Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]


-bob. Jamoatchilik eshituvini o‘tkazish tartibi



Yüklə 70,68 Kb.
səhifə19/21
tarix26.10.2023
ölçüsü70,68 Kb.
#130956
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
12 - mavzu. Atrof-muhitni baholash (Ekologik ekspertiza)

3-bob. Jamoatchilik eshituvini o‘tkazish tartibi
15. Jamoatchilik eshituvi kunida belgilangan vaqtda va belgilangan joyda jamoatchilik eshituvi tashkilotchisi tomonidan eshituv ishtirokchilarini ro‘yxatga olish amalga oshiriladi.
16. Jamoatchilik eshituvi tashkilotchisining mas’ul vakili eshituvni ochib beradi.
Jamoatchilik eshituvi ishtirokchilari ko‘pchilik ovoz bilan kun tartibini tasdiqlaydilar va uni olib borish uchun raisni saylaydilar.
Jamoatchilik eshituvi tashkilotchisining mas’ul vakili eshituv kotibi hisoblanadi.
17. Jamoatchilik eshituvida dastlab buyurtmachi vakilining ma’ruzasi tinglanadi.
Ma’ruzada texnik xususiyati bo‘lmagan rezyume to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
Buyurtmachining vakili o‘z ma’ruzasida Internet jahon axborot tarmog‘idan loyiha bo‘yicha olingan takliflar va mulohazalar to‘g‘risida axborot berishi hamda ushbu mulohazalar yoki takliflarga asosli javob berishi lozim.
Bundan tashqari, hisobotda buyurtmachi tomonidan va uning hisobidan obyekt qurilishi mo‘ljallanayotgan yoki rejalashtirilayotgan joy yaqinida yashovchi va (yoki) o‘zlarining mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan aholi hayoti va salomatliklarini sug‘urtalash, shuningdek, mo‘ljallanayotgan yoki rejalashtirilayotgan xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish natijasida odamlar hayoti va salomatligiga zarar yetkazilishi hollarida qoplanishi lozim bo‘lgan kompensatsiya miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettirilishi mumkin.
18. Eshituvda barcha ishtirokchilar o‘z fikrini bildirish va buyurtmachi vakiliga savollar berish huquqi ega.
Buyurtmachi vakili jamoatchilik eshituvi ishtirokchilarining savollariga javob berishi lozim.
19. Buyurtmachi hisobotlarni, savollarni, javoblarni va nutqlarni yozib olish hamda yig‘ishni, shu jumladan, video suratga olishni tashkil qiladi.
Jamoatchilik eshituvida OAV vakillari ishtirok etishi mumkin, ular tomonidan audio yozuvlar va video suratga olish amalga oshirilgan taqdirda, bu haqda eshituv ishtirokchilarining barchasi xabardor qilinadi.
20. Kun tartibidagi masala bo‘yicha qaror jamoatchilik eshituvi ishtirokchilarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
21. Jamoatchilik eshituvi natijalari rais va kotib tomonidan imzolanadigan jamoatchilik eshituvi bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Jamoatchilik eshituvi bayonnomasi jamoatchilik eshituvi tashkilotchisi vakili tomonidan yuritiladi.
22. Bayonnomaning bir nusxasi bir ish kunida buyurtmachiga taqdim qilinadi, ikkinchi nusxasi esa jamoatchilik eshituvi tashkilotchisida qoladi.
O‘tkazilgan jamoatchilik eshituvi to‘g‘risidagi ma’lumot bayonnoma nusxasi ilova qilingan holda ikki ish kunida jamoatchilik eshituvi tashkilotchisi tomonidan Davlat ekologiya qo‘mitasi hududiy organiga ma’lumot uchun jo‘natiladi.
Jamoatchilik eshituvi ishtirokchisi jamoatchilik eshituvi bayonnomasi bilan tanishib chiqish hamda o‘z taklif va e’tirozlarini Davlat ekologiya qo‘mitasi tegishli hududiy organiga jo‘natish huquqiga ega.
23. Jamoatchilik eshituvi o‘tkazish natijasida nazarda tutilayotgan hududda mo‘ljallanayotgan yoki rejalashtirilayotgan xo‘jalik faoliyatini jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlash yoki rad etish, shuningdek, amalda faoliyat yuritayotgan xo‘jalik faoliyatining atrof muhitga ta’sirini kamaytirish choralarini ko‘rish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi mumkin.
24. Jamoatchilik eshituvi manfaatdor tomonlarning kamida o‘n nafar vakillari ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazishda quyidagi asoslarda o‘tkazilgan jamoatchilik eshituvi o‘tkazilmagan deb topilishi mumkin:
eshituvda manfaatdor tomonlarning vakillari o‘n nafarni tashkil etmaganda;
jamoatchilik eshituvi ishtirokchisining eshituvni o‘tkazish tartibi buzilganligi haqidagi e’tirozi tasdiqlangan taqdirda.
Buyurtmachi qayta tashkil etiladigan jamoat eshituvi sanasini ushbu Nizomda belgilangan tartibda tashkilotchi bilan kelishadi va tegishli e’lonni beradi.
25. Videomateriallar ilova qilingan nazarda tutilayotgan hududda mo‘ljallanayotgan yoki rejalashtirilayotgan xo‘jalik faoliyatini jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qaror atrof muhitga ta’sirni baholash materiallarini davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazish va qabul qilish uchun asos bo‘ladi.
Agar nazarda tutilayotgan hududda mo‘ljallanayotgan yoki rejalashtirilayotgan xo‘jalik faoliyatini jamoatchilik tomonidan rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinsa, buyurtmachi rad etish sabablarini bartaraf etib, shuningdek, jamoatchilik eshituvining mulohazalarini nazarda tutib, jamoatchilik eshituvini o‘tkazish uchun hujjatlarni qaytadan taqdim etishi mumkin.
26. Buyurmachi tomonidan mo‘ljallanayotgan yoki rejalashtirilayotgan xo‘jalik faoliyatining atrof muhitga ta’sirini baholash materiallari bo‘yicha taqdim etilgan yolg‘on ma’lumotlar asosida qabul qilingan jamoatchilik eshituvining qarori davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazishda haqiqiy emas deb hisoblanadi va ijobiy xulosa berilishi rad etilishiga olib keladi.

Yüklə 70,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin