MAVZU: 1-SINF “TABIIY FANLAR” DARSLIGINI OʻRGANISH, TAHLIL QILISH MAVZULAR BO’YICHA TAHLIL YOZISH
REJA:
1. TABIY FANLARNI DARSLIGI O`RGANISH VA TAHLIL QILISH
2. TABIY FANLARNI DARSLIGINI TAHLIL QILISH
3. TABIY FANLARNI DARSLIGI O`RGANISH VA TAHLIL QILISH
Boshlang’ich sinflarda bolalarni o’qitishning qulay sharoitlaridan foydalanib,
fanlararo bog’lanishni to’la darajada amalga oshirish zarur. Atrof olam bilan tanishtirish bo’yicha mashg’ulotlarda shakllantiriladigan aniq tasavvurlar boshqa predmetlar bo’yicha vazifalarni hal qilishga yordam beradi va aksincha. Fanlararo aloqa nutqni rivojlantirish kabi vazifalarni hal qilishda amalga oshiriladi. “Atrof olam bilan tanishtirish” kursi o’quv materialining o’zi, foydalaniladigan ish uslublari va metodlari bola nutqini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratadi. Bu mashg’ulotlarda bolalar bir - birlari bilan bevosita muloqotda bo’ladilar, taassurotlari bilan o’rtoqlashadilar, o’zlarining sevgan ishqibozliklari haqida hikoya qiladilar va hokazo. Syujetlirolli o’yinlarda bolalar tasavvurlar qilib, o’z qahramonlari uchun matn yaratadilar. Mehnat ta‘limi, o’qish, atrof olam bilan tanishish kabi fanlar bilan bog’lanish tabiatga va ishlab chiqarishga kompleks ekskursiyalar o’tkazishda amalga oshirilishi mumkin. “Atrofimizdagi olam” darsligi bilan ishlash. Atrof olam bilan tanishtirish bo’yicha birinchi darsda bolalarni darslik bilan: muallifi, titul varag’ining mazmuni, bezatilishi bilan tanishtirish kerak, kitob bilan tanishtirish mundarijasi bo’yicha bo’ladi. Bolalarni darslik bilan ishlashga o’rgata borib, o’qituvchi ularga ishdagi izchillikni tushuntirishi kerak: avval rasmlar qarab chiqiladi, so’nggra maqollar o’qiladi, shundan keyin savollarga javoblar olinadi.
Darslikdagi hamma maqollarni ham o’qib aytibberish mo’ljallanmagan, ularning ba‘zilarini bolalar faqat o’qib chiqishlari va savollarga javob berishlari kerak xolos, ba‘zilari bo’yicha ishning qisman ikkala turi amalga oshiriladi.
Tabiiy fanlarni o’qitishda o’quvchilarning ilmiy-tabiiy dunyoqarashlarini shakllantirish va kengaytirish, mantiqiy fikrlashga o’rgatishda har bir dars mavzuyini bayon qilishga e’tibor beriladi. O’quvchilar topshiriqlarni individual bajarish jarayonida ularning aqliy faoliyati jalb etiladi, o’z bilimi, kuchi va qobiliyatiga bo’lgan ishonch ortadi. Buning natijasida har bir shaxs o’z imkoniyati darajasida rivojlanadi. Shu tarzda tashkil etilgan bilish faoliyatida vaqtdan unumli foydalaniladi. Pirovard natijada ta’lim samaradorligi ortadi. Ta’limning zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanib o’tiladigan darslarda o’quvchilarning bilish faoliyati individual tarzda tashkil etiladi.
«Klaster» metodi. Ushbu metod o’quvchilarga muammolar (mavzular) xususida erkin, ochiq o’ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. «Klaster» metodi turli xil g’oyalar o’rtasidagi aloqalar to’g’risidafikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. Bu metod aniq obyektga yo’naltirilmagan fikrlash shakli hisoblanadi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog’liq ravishda amalga oshadi. «Klaster» metodidan o’quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg’ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. Guruh asosida tashkil etilayotgan mashg’ulotlarda ushbu metod guruh a’zolari tomonidan bildirilayotgan g’oyalarning majmuyi tarzida namoyon bo’ladi.
Amaliyot - haqiqat mezonidir. Bilimlarga ehtiyoj amaliyotda tug’iladi va ularning to’g’riligi amaliyot orqali tekshiriladi hamda tasdiqlanadi. Bilim odamlar miyasida oz-ozidan paydo bolmasdan, balki muayyan ish faoliyatida shakllanadi. Amaliyot insonni tabiat bilan munosabatida asosiy omil bolib, bu oz navbatida, odamlarning o’zaro munosabnatlari tizimida, ijtimoiy ishlab chiqarishda muhim rol oynaydi. Amaliyotning asosiy turlari moddiy ishlab chiqarish va ilmiy tajriba hisoblanadi. Ilmiy - tabiiy amaliyot quyidagi vazifalarni bajaradi Amaliyot bilish jarayonining rivojlantiruvchi omil.
Darsning tuzilishi va suratning mazmuniga qarab, undan turlicha foydalaniladi. Surat o’qituvchining hikoyasi tasviri bo’lib xizmat qilishi mumkin. Bunda uning tafsilotlariga to’xtash shart emas, chunki u hikoyadan olinadigan taassurotni susaytiradi. Suratning mazmunidan bu holatda faqat bayonning eng muhim ma‘nosi bilan bog’liq holda foydalaniladi. Surat, shuningdek, suhbatning boshlanish qismi bo’lishi ham mumkin. Bu holda o’qituvchi darsni suratni ko’rib chiqish bilan boshlaydi va suhbat jarayonida o’quvchilarni uning tabiatshunoslik mazmunini o’zlashtirishga olib keladi. Bunda o’quvchilarning ko’proq faolligiga erishish kerak. Ular suratda tasvirlangan ob‘ektlarni faqat ko’rish Bilan qabul qilib qolmasdan, balki ularning ayrim tomonlarini solishtirishlari, ilgarilariga taqqoslashlari va surat mazmunidan baholi qudrat xlosalar chiqarishlari kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar: 1. V.M. Pakulova, V.I. Kuznetsova. Metodika prepodavaniya prirodoveniya. Moskva ... Prosveshenie. 1990. 2. A.G. Grigoryants. Tabiatshunoslikn o’qitish. Toshkent “O’qituvchi”. 1992 yil. 3. www.ziyonet.uz