T. Xudayshukurov Biznes – etiket



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/58
tarix06.05.2023
ölçüsü1 Mb.
#126504
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   58
3577304e52555970df4fdc94aadafd18 Biznes etiket

Tayanch iboralar: 
tufli, paypoq, kamar, uzuk, soat, ruchka, ro’molcha. 
Nazorat savollari 
1. Biznesmenlar tuflisi qanday tanlanadi? 
2. Biznesmen tuflisi bilan kiyiladigan paypoq qanday bo’lishi kerak? 
3. Qo’lga taqiladigan uzuk va soatlarga qanday talablar qo’yiladi; 


27 
4. Ruchkaning biznesmen uchun qanday ahamiyati bor? 
 
4.4. Ayol biznesmenlar ish kiyimlari 
4.4.1. Ish kiyimi garderobi 
Ayol kishi qayerda yashashi, qayerga borishi va faoliyatning qaysi 
turi bilan shug’ullanishidan qat’iy nazar go’zal bo’lishi kerak. Albatta, bu 
talab birinchi navbatda ayol biznesmenlarga taalluqlidir. Ayol 
biznesmenlar go’zalligini yanada nafislashtirishda ularning ish kiyimlari 
katta ahamiyatga ega. 
Yevropa mamlakatlarining aksariyat kompaniyalarida rangi va 
bichilishi hamda turi bo’yicha qabul qilingan ish kiyimlarida faoliyat 
ko’rsatiladi. Ularning ba’zilarida ish kiyimi sifatida ayol biznesmenlar 
uchun faqat kostyum, ba’zilarida esa ko’ynak yoki yubka qabul qilingan 
bo’lsa, qolganlarida esa ish kiyimining uchala turiga ham ruxsat berilgan. 
Yevropacha biznes-etiket qoidalariga ko’ra biznesmen ayollar 
garderobida quyidagi ish kiyim turlarining bo’lishi tavsiya etiladi: 
- minimum bitta klassik kostyum; 
- yuqori sifatli uzun yengli ko’ylak yoki bluzka; 
- tufli; 
- xushbichimli pidjak; 
- taqinchoqlar. 
Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, atrofdagilarda o’z to’g’risida 
yaxshi taassurot qoldirishni istaydigan har bir ayol biznesmen qaysi 
korxonada, qaysi kiyim turini kiyib ishlash qabul qilinganligidan qat’iy 
nazar, kiyiladigan kiyim turlarini va taqinchoqlarni to’g’ri tanlay olishi 
kerak. Agar biznesmen ayolning o’zi tanlay olmasa, bundan oldin 
ta’kidlanganidek, imijmeykerlarga murojaat qilish lozim. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin