Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]



Yüklə 70,68 Kb.
səhifə11/21
tarix26.10.2023
ölçüsü70,68 Kb.
#130956
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
12 - mavzu. Atrof-muhitni baholash (Ekologik ekspertiza)

Oldingi tahrirga qarang.
25. Atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning IV toifasiga mansub faoliyat turlari obyektlarining davlat ekologik ekspertizasi buyurtmachilar tomonidan Davlat ekologik ekspertizasi markazining hududiy filiallariga taqdim etiladigan atrof muhitga ta’sirni baholash to‘g‘risidagi anketa (keyingi o‘rinlarda — anketa) asosida o‘tkaziladi.
Anketa buyurtmachi tomonidan elektron shaklda Davlat ekologiya qo‘mitasining Internet jahon axborot tarmog‘ida shaxsiy kabineti orqali to‘ldiriladi va Davlat ekologik ekspertizasi markazining tegishli hududiy filialiga yuboriladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Davlat ekologik ekspertizasi markazi yoki uning hududiy filiali bir kun ichida davlat ekologik ekspertizasiga o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qiladi va hujjatlar to‘liq bo‘lganda davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda buyurtmachiga elektron pochta orqali ekologik ekspertizani o‘tkazish bo‘yicha shartnomani yuboradi.
(26-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son)
Agar atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning I, II va III toifalariga mansub faoliyat turlari obyektlarining hujjatlari ushbu Nizomning 24 yoki 25-bandi talablari javob bermasa, bu kamchiliklar to‘g‘risida buyurtmachi darhol elektron pochta yoki telefon aloqasi orqali xabardor qilinadi.
Buyurtmachi ushbu kamchiliklarni o‘n kalendar kunda bartaraf etishi lozim, aks holda davlat ekologik ekspertizasi organlari hujjatlarni Davlat ekologiya qo‘mitasining Internet jahon axborot tarmog‘i orqali buyurmachining elektron pochta manziliga qaytaradi.
Buyurtmachi ushbu Nizomning 24 yoki 25-bandiga muvofiq ekologik ekspertiza xulosasini olish maqsadida taqdim etgan hujjatlar va ma’lumotlarning ishonchliligi va haqqoniyligi uchun javobgar hisoblanadi.
27. Atrof muhitga ta’sirni baholash materiallari va ekologik normativlar loyihalari atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi malakali mutaxassislarga ega bo‘lgan ishlab chiquvchi tashkilotlar yoki buyurtmachining atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi malakali mutaxassislari tomonidan ishlab chiqiladi.
28. Qurilishning barcha turlari uchun yer uchastkalarini tanlash yoki ajratish materiallari loyihaoldi va loyiha hujjatlarining atrof muhitga ta’sirini baholash bilan birgalikda davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkaziladi.
29. Loyihalashning keyingi bosqichlarida atrof muhitga ta’sirni baholash natijalari loyihalash va tadqiqot ishlari davomida olingan ma’lumotlar, shuningdek, ishlatilgan asbob-uskunalarning xususiyatlari, texnologik jarayonlar va boshqa holatlar hisobga olingan holda aniqlanadi.
30. Atrof muhitga ta’sirni baholash materiallarini va ekologik normativlarni davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazishda ekologik audit va jamoatchilik ekologik ekspertizasi xulosalaridan foydalanish mumkin.

Yüklə 70,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin