Tabbiy ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat


Nazorat ishi uchun tanlangan mavzuni mustaqil oʻzlashtirish



Yüklə 469 Kb.
səhifə7/9
tarix25.01.2023
ölçüsü469 Kb.
#122562
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ўзбекистоннинг энг янги тарихи услубий кўрсатма 2

Nazorat ishi uchun tanlangan mavzuni mustaqil oʻzlashtirish
Faning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab sillabusiga kiritilgan alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda oʻzlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga e’tibor qaratish, asosiy adabiyotlar va axborot manbalarini koʻrsatish lozim.
Nazorat ishini bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda oʻquv adabiyotlaridan foydalanib ushbu mavzu boʻyicha Loyiha ishi, taqdimot va slaydlar, keys stadilar tayyorlaydilar. Zarur hollarda (oʻzlashtirish qiyin boʻlsa, savollar paydo boʻlsa, adabiyotlar yetishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa va h.k.) oʻqituvchidan maslahatlar oladilar. Mustaqil oʻzlashtirilgan mavzu boʻyicha tayyorlangan matn boʻlimdan tegishli tartibda roʻyxatdan oʻtkazilib, kafedraga yoʻnaltiriladi va tegishli tartibda talaba tomonidan himoya qilinadi.
Nazorat ishlarni baholash tartibi
Talabalarning reyting asosida baholash tizimida nazorat ishining bajarilishi yakuniy sinov sifatida xizmat qiladi. Albatta, nazorat ishining talabalar tomonidan bajarilish muddati, yozma yoki ilmiy loyiha ishlariga qoʻyilgan talabga qay darajada javob berilishi, tavsiya etilgan adabiyotlardan qanday foydalanganligi baholash me’zonida nazarda tutiladi.
“O`zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan nazorat ishlarini baholashda: talabalarning shaxsiy individual xususiyatlari, bilim, koʻnikma va malakalarini shakllanishi, auditoriya va auditoriyadan tashqarida olingan bilimlari, shuningdek ijodiy qobilyatlarini hisobga olgan holda yondashish maqsadga muvofiq. Nazorat ishlarini 5 ballik baholash mezoni amal qiladi.

Nazorat ishlarini baholash mezonlari

Baho

Ijodiy tadqiqot ishlari va tanqidiy sintez elementlari bayon qilingan, izchil va tizimli ravishda muammoning yechimiga qaratilgan tadqiqot jarayoni amalga oshirilgan, nazorat ishini bajarishga ijodiy yondashilgan, tegishli adabiyotlardan unumli foydalanilgan

5

Nazorat ishi ilmiy yondashuvlar ahamiyatiga koʻra tabaqalashtirilgan, tadqiqot ob’ekti va predmeti toʻgʻri tanlangan, iqtisodiy tahlil metodlaridan samarali foydalanilgan holda nazorat ishini bajarishga ijodiy yondashilgan

4

Nazorat ishida na’munalarga asoslangan holda mantiqiy yechimlar keltirilgan, rekonstruktiv-variativ mustaqil ishlash elementlari aks ettirilgan, nazorat ishini bajarishga koʻrsatmalar asosida yondashilgan

3

Nazorat ishi e’tiborsiz, noaniqliklar bilan bajarilgan, tadqiqot muammosiga tegishli adabiyotlardan unumli foydalanilmagan

0-2



Yüklə 469 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin