Tayanch iboralar:
xushmuomalalik,
kayfiyat,
haqiqiy
va
soxta
xushmuomalalik,
xushmuomalalik shakli, munosabat poydevori
Nazorat savollari:
1. Xushmuomalalik deganda nimani tushunasiz?
2. Hamkorlar va suhbatdoshlar kayfiyatiga va masalaning hal bo’lishiga
xushmuomalalik qanday ta’sir ko’rsatadi?
3. Haqiqiy va soxta xushmuomalalikni siz qanday tushunasiz?
4. Xushmuomalalik shakllarini bilasizmi?
46
6.2.3. Sabr–toqatlilik
Biznesmenlar o’zlarining faoliyati davomida har xil tabaqali va
tabiatli kishilar bilan muloqotga tushishlari mumkin. Bundan tashqari har
xil millat vakillari va boshqa dinlarga itoat qiladiganlar bilan ham
muloqotga tushishlari, birga faoliyat ko’rsatishlari va hatto birga
yashashlari ham mumkin. Hatto shunday hollar bo’lishi mumkinki,
umuman siz yoqtirmaydigan kishilar bilan, hatto dushmaningiz vakillari
bilan ham muloqotga tushishga to’g’ri kelib qolishi mumkin. Xuddi
shuningdek, madaniyatsiz, o’ta tajang, o’zini tutaolmaydigan odamlar
bilan ham muloqotda bo’lish ehtimoli doim mavjud bo’ladi.
Nafaqat vatandoshlarimiz orasida, chet mamlakatlarda ham bunday
kishilar, hatto etiket qoidalarini bilmaydiganlar, bilsa ham ularga e’tibor
bermaydiganlar ham tez–tez uchrab turadi. Bunday kishilar bilan
muloqotga tushishda ularning muomala qilish tarziga va hatti–
harakatlariga ko’p e’tibor bermasdan o’zingiz etiket qoidalariga ko’ra
harakat qilishingiz lozim, chunki, sabr–toqat qilgan kishi albatta o’z
maqsadiga erishadi, uning ishi ijobiy bitadi. Bunga “Sabr–toqatning tagi
oltindir” degan o’zbek maqoli yaqqol misol bo’laoladi.
Sabr–toqat eng qadimiy etiket qoidalaridan biri hisoblanadi va barcha
diniy kitoblarga, shu jumladan Quroni Karimga, kiritilgan. Sabr–toqatning
biznesmen faoliyatida tutgan o’rnidan tashqari, u katta siyosiy va
millatlararo ahamiyatga ega. Uning siyosiy ahamiyati shundan iboratki,
davlatlar o’rtasida bo’ladigan mojarolar, bir–birlari bilan turli sabablarga
ko’ra kelishmovchiliklar sabr–toqat orqali hal qilinadi va uning natijasida
tinch–totuvlik yuzaga keladi.
O’zbekiston Respublikasi ko’p millatli davlat hisoblanib, uning
hududida, asosiy aholi o’zbeklardan tashqari, 90 dan ortiq millat va elatlar
vakillari tinch–totuv yashashadi. Ular nafaqat bir hududda, bir uyda
yashashadi, bir korxonada ishlashadi, hatto internasional oila a’zolari
sifatida ham tinch–totuv istiqomat qilishadi. Ularning hozirgi kunda tinch–
totuv yashashi asosida sabr–toqat yotadi, chunki har xil millat va elat
vakillari
bir–birlarini
hurmat
qilishdan
tashqari,
bir–birlarining
dunyoqarashlariga, diniy e’tiqodlariga va milliy urf–odatlariga sabr–
toqatlik bilan qarashadi. Ana shu keltirilgan misol sabr–toqatning bugungi
kundagi millatlararo ahamiyatini yaqqol tasdiqlaydi.
|