Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]



Yüklə 70,68 Kb.
səhifə21/21
tarix26.10.2023
ölçüsü70,68 Kb.
#130956
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
12 - mavzu. Atrof-muhitni baholash (Ekologik ekspertiza)

1-bosqich




Buyurtmachi




Atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning I va II toifalariga mansub faoliyat turlari obyektlari bo‘yicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarining texnik xususiyati bo‘lmagan rezyume shaklida ilova qilingan jamoatchilik eshituvini o‘tkazish yuzasidan arizani Davlat ekologiya qo‘mitasi hududiy organlariga taqdim qiladi.




Jamoatchilik eshituvi o‘tkazilishidan kamida 30 kun oldin


































2-bosqich




Davlat ekologiya qo‘mitasi hududiy organlari




Arizani qabul qiladi, jamoatchilik eshituvlarini o‘tkazish zarur ekanligini aniqlagan taqdirda tegishli jamoatchilik eshituvlari tashkilotchisi (tuman (shahar) hokimliklari)ga jamoatchilik eshituvini tashkil etish uchun jo‘natadi.




2 ish kunida





































3-bosqich




Jamoatchilik eshituvi tashkilotchisi (tuman (shahar) hokimligi)




1. Buyurtmachi bilan jamoatchilik eshituvini o‘tkazish joyi va vaqtini belgilaydi.
2. Buyurtmachi va Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy organlariga jamoatchilik eshituvini o‘tkazish joyi va vaqti haqida xabarnomani jo‘natadi. Jamoatchilik eshituvini o‘tkazish vaqti va joyi haqidagi ma’lumotni o‘zining rasmiy veb-saytida joylashtiradi.




1 ish kunida
2 ish kunida




























4-bosqich




Buyurtmachi




Jamoatchilik eshituvi o‘tkazilishi haqidagi e’lonni ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi, shuningdek, o‘z ixtiyoriga ko‘ra xabardor qilishning boshqa usullaridan foydalanadi.




Jamoatchilik eshituvi o‘tkazilishidan kamida 20 kun oldin





































5-bosqich




Jamoat eshituvi tashkilotchisi
(tuman (shahar) hokimligi)




1. Jamoatchilik eshituvini tashkil etadi, o‘tkazilgan yig‘ilish bayonnomasini rasmiylashtiradi va uning nusxasini buyurtmachiga taqdim qiladi.
2. O‘tkazilgan jamoatchilik eshituvi to‘g‘risidagi ma’lumot bilan bayonnomaning bir nusxasini Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy organiga jo‘natadi.




5 ish kunida
2 ish kunida

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-sentabrdagi 541-son qaroriga
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ba’zi qarorlari
ro‘yxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat ekologik ekspertizasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 22-noyabrdagi 949-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimining tubdan takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2019-yil 14-iyundagi 498-son qaroriga 2-ilovaning 7-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 248-bandi.


(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.09.2020-y., 09/20/541/1260-son; 09.01.2021-y., 09/21/9/0007-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son)
Yüklə 70,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin