxonada ishlashadi, hatto internasional oila a’zolari 
sifatida ham tinch–totuv istiqomat qilishadi. Ularning hozirgi kunda tinch–
totuv yashashi asosida sabr–toqat yotadi, chunki har xil millat va elat 
vakillari 
bir–birlarini 
hurmat 
qilishdan 
tashqari, 
bir–birlarining 
dunyoqarashlariga, diniy e’tiqodlariga va milliy urf–odatlariga sabr–
toqatlik bilan qarashadi. Ana shu keltirilgan misol sabr–toqatning bugungi 
kundagi millatlararo ahamiyatini yaqqol tasdiqlaydi. 


47 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin