«tabiyot fanlari» fakultеti «gеografiya va uni o’qitish mеtodikasi» kafеdrasi


Surxon yoki Termiz - Sariosiyo sanoat rayoni



Yüklə 367 Kb.
səhifə12/20
tarix06.12.2022
ölçüsü367 Kb.
#120527
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
«tabiyot fanlari» fakultеti «gеografiya va uni o’qitish mеtodika

Surxon yoki Termiz - Sariosiyo sanoat rayoni tarkibiga Sariosiyo, Uzun, Denov, Oltinsoy, SHo’rchi, Qumqo’rg’on, Jarqo’rg’on, Termiz tumanlari va Termiz shahri kiradi. Ushbu ma’muriy tumanlar maydoni viloyatning janubidan shimolga tomon meridianal holatda cho’zilgan bo’lib, deyarli bir xil daryo turi va transport yo’llari tizimi bilan yaxshi ta’minlangan. Mazkur tumanlar hududini Termiz-Denov-Dushanbe temir yo’li va Katta o’zbek trakti avtomobilь yo’li kesib o’tgan. SHuningdek, ushbu tumanlar hududidan viloyatning yirik daryosi Surxondaryo daryosi (196 km) oqib o’tadi va bu yerda viloyatdagi eng yirik suv omborlari Janubiy Surxon, To’polang, Degrez, Uchqizil va Oqtepa suv omborlari qurib ishga tushirilgan.
Rayon hissasiga viloyat umumiy aholisining 71,5 % to’g’ri keladi. Bu yerda sanoat, shu jumladan, xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish yaxshiroq rivojlangan. Rayon viloyat jami sanoat mahsulotining 69,5%ini, xalq iste’mol mollarining 90%ni ishlab chiqaradi.
Biroq Surxon rayonining sanoati nisbatan rivojlangan bo’lsada, bu borada tumanlararo miqyosda katta farqlar mavjud. CHunonchi, viloyat va rayon sanoat ishlab chiqarish hajmida Denov tumani yuqori mavqega ega. Tumanda viloyat jami yalpi sanoat mahsulotining 14,3 %, iste’mol mahsulotining 30%, rayon yalpi sanoat mahsulotining 25% va xalq iste’mol mollarining 54 %ni ishlab chiqarmoqda(2012 y.). Bu yerda mintaqaning yirik sanoat korxonasi Denov yog’ ekstraktsiya zavodi, sut, konserva, aroq-vino ishlab chiqaruvchi korxonalari, shuningdek, momiq-paxta fabrikasi, paxta tozalash korxonalari (Denov, Xayrabod) joylashgan. Birgina Denov yog’-ekstraktsiya korxonasi viloyatda ishlab chiqiladigan o’simlik moyining 100%ni ishlab chiqarmoqda. Unga Denov tumanidagi jami yalpi sanoat mahsulotining 30%dan ortig’rog’i, viloyat sanoat mahsulotining 12% to’g’ri keladi.
Sanoat mahsuloti hajmiga ko’ra, ikkinchi o’rinda SHo’rchi tumani turadi. Tumanda viloyatning yirik don mahsulotlarini qayta ishlash korxonasi, paxta tozalash va mebel fabrikasi joylashgan. Sanoat salohiyati bo’yicha keyingi o’rinni Jarqo’rg’on tumani egallaydi. Tumanda viloyatda yagona bo’lgan to’qimachilik korxonasi, Jarqo’rg’on va Surxon paxta tozalash zavodlari, mustaqllik yillarida qurib ishga tushirilgan un ishlab chiqarish korxonasi ishlab turibdi. Viloyat ma’muriy markazi – Termiz shahrida go’sht, sut korxonasi, paxta tozalash zavoi, g’isht zavodi ishlab turibdi.
Rayonning qolgan Qumqo’rg’on, Sariosiyo, Uzun tamanlarida sanoat ishlab chiqarish asosini paxta tozalash korxonalari tashkil etadi. Sariosiyo tumanida konserva mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi, Qumqo’rg’on tumanida esa xorijiy tadbirkorlar bilan hamkorlikda qurilgan sara urug’ ishlab chiqaruvchi “Oltin chigit” qo’shma korxonasi bor. Sariosiyo tumanida esa ko’mir (SHarg’un), Jarqo’rg’on tumanida esa neftь qazib chiqarish (Xovdak, Kakaydi) mavjud. Ayni vaqtda Termiz va Oltinsoy tumanlari tipik qishloq xo’jalik rayoni hisoblanadi. Viloyatning Oltinsoy tumani esa yagona uzumchilikka ixtisoslashgan tumandir. Bu yerda uzumchilik negizida vino ishlab chiqaruvchi korxona faoliyat olib boradi.
SHunday qilib, Surxon rayonida Denov sanoat tuguni (u shakllanish darajasida) hamda Termiz, Denov, Jarqo’rg’on sanoat markazlarini, SHo’rchi, Qumqo’rg’on, Sariosiyo, Uzun sanoat punktlarini ajratish mumkin. SHuningdek, bu yerda SHarg’un, Xovdak, Kakaydi kabi “resurs” markazlar yoki shaharchalar mavjud.

Yüklə 367 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin