Tabiiy fanlar


Ra’nodoshlar(Rosaceae)oilasiga kiruvchi turlarning xilma-xilligi



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə4/7
tarix09.12.2022
ölçüsü1,89 Mb.
#120701
1   2   3   4   5   6   7
12.21.Nozila Karimova(1)

2.2 Ra’nodoshlar(Rosaceae)oilasiga kiruvchi turlarning xilma-xilligi

O’rta Osiyoda oilaning 32 ta turkumga mansub 266 ta turi, O’zbekistonda 11 ta turkumga oid 96 ta turi o’sadi. Oila generativ va vegetativ a’zolarining belgilariga ko’ra 7 ta oilachaga bo’linadi. Bular orasida O’zbekistonda vakillari keng tarqalgan.
II.3-rasm. Turkumlarning tashqi ko’rinishi jixatdan farqlari.
Tobulg’idoshchalar (Spiraeoideae), Ra’nodoshchalar (Rosaideae), Olmadoshchalar (Maloideae-Pomoideae) va Olxo’ridoshchalar (Prunoideae) oilachalari bor. Ra’nodoshchalar oilasiga Maymunjon (Rubus), Na’matak (Rosa), Pochaqirqar (Hulthemia), Qulupnay (Fragaria) kabi turkumlar kiradi.
Na’matak mevasi tarkibida 4-6 %, ba’zan 18% gacha vitamin C, 0,3 mg % vitamin B2, K1, 12-18 mg % karotin, 18 % qandlar, 4-5% oshlovchi moddalar, 2 % atrofida limon va olma kislotalari, 3,7 % pektin va boshqa moddalar bo’ladi. Na’matak urug’ida moy, ildizi va bargida esa oshlovchi moddalar bo’ladi. Na’matak o’simligining mevasi tarkibida bir necha xil vitaminlar aralashmasi bor, shu sababli preparatlari avitaminoz kasalliklarini davolashda va oldini olishda ishlatiladi. Bundan tashqari, na’matak mevasi konditer sanoatida mahsulotlarni vitaminlashtirish uchun qo’llaniladi. Na’matak turlarining mevasidan karotolin preparati va na’matak moyi tayyorlanadi. Karotolin mevaning yumshoq etli qismining moyli ekstrakti bo’lib, tropik yaralar, ekzema (gush), eritrodermitning ba’zi turlari va yaralangan shilliq pardalarni davolash uchun surtiladi yoki dokaga shiumdirilib, shikastlangan joyga qo’yiladi. Na’matak moyi maxsus usul bilan mevadan tayyorlanadi. Moyni tropik yaralar, dermatozlar, sassiq dimog’, yarali kolit, yotoq va boshqa yara, yorilishlarni davolash uchun ularga surtiladi yoki dokaga shimdirilib, qo’yiladi.



II.4-rasm Namatak(Rosa)guli va mevasining tuzilishi.
Tog’ va to’qaylarda na’matak turkumiga mansub turlar o’sadi. Ulardan biri oddiy na’matak (ra’no) dir. U bo’yi 3-4 m ga yetadigan, poyasi ko’p, tikanli sershox buta.Iyun- iyul oylarida gullaydi.Gullari yirik, eni 8-9 sm, asosan och pushti rangda bo’ladi.Na’matakning soxta mevasi to’q qizil, etdor, uzunchoq tuxumsimon, uzunligi 2-3 sm.
O’zbekistonda bu turkumga mansub 13 tur o’simlik o’sadi. Na’matak madaniy atigullarning yovvoyi turi hisoblanadi.Hozirgi vaqtda yer yuzida atirgullarning 10 mingga yaqin, O’zbekistonda 340 dan ortiq navi ekiladi.
Tobulgʻi, tubulgʻa (Spiraea L.) —raʼnoguldoshlarga mansub butalar turkumi. Shim. yarim sharda 100 dan ortiq turi oʻsadi. Boʻyi 0,15—2,5 m cha. Shoxshabbasi gʻuj, barg chiqargandan soʻng mayiyunda gullaydi, guli oq yoki och pushti, toʻpguli shoda yoki roʻvaksimon. Mevasi olmasimon, Yorugʻsevar, qurgʻoqchilikka va sovuqqa chidamli, tuproq tanlamaydi. Urugʻidan, ildiz va yer ustki bachkilaridan koʻpayadi. Tobulg‘i choʻl va oʻrmonlarda koʻp uchraydi. Oʻzbekistonningtogʻli mintaqalarida dalachoybarg Tobulg‘i. (S. hupericifaolia L.), tukdor Tobulg‘i. (S. piosa Franch.) turlari oʻsadi. Tobulg‘ining baʼzi turlari jarliklar va tog yonbagʻirlarini mustahkamlashda ekiladi. Tobulg‘i juda koʻp va chiroyli gullagani sababli tolbarg Tobulg‘i. (S. salicifolia) turi qimmatli manzarali oʻsimlik hisoblanadi. Togʻli yon bagʻirlardagi archazor, butazorlarda, daryo boʻylarida oʻsadi. Oʻtloq malikasi” deb ham ataladigan oʻtloq oʻtsimon oʻsimligi boʻlib, butun Shvetsiyada yovvoyi oʻsadigan, koʻpincha daryolar va daryolar qirgʻoqlarida gullaydigan kremsimon oq gullarga ega. Tobulg’i tarkibidagi ozuqaviy moddalar, jumladan lipidlar, minerallar va flavonoidlarning boy tarkibi tufayli muvozanatni tiklashga va zerikarli yoki charchagan terini tinchlantirishga yordam beradigan tinchlantiruvchi xususiyatlarga ega.

II.5-rasm Tobulg’i.
Olmalar olma turkumiga mansub daraxtlar bo’lib, O’zbekistonda ularning 5 ta turi bor. Shulardan 2 tasi yovvoyi, 3 tasi esa madaniy turlardir.
II .4-rasm Olma (Malus) mevasi ko’rinishi .
Ozbekistonda 5 turi bor Shulardan 2 tasi yovvoyi Bir qancha navlari bor
Oilacha vakillari: daraxt va buta o’simliklardir. Ularning barglari, oddiy, ba’zan murakkab, yong bargchali.
Gul formulasi: Û Ca(5) Co5 Aco G (1) bazan (2-5)
Oilacha vakillari: Madaniy olma (Malus domestica), yovvoyi olma (M.Sylvestris), nok (Pyrus), bexi (Cydonia), sariq dulana (Crataegus pontica).



Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin