_____________________________ 242. DNK ning qo‘sh zanjirida G nukleotidlari 40% ni tashkil
etadi. DNK dagi gen asosida sintezlangan oqsil 400 ta
aminokislotadan iborat bo‘lsa, shu DNK qo'sh zanjiridagi guanin va
sitozin orasidagi vodorod bog'lari sonini toping.
A) 2880 B) 960 C) 480 D) 3360
Ishlanishi: 1) N=AK*3 N=400*3=1200N*2=2400N -2 ta ipdagi N lar
2) 2400---100%
G-x---40% G-x=(2400*40)/100=960N G-960=960-S
3) H=3G H=3*960 H=2880 Javob: A _____________________________ 243. i-RNK zanjirida 80 ta uratsil bor, shu RNK zanjiridan
teskari transkripsiyalangan DNK ning 1 ta zanjiridagi sitozinlar soni
RNK dagi uratsillar sonidan 2,5 marta ko'p, guaninlar soni esa 2,5
marta kam. DNKning shu zanjiridagi timin miqdori undagi guanin
va sitozin nukleotidlar miqdorining o'rtachasiga teng bo'lsa DNK
molekulasidagi nukleotidlar sonini aniqlang.
A) 1052 B) 428 C) 1088 D) 856 Ishlanishi: 1) DNK da: A=80; S=2,5U=2,5*80=200; G=U/2,5=80/2,5=32;
T=(S+G)/2=(200+32)/2=116
i-RNK da: U=80; G=200; S=32; A=116
2) DNK da: A+S+G+T =>i-RNK da: U+G+S+A
80+200+32+116=428
3) 2N=2*428=856 Javob: D _____________________________ 244. DNK molekulasida adenin va timin orasida ikkita, guanin
va sitozin orasida uchta vodorod bog’i bor, qo'shni nukleotidlar orasi
0,34 nmga teng. Nuklein kislotalar molekulasida nukleotidlar o‘zaro
fosfodiefir bog’lari orqali bog’lanadi. DNKning bitta zanjirida 209
ta fosfodiefir bog’lari bo’lsa va adenin nukleotidlari DNK qo‘sh
zanjiridagi jami nukleotidlarning 20%ini tashkil etsa, DNK
reduplikatsiyasi uchun nechta guanin nukleotidlari kerak bo’ladi?
A) 126 ta B) 84 ta C) 63 ta D) 42 ta
Ishlanishi: 1) 209+1=210N -1 ta ipdagi N lar
2) 210*2=420N -2 ta ipdagi N lar
3) A-20%=20%-T bo’lsa, G-30%=30%-S bo’ladi.
4) 420---100%
G---30% G=(420*30)/100=126 Javob: A