16
xursandman”, yoki hamkor tanish bo’lsa, “Yana ko’rishganimdan
juda ham xursandman” va hokazo;
suhbat o’tkazilayotgan joyda suhbatdosh hamkordan tashqari boshqa
kishilar ham bo’lishi mumkin. Bunday vaziyatda siz nafaqat
suhbatdoshingizda, boshqa kishilar fikrida ham o’zingiz to’g’risida
ijobiy tasavvur qoldirishga harakat qilishingiz kerak. Suhbatdoshda
va boshqalar fikrida yaxshi tasavvur
qoldirishning eng samarali
usullaridan yana biri ochiq chehra bilan muloqotga tushishdir.
Shuning uchun ham salomlashish, hol–ahvol so’rashda va
minnatdorchilik bildirishda suhbatdoshning ko’ziga qarab, kulib
gapirish lozim. Tabassum bilan salmoqli va ma’noli so’zlarni tanlab,
kulib gapirish biznesmenning dadil va serg’ayratligidan darak beradi.
Agar boshqalar sizning so’zlaringizni eshitmasa ham chehrangizdagi
porlab turgan tabassumga albatta e’tibor berishadi;
dadil harakat qiladigan va serg’ayrat kishilar odamlarning
aksariyatiga juda ham yoqadi. Shu boisdan ham ijobiy tasavvur
qoldirishda shinam qadam tashlab yurishning ham ahamiyati katta.
Binoga
yoki ofisga kirasizmi, yoki birovni qarshi olasizmi,
qadamlarni chiroyli bosish, jonli va serg’ayrat harakat qilish lozim.
Ish davomida juda charchagan bo’lsangiz ham uni boshqalarga
bildirmang, ishning oxirida ham serg’ayrat va jonli harakat qilishga
harakat qiling. Hamkasblar, hamkorlar
va boshqalar ham bu
harakatingizni albatta ijobiy baholaydi;
biznesmen to’g’risida ijobiy tasavvurning shakllanishida uning tashqi
qiyofasi eng katta ahamiyatga ega. Biznesmen to’g’risidagi umumiy
tasavvurning deyarli 80 – 90 % uning tashqi qiyofasining hissasiga
to’g’ri keladi, chunki soqol–mo’ylovlarining olinishiga, sochlarining
taralishiga, kiyimiga, uning tozaligiga va kiyilishiga katta ahamiyat
beriladi. Etiket qoidalariga ko’ra biznesmen soqol–mo’ylovlari
qirtishlab, sochlari esa qisqa olingan, taralishi
yuz tuzilishiga mos
kelgan, taqinchoqlari (soat, bilaguzuklarlari va uzuklari) o’ziga
yarashgan bo’lishi shart. Ayol biznesmenlarning taqinchoqlari rangi
va kattaligi bo’yicha boshqalarning diqqatini tortmaydigan va
husniga husn qo’shadigan bo’lishi lozim.
Ijobiy tasavvur qoldirishda oyoq kiyimlarining ham ahamiyati katta.
Tuflilar yarqiragan holatgacha tozalangan bo’lib, xuddi yangiga o’xshab
turgan bo’lishi kerak. Erkaklar paypog’i boldirni yopib turadigan, ayollar
kalgotkalari esa yirtilmagan bo’lishi shart.