Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]


-bob. Davlat ekologik ekspertizasi xulosasini qayta rasmiylashtirish va amal qilishini to‘xtatish



Yüklə 70,68 Kb.
səhifə14/21
tarix26.10.2023
ölçüsü70,68 Kb.
#130956
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
12 - mavzu. Atrof-muhitni baholash (Ekologik ekspertiza)

7-bob. Davlat ekologik ekspertizasi xulosasini qayta rasmiylashtirish va amal qilishini to‘xtatish
55. Buyurtmachi qayta tashkil etilgan, uning nomi o‘zgartirilgan yoki vakolatlari huquqiy vorisga berilgan hollarda buyurtmachi yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng yetti kalendar kun davomida Davlat ekologiya qo‘mitasining Internet jahon axborot tarmog‘ida maxsus shakldagi davlat ekologik ekspertizasining xulosasini qayta rasmiylashtirish haqida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan ariza to‘ldirilib taqdim etilishi lozim.
Davlat ekologik ekspertizasi xulosasini qayta rasmiylashtirish uchun haq undirilmaydi.
56. Elektron shakldagi hujjatlar Davlat ekologiya qo‘mitasining ixtisoslashtirilgan bo‘linmalariga buyurtmachi tomonidan bevosita yoki ularning olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan birga pochta aloqasi vositasi orqali yoxud elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar buyurtmachining elektron imzosi bilan tasdiqlanadi.
57. Davlat ekologik ekspertizasi xulosasining amal qilishi:
buyurtmachi davlat ekologik ekspertizasi xulosasining amal qilishi to‘xtatilgani haqida ariza bilan murojaat qilganda;
buyurtmachining faoliyati tugatilgan yoki to‘xtatilgan vaqtdan boshlab, qayta o‘zgartirilgan hollar bundan mustasno;
sud qarori asosida buyurtmachi tomonidan davlat ekologik ekspertizasi xulosasida nazarda tutilgan ekologik talablarga rioya etilmaganda;
davlat ekologik ekspertizasi xulosasining amal qilish muddati tugaganda;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa holatlarda to‘xtatiladi.
(57-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Davlat ekologik ekspertizasi xulosasi amal qilishining to‘xtatilishi haqidagi sud qarori buyurtmachiga va vakolatli organga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi.

Yüklə 70,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin