8
- biznesmenlarning hamkorlari bilan suhbatlashishiga qo’yiladigan
etiket talablari;
- biznes korxonalarida xizmat yuzasidan xatlar yozish va telefonda
gaplashish etiket qoidalari;
- mehmondo’stlik va uning biznesmenlar uchun ahamiyati;
- mehmondo’stlik qilishda chaqirilgan joyga borish va ziyofat stoli
atrofida o’tirishning umumiy qoidalari;
- ziyofat dasturxonini bezatish, ovqatlanish va ziyofat stollari
atrofida o’tirish va o’zini tutish qoidalari;
- restoran va ziyofatlarda sigaret chekish etiketi qoidalari;
- tamolarni iste’mol qilishning umumiy etiket qoidalari;
- umumiy idishlarda beriladigan gazak va mahsulotlarni, xo’l
mevalarni iste’mol qilishning etik qoidalar;
- ovqatlanish priborlari va ulardan foydalanish qoidalari;
- taomlarga vinolarni tanlash bo’yicha tavsiyalar, spirtli ichimliklar
butilkalarini ochish va mehmonlar idishlariga quyish texnikasi;
- yo’l etiketi qoidalari (yo’l ketishga tayyorlanish, samolyotda,
poyezdda ketishda o’zini tutish va yengil mashinalarda ketish).
Biznes–etiket fanining asosiy maqsadi turizm sohalari va sifat
ekspertizasi yo’nalishlari uchun jamiyatda qabul qilingan etiket
qoidalarini yaxshi biladigan, ularga rioya qiladigan hamda shaxsiy biznes
bilan kelajakda shug’ullanaoladigan mutaxassis – kadrlarni tayyorlashdan
iborat.
Har qanday o’quv fanining asosiy vazifasi uning asosiy maqsadidan
kelib chiqib, unga erishishga qaratilgan bo’ladi. Shuning uchun ham
“Biznes–etiket” fanining asosiy vazifasi, uning maqsadidan kelib chiqqan
holda, biznes sohasidagi umumiy, kiyinish, o’zaro munosabat qilish,
hamkorlar bilan suhbatlar o’tkazish, xizmat yuzasidan xatlar yozish,
telefonda gaplashish, ovqatlanish va yo’l ketish etiketi qoidalarini
talabalarga tanishtirishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: