Tabiiy fanlar



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə1/7
tarix09.12.2022
ölçüsü1,89 Mb.
#120701
  1   2   3   4   5   6   7
12.21.Nozila Karimova(1)



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR” KAFEDRASI
BIOLOGIYA FANIDAN

KURS ISHI

MAVZU: Ra’nodoshlar oilasi

Bajardi: Karimova Nozila
Tekshirdi: Abduraimov Azizbek


GULISTON - 2022
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………............................….3
I.BOB.Adabiyotlar tahlili…………………………...……………….....................5
II.Bob.Asosiy qism………………………….………………………......................6
2.1.Ra’nodoshlar(Rosaceae) oilasi haqida umumiy ma’lumot……………..………6
2.2.Ra’nodoshlar(Rosaceae)oilasiga kiruvchi turlarning xilma-xilligi……............10
III.BOB.Ranodoshlar(Rosaceae)oilasining ahamiyati.......................................18
3.1 Ra’nodoshlar oilasi vakakillarining turmushda foydali ahamiyatlari……...….18
Xulosa …………………………………………..………………...........................28
Foydalanilgan adabiyotlar ………………..…………………………….............30

Kirish
Bu oila 120 ga yaqin turkumga kiruvchi 3000 ta dan ziyod turni birlashtiradi. Ular Yer yuzida keng tarqalgan. Hayotiy shakliga ko’ra ularga o’tlar, yarimbutalar, butalar va daraxtlar kiradi. Barglari ketma-ket o’rnashgan, oddiy yoki murakkab, yonbargchali. To’pgullari har xil. Gullari to’g’ri, ikki jinsli, asosan murakkab gulqo’rg’onli, gulqo’rg’on bo’laklari 5 tadan (ba’zan 4-6 tadan). Gultojibarglari tutashmagan, changchilarining soni turlicha, odatda ko’p bo’ladi.Gulo’rni yassi, likopchasimon yoki bo’rtgan, ba’zan mevasiga qo’shilib o’sib, soxta meva hosil qiladi.Urug’chisi bitta yoki bir nechta mevabargdan iborat.Tugunchasi ustki, yarim ostki yoki ostki. Gul formulasi: Ca5Co5AG(1,5,∞). Mevalari turlicha, ular orasida danakli chin meva, yong’oqcha, pista, to’p meva, soxta meva, rezavor meva va boshqalar bor. Oila vakillari asosan urug’idan ko’payadi, vegetativ yo’l bilan ko’payadiganlari ham bor (atirgul, qulupnay va boshqalar).
Xarakterli belgilari .
1. Barglari yonbargchali, oddiy, 3 ga bo`lingan , panjasimon yoki patsimon, yohud murakkab.
2. Gullari yakka-yakka, barg qo`ltig`ida joylashgan yoki shingil; qalqon, soyabon to`pgulli, ikki jinsli, hasharotlar yordamida changlanadi..
3. Gulqo`rg`oni murakkab, to`g`ri, ko`pincha 5 a`zoli
Ular daraxt, buta, chala buta, ko`p yillik, ba`zan bir yillik o`simliklar bo`lib, Ayniqsa shimoliy yarim sharda keng tarqalgan barglari poyada ketma-ket joylashgan oddiy yoki murakkab bo`lib, ko`pincha yon, barglarga ega.
Bu oila vakillaridan ko’pchik turkumlarini tabobatda dorivor sifatida ko’p foydalaniladi. Ular er yuzining deyarli hamma joylarida tarqalgan. Gullari ikki jinsli, ba`zan ayrim jinsli. Tugunchasi ustki, ostki va o`rta. Hozirgi vaqtda A. L. Taxtadjyan (1987) sistemasi bo`yicha bu sinfcha 39 ta qabilani o`z ichiga oladi.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin