Tabiatshunoslik bo'yicha mashg‘ulotlarda qumdan, plastilindan yoki loydan yasalgan modellar qo'llaniladi, ular bolalarda hajmli hamda fazoviy tasawurlar hosil qilishga yordam beradi. Bu, ayniqsa, obyektni tabiiy holda ko‘rsatish mumkin bo'lmagan taqdirda muhimdir. Modellar tabiat, tabiiy inshootlar to‘g‘risidagi tasawurlami mustahkamlash vositasi bo'lib xizmat qiladi. Modellashtirish bo‘yicha mashg‘ulotlarni sinf yoki geografiya maydonchasidagi tabiatshunoslik va mehnat darslarida o'tkazish mumkin. Modellashtirishdan ilgari o'zlashtirilganlarni mustahkamlash va yangi material bilan tanishtirish, shuningdek, ekskursiyada olingan bilimlarni mustahkamlash uchun foydalanish

mumkin.
O'qituvchi plastilin bilan tepalikni ifodalab uning pasti va uchini, yotiq va tik yonbag'irliklarini yoki tekislikni ko'rsatishni; jarlik, daryo va uning qismlari, dengiz modellarini tayyorlashni taklif qilishi mumkin. Uy vazifasi sifatida joyning relyefini yopishtirish va qog'oz yoki kartondan tayyorlangan o'simlik va hayvon modellarini maketdan joylashtirishni taklif qilsa bo'ladi. Maketning qismlarini mehnat darslarida yasash mumkin. 4- sinfda ≪Tabiatining xilma-xilligi≫ mavzusini o'rganishda o'quvchilar qumtepa, dasht, cho'llarning o'simlik va hayvonlari bilan maket hamda modellarini, o'rganilgan tabiiy zonalardan istaganining flora va faunasi applikatsiyalarini tayyorlashlari mumkin.