T. Xudayshukurov Biznes – etiket



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/58
tarix06.05.2023
ölçüsü1 Mb.
#126504
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
3577304e52555970df4fdc94aadafd18 Biznes etiket

Tayanch iboralar: 
Bortprovodnik; yo’lovchi; koridor; kupe stoli; muloqot; suvenir. 
Nazorat savollari: 
1. Vagonga va kupega kirishda qaysi etiket qoidalariga rioya qilinishi 
kerak? 
2. Vagonda ovqatlanish etiketini bilasizmi? 
3. Poyezdan tushishda yo’lovchiga qanday talab qo’yiladi? 
13.4. Yengil mashinada ketish qoidalari
 
Biznes bilan shug’ullanadigan va o’zini 
madaniyatli deb 
hisoblaydigan har bir shaxs imijini nafaqat samolyotda yoki poyezda 
ketishda, yengil avtomashinada yurishda ham saqlashga harakat qilishi 
kerak. Ular asosan o’zlarining avtomashinalarida yurishadi. Bundan 
tashqari ba’zan shahar transporti bo’lgan taksidan va tanish bilishlarining 
mashinalaridan ham foydalanishlari mumkin. 


120 
Ushbu bandda turli vaziyatlarda avtomashinalarda yurish bilan 
bog’liq etiket qoidalari ko’rib chiqiladi. 
Birinchi holat: biznesmen – haydovchi. Bunday vaziyatda u o’zining 
mashinasida bir o’zi yoki ayollar bilan ham ketishi mumkin. Agar bir o’zi 
ketayotgan 
bo’lsa, qo’yidagi qoidalariga rioya qilishi lozim: 
avtomashinani, shu jumladan uning salonini toza tutishi va ustki 
kiyimlarini mashinada osib qo’ymasligi, uy kiyimida mashinani 
haydamasligi kerak. Agar biznesmen o’zining mashinasida bitta ayol kishi 
bilan ketishi kerak bo’lsa, avval unga o’zining yonidagi joyga o’tirishga 
yordam beradi va keyin o’zi o’tiradi. Agar birga ketadigan ayollar soni 
ikkita yoki uchta bo’lsa, birinchi holatda ikkita ayol kishi ham orqa 
o’tirg’ichlarda o’tirishi kerak. Ularga ham o’tirishda yordam beradi. 
Agar biznesmen 3 ta ayol kishi bilan ketishi kerak bo’lsa, qo’yidagi etiket 
qoidalariga rioya qilinishi kerak: ularning ikkitasi orqa o’tirg’ichga 
o’tiradi: ularning o’tirishida erkak biznesmen mashina eshiklarini ochib 
yordam beradi. Ayollardan tanishrog’i biznesmen yonidagi oldingi joyda 
o’tiradi. Uning uchun erkak biznesmen mashinaning oldi tomonidan 
aylanib o’tib, eshigini ochib, o’tirishga yordam beradi. 
Manzilga yetib kelgandan keyin esa erkak biznesmen mashinaning 
eshiklarini ochib va suyanish uchun qo’lini berib, mashinadan tushishga 
yordam berishi kerak. Avval orqa o’tirg’ichlarda o’tirganlarning 
tushishiga, keyin esa mashinaning oldidan aylanib o’tib, oldingi 
o’tirg’ichda o’tirgan ayol kishining tushishiga yordam beradi. 
Ikkinchi holat - biznesmen shahar transoprti taksi yo’lovchisi. Agar 
biznesmen taksida ketayotgan bo’lsa, u mashinada mehmon hisoblanadi. 
Shuning uchun ham mehmonlarga xos hatti–harakat va muloqot qilishi 
lozim. Bu qoidalar quyidagilardan iborat: taksining orqa o’tirg’ichiga 
o’tiriladi, chunki orqadagi joylar faxriy hisoblanadi; ketishda ham ha deb 
gapiraverish mumkin emas, sohib sifatida taksi haydovchisiga gapirish va 
birinchi bo’lib hol–ahvol so’rashga imkon berish kerak; bundan tashqari 
mashina salonida ustki kiyimlarni yechib yurish, mashina oynasidan 
sochlarini ko’rish yoki labini bo’yash ham mumkin emas. Agar taksida 2 – 
3 ta ayol kishi bilan ketish kerak bo’lsa, ayollar orqa o’tirg’ichda, erkak 
biznesmen esa haydovchi yonida o’tirish kerak. Agar bir ayol bilan birga 
ketish kerak bo’lsa, ayol va erkak biznesmen ham orqa o’tirg’ichda 
o’tirishi kerak. O’tirishdan oldin taksining o’ng eshigini ochib ayol 
kishining o’tirishiga yordam beradi, keyin esa erkak biznesmenning o’zi 
o’tiradi. 


121 
Agar taksida erkak biznesmenning bir o’zi ketayotgan bo’lsa ham 
mashinaning orqa joyida o’tiradi. 
Tanish yoki o’rtoqlarining mashinasida ketishda erkak kishi 
haydovchi yonidagi joyda o’tirish kerak. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin