Fan boʻyicha nazorat ishlarini tashkil etishning shakli va mazmuni Nazorat ishi talabaning bajaradigan ilmiy izlanishi boʻlib, fanining biror bir mavzusini toʻlaroq oʻzlashtiradi va mavzu belgilangan shaklda bajariladi. Nazorat ishini bajarishdan maqsad – talabaning mustaqil holda hamda oʻqishi davomida olgan bilimini mustahkamlash, chuqurlashtirish va umumlashtirishdan iborat.
Nazorat ishini tashkil etishning mazmuni: talabalar nazorat ishlari mavzulari kelgusida bajariladigan kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlari mavzulari bilan uzviylikda bajariladi. Nazorat ishlarini tayyorlash hamda oʻzlashtirilishi uchun talaba asosiy adabiyotlardan tashqari qoʻshimcha adabiyotlardan, monografiyalar, ilmiy, uslubiy maqolalar, Internetdan olingan ma’lumotlar, elektron kutubxona materiallari kabilardan foydalanib materiallar yigʻadi, tahlil qiladi, tizimga soladi va mavzu boʻyicha imkon darajasida toʻliq, keng ma’lumot berishga harakat qiladi. Zarur hollarda oʻqituvchidan maslahat va koʻrsatmalar oladi. Mavzuni yoritish jarayonida mavzuga taalluqli va ularni tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlarni oʻrganishga alohida ahamiyat qaratish lozim. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, ularning mavzuga oid qismlaridan koʻchirmalar, tarqatma material sifatida oʻrganilishi tavsiya etiladi.
Nazorat ishi tayyorlashni shakli boʻlib quyidagilar hisoblanadi:
tarqatma materiallar (jadval, grafik, chizma, sxemalar) tayyorlash.
Bundan tashqari, fan mazmunini boyitish va uning ma’lumotlarini yangilab borish maqsadida:
axborot resurslaridan foydalanishni yoʻlga qoʻyish;
fanning mazmunini yanada takomillashtirish maqsadida tavsiya etilgan chet el adabiyotlari ma’lumotlarini tarjima qilish;
fanni chuqurroq oʻrganish;
fanni mukammal oʻzlashtirish maqsadida mazkur fanga oid muammolarni hal qilish yoʻllarini izlab topish va muammolarni maqolalar orqali yoritishlar ham kiradi.