83
garovi hisoblanadi. Bunday
deyishning boisi shundaki, birinchidan,
aksariyat biznes masalalari bugungi kunda ovqatlanish stoli atrofida hal
qilinadi;
ikkinchidan, hamkorlar bilan tanishishda,
bitimlar tuzilgandan
keyin yoki tuzilish arafasida hamda hamkorlar xayrlashishida ovqatlanish
stoli atrofida uchrashiladi. Bundan tashqari o’zbeklarning “Yegan og’iz
uyalar” degan dono gapi bor. Bu degani biznesmenni mehmon qilgan
korxonadan kelgan kishilarni javob tariqasida mehmon qilish kerak degan
ma’noni bildiradi. Mehmondo’stlik ba’zi bir millatlarga xos asosiy
xususiyatlardan biri hisoblanadi. O’zbeklar ana shunday xalqar turkumiga
kiradi. Bunday millatlar vakili bo’lgan biznesmenlar o’zlarining
faoliyatiga aloqador bo’lgan kishilarni hyech qanday sababsiz ham
mehmonga taklif qilishadi.
Yuqorida
ta’kidlab o’tilgan fikrlardan ko’rinib turibdiki,
mehmondo’stlik qilish sabablari juda ham ko’p
va biznesmen faoliyatiga
xos xususiyatlardan biri hisoblanadi, chunki mehmondo’stlik qilishning
biznesmenlar uchun ahamiyati juda ham katta: birinchidan, ovqatlanish
davrida bo’lajak hamkorlar bir–birlarining fe’l–atvorlarini, muomala qilish
uslubini o’rganishadi; ikkinchidan, bo’lajak hamkorlar o’rtasida shaxsiy
aloqalarning mustahkamlanishiga imkon beradi; uchinchidan, bir–
birlarining tashqi ko’rinishiga, stol atrofida o’tirishiga va o’zini tutishiga,
ovqatlanishiga, muomala qilishiga va yurish – turishiga qarab bo’lajak
hamkor mansub bo’lgan millatning
va biznesmenning madaniyati
to’g’risida ma’lum bir fikrlar shakllanadi va ular kelajakda hamkorlik
ishlarini olib borishda fundament bo’lib xizmat qiladi.
Rus xalqining “Ovqatlandi va yuragi yumshadi” degan ajoyib bir
maqoli bor, chunki yaxshi kampaniyada ovqatlanishda odam bahra oladi,
ko’ngli yoyiladi, bir–birlariga bo’lgan izzat–hurmati oshadi, bir–birlariga
ishonch paydo bo’ladi, uning natijasida dil yumshaydi. Shu sababdan ham
hamkorlik masalalari tez yechiladi. Agar siz mehmondo’stlik
davrida
bo’lajak hamkorlaringiz va o’rtoqlaringizda o’zingiz, millatingiz hamda
davlatingiz madaniyati to’g’risida ijobiy taassurot qoldirmoqchi bo’lsangiz
mehmondo’stlik qoidalarini yaxshi bilishlaringiz shart.
Mehmondo’stlikning etik poydevorini mehmonlarni mansabiga,
jinsiga va yoshiga qarab ovqatlanish stoli atrofida o’tirg’izish, stol atrofida
o’zini tutish, taomni bevosita iste’mol qilish, taom iste’mol qilish
instrumentlaridan va salfetkalardan foydalanish hamda mehmonlarga
xizmat ko’rsatish qoidalari tashkil qiladi.
Ushbu bobning kelgusi
bandlarida ko’rsatilgan qoidalarning asosiylari ko’rib chiqiladi.