Oldingi tahrirga qarang. 13. Davlat ekologiya qo‘mitasining ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalari, shuningdek, ekspertlar davlat ekologik ekspertizasi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘z vaqtida, kompleks, xolisona va sifatli o‘tkazilishini ta’minlash uchun mas’uldir.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 14. Atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning I va II toifalariga mansub faoliyat turlari obyektlari qurilishi uchun yer uchastkalarini tanlash, ajratish materiallari, qurilish va ishga tushirish, texnologik o‘zgartirishlarni o‘z ichiga olgan ishlab chiqarishni kengaytirish va o‘zgartirish bilan bog‘liq loyihaoldi va loyiha hujjatlari belgilangan tartibda jamoatchilik eshituvlarida qo‘llab-quvvatlangan taqdirda davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkaziladi.
15. Davlat ekologiya qo‘mitasi atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning I va II toifalariga mansub faoliyat turlari murakkab obyektlarini davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish uchun zarur hollarda xulosalari tavsiya xususiyatiga ega bo‘lgan malakali mutaxassislar va olimlarni, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida o‘z mablag‘lari hisobiga jalb etishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang. 16. Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish paytida ekspertlar o‘z faoliyatini mustaqil va amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 17. Davlat ekologik qo‘mitasining ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalari faoliyatiga uslubiy rahbarlikni amalga oshirish hamda ekspertlar xulosalarining xolisligi va asoslanganligini ta’minlash, shuningdek, buyurtmachilarning davlat ekologik ekspertizasi organlari yuzasidan murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Davlat ekologiya qo‘mitasi huzurida Davlat ekologiya qo‘mitasi, shuningdek, turli vazirliklar va idoralarning mutaxassislaridan iborat doimiy faoliyat yurituvchi ekspertlar kengashi tashkil qilinadi.
Davlat ekologik ekspertizasi bo‘yicha ekspertlar kengashi faoliyati va uning tarkibi Davlat ekologiya qo‘mitasining raisi tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida tartibga solinadi.
18. Ekspertlar kengashi:
davlat ekologik ekspertizasi o‘tkazilayotgan obyektlarni faoliyat turlari bo‘yicha tasniflash bilan bog‘liq muammoli masalalarni hal etadi;
davlat ekologiya qo‘mitasining ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalari faoliyatiga uslubiy rahbarlik qiladi;
Oldingi tahrirga qarang. davlat ekologik ekspertizasi xulosalarining ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligini tekshiradi;
(18-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) buyurtmachilarning davlat ekologik ekspertizasi organlari yuzasidan murojaatlarini ko‘rib chiqadi;
ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi normativ hujjatlarning amaliy qo‘llanishi jarayonida buyurtmachilar hamda Davlat ekologiya qo‘mitasining ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalari o‘rtasida yuzaga keluvchi bahsli masalalarni ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha qaror qabul qiladi.
19. Ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalari va davlat ekologik ekspertizasi buyurtmachilari o‘rtasidagi bahsli masalalar va nizolar ekspertlar kengashi tomonidan shikoyat arizasi berilgan kundan e’tiboran 15 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang. Shikoyat arizasi ko‘rib chiqilgandan keyin 2 ish kuni mobaynida ekspertlar kengashi tomonidan yig‘ilish bayonnomasi tayyorlanadi va u bir ish kuni mobaynida Davlat ekologiya qo‘mitasi rahbariyati tomonidan imzolangan holda tegishliligi bo‘yicha Davlat ekologik ekspertizasi markazi yoki uning hududiy filialiga ma’lumot yoki ijro etishga, shuningdek, shikoyat arizasini bergan buyurtmachiga ma’lumot uchun yuboriladi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son) Ekspertlar kengashi tomonidan ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra davlat ekologik ekspertizasining xulosasi yuzasidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
20. Atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning I va II toifalariga mansub faoliyat turlari murakkab obyektlarining davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish maqsadida Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan Davlat ekologik ekspertizasi markazi ekspert xodimlaridan iborat ekspertlar komissiyasi tuzilishi va mazkur ekspert komissiyasi tarkibiga mutaxassislar va olimlar, shu jumladan, turli vazirliklar va idoralarning mutaxassislari shartnoma asosida jalb etilishi mumkin.
Ekspert komissiyasining ish natijalari Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan ekspert komissiyasining jamlovchi xulosasi shaklida bayon etiladi.