T. Xudayshukurov Biznes – etiket



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/58
tarix06.05.2023
ölçüsü1 Mb.
#126504
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   58
3577304e52555970df4fdc94aadafd18 Biznes etiket

Tayanch iboralar: 
muloqotga tushish, sabr–toqat va hatti–harakat, diniy kitoblar, siyosiy va 
xalqaro ahamiyati
 
Nazorat savollari: 
1. Biznesmenlar o’z faoliyati davrida hamkorlari va boshqa kishilar 
bilan muloqotga qanday tushishlari mumkin? 
2. Sabr–toqat qoidasi qaysi kitoblarda o’z aksini topgan? 
3. Sabr–toqatning siyosiy ahamiyati nimada? 
4. Millatlararo munosabatda sabr–toqatning ahamiyatini tushuntirib 
bering? 
6.2.4. Kamtarlik
 
 
Kamtarlik etiketning eng asosiy va qadimiy qoidalaridan biri 
hisoblanadi. Kamtarlik – bu shaxs tomonidan jamiyat va fuqarolar oldidagi 
o’zining burchini anglab yetganlik darajasidir. Demak, kamtarlik 
biznesmenlarga nisbatan vatani va o’z xalqi oldidagi vazifalarini va 
xuquqlarini anglab yetganligidir. Quyida kamtar biznesmenlarga xos 
asosiy fazilatlar keltirilgan bo’lib, ular quyidagilardan iborat: 
- kamtar va madaniyatli biznesmen hyech qachon va hyech qayerda 
o’rta yoki kichik biznes xodimlariga nisbatan o’zining xalqaro yoki katta 
biznes xodimi ekanligini ta’na qilmaydi; 
- o’zining tengqurlariga va boshqa fuqarolarga nisbatan hammaga 
tegishli vaziyatlarda hyech qachon oshiqcha huquqga ega bo’lishni talab 
qilmaydi; 
- o’zining hohishi bo’yicha jamiyat talablariga to’liq bo’yso’nadi va 
amaldagi etiket qoidalariga ko’ra hatti–harakat qiladi; 
- o’zini va jamiyat azolarini hurmat qiladigan biznesmen o’zining 
shaxsiy ehtiyojlarini boshqa oddiy fuqarolarning moddiy sharoitiga qarab 
chegaralaydi; 
- o’z burchini anglab yetgan va biznes–etiket talablariga itoat 
qiladigan biznesmen kam ta’minlangan oilalarga nogiron va yetimlarga
moddiy yordam ko’rsatib boradi, xalqning ijtimoiy hayotini yaxshilashda 
faol ishtirok etadi; 
- hamkorlarga va suhbatoshlarga nisbatan, ularning jamiyatdagi 
o’rnidan qaysi millat va elatga mansubligidan, yoshidan va jinsidan qat’iy 
nazar, katta hurmat–ehtirom va xushmuomalalik bilan muloqot qiladi; 


48 
- o’zining xalqi oldidagi xizmatiga, hatti–harakatiga, gapiradigan 
gaplariga tanqidiy nuqtai–nazardan qaraydi. 
Kamtar biznesmen o’zining vatani va xalqi oldidagi xizmatlarini 
ta’na qilmaydi, boshqa fuqarolarga nisbatan o’zini boyroq va aqlliroq deb 
ko’rsatishga harakat qilimaydi. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin