T. Xudayshukurov Biznes – etiket



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/58
tarix06.05.2023
ölçüsü1 Mb.
#126504
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   58
3577304e52555970df4fdc94aadafd18 Biznes etiket

Tayanch iboralar: 
ko’ylak rangi; ko’ylak yoqasi uchi; kiyilishi; galstuk; uzunligi, kengligi
rangi. 
Nazorat savollari: 
1. Biznesmenlar ko’ylagi qanday bo’lishi kerak? 
2. Ko’ylakni kiyib yurishga qanday talablar qo’yiladi? 
3. Galstuk qaysi ko’rsatkichlari bo’yicha tanlanadi? 
4. Galstuk rangiga, uzunligiga va kengligiga qanday talablar qo’yiladi? 
 
4.3.3. Tufli, paypoq, kamar va aksessuarlar 
Tuflining rangi biznesmen kostyumining rangiga qarab tanlanadi. 
Bundan oldin tavsiya etilgan biznesmenlarning ish kostyumlari asosan 
qora rangli tufli bilan kiyiladi. Tufli natural charmdan tikilgan bo’lishi 
kerak. Butun ish davrida yarqiratib tozalangan tuflida yurish tavsiya 
etiladi. Biznes tajribasida qo’ng’ir rangli kostyumda va tuflida ishga kelish 


26 
yengiltaklik belgisi hisoblanadi. Ish joyida har qanday ehtimolga qarshi 
tuflini tozalash uchun krem, cho’tka va baxmal latta bo’lishi kerak. 
Kostyumga tanlangan tufli paypoq bilan kiyiladi. Paypoq rangi esa 
kostyum rangiga qarab tanlanadi. Paypoqning rangi kostyum rangidan 
biroz pastroq bo’lishi lozim. Paypoq uzunligi bo’yicha boldirni yopib 
turishi va o’tirganda oyoqning ochiq joyi ko’rinmasligi kerak. Biznesmen 
har kuni yangi yoki yuvilgan paypoqda ishga kelishi lozim. Har qanday 
vaziyatda ham ish joyida krem va cho’tkadan tashqari toza paypoq ham 
bo’lishi kerak. Oq paypoqda ishga kelish biznesmenlar uchun yengiltaklik 
hisoblanadi. 
Kostyum shimining kamari ham natural charmdan tayyorlanga va 
qora rangli bo’lishi kerak. 
Biznesmenlar 
tajribasida 
qo’lidagi taqinchoqlar ham katta 
ahamiyatga ega. Erkak biznesmenlar panjalarida uylanganlik to’g’risidagi 
uzukdan tashqari yana bitta uzukka ruxsat beriladi. U ham bo’lsa, rangi va 
o’lchami bo’yicha yaqqol ko’zga tashlanadigan bo’lmasligi kerak. 
Soat ham biznesmenning asosiy aksessuarlaridan biri hisoblanadi va 
uning imijini shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Biznesmen soati 
qimmatbaho va sifatli bo’lishi shart. Biznesmenlar soati uchun natural 
charmdan tayrlangan yoki oqartirilgan temir tasma tavsiya qilinadi. 
Ruchka erkak biznesmen uchun yozuv quroli sifatida xizmat 
qilishidan tashqari, asosiy aksessuarlardan biri hisoblanib, uning imijini 
shakllantirishda yoki mustahkamlashda katta ahamiyatga ega. Uning 
uchun biznesmen avtoruchkasi qimmatbaho va sifatli, original bo’lishi 
shart. 
Ko’krak cho’ntagi ro’molchasi biznesmen kostyumiga tugallangan 
ko’rinish beradi va shu sababli kostyum uchun asosiy qo’shimcha 
elementlardan biri hisoblanadi. Lekin nufuzli biznes korxonalarida ko’krak 
cho’ntagi ro’molchasi bilan ishga kelish amalda qabul qilinmagan. U 
asosan ishdan keyin tashkil qilinadigan uchrashuvlarda taqilishi mumkin. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin