«tabiyot fanlari» fakultеti «gеografiya va uni o’qitish mеtodika
Sanoat – moddiy ishlab chiqarishning eng yirik va texnik tomondan eng takomillashgan tarmog’i. Bu o’zi uchun va mamlakat iqtisodiyotining boshqa sohalari uchun mehnat qurollari tayyorlaydigan, shuningdek, xom ashyo, yoqilg’i, energiya olish, yog’och tayyorlash mavjud sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bilan shug’ullanuvchi korxonalar (zavod, fabrika, kon, elektr stantsiyalari) majmuidir.
Sanoat geografisi asoschilaridan biri hisoblangan A.T.Xrushchyov ta’biri bilan aytganda: «Sanoat – moddiy ishlab chiqarishning asosiy va yetakchi tarmog’i bo’lib, o’z ichiga tabiiy resurslarni qazib olish va xom ashyolarni qayta ishlash jarayonlarini qamrab oladi. Sanoat moddiy ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlari qayta ishlash jarayonida yetakchi o’rin tutishi, mashinalar majmuiga egaligi, uzluksiz ishlab chiqarish jarayoni mavjudligi, ishlab chiqarishning mujassamlashuvi, ixtisoslashuv, kooperatsiya va kombinattsiyalashuv kabi ko’rinishlarining mavjudligi va joylashuviga ko’ra farq qiladi».
Shuningdek, sanoatning muhim xususiyatlaridan biri, qishloq xo’jaligi darajasida tabiiy omillarga bog’liq emasligidadir. Sanoat tarmoqlarida asosan qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan davriylik bilan bog’liqligi ham sezilarli emas. Faqat sanoatning qishloq xo’jalik mahsulotlarini birlamchi qayta ishlovchi tarmoqlarda baliq ovlash, yog’och kesish kabi sohalarida oz ko’rinishda bog’liqlik bor. Sanoatda inson texnologik jarayonlarga ta’sir ko’rsata olsa, bu holat qishloq xo’jaligida sanoatdagi kabi darajaga ko’zga tashlanmaydi. Bunday farqlarni moddiy ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlariga nisbatan ham ko’rish mumkin. Albatta, bu tabiiy xol. Yaratilgan mahsulot muomilada bo’lsa, qurilish sohasida yaratilgan mahsulot esa o’zining qo’zg’almasligi bilan farqlanadi. Bunday holatlarni transport, aloqa, savdo kabi moddiy ishlab chiqarishning boshqa sohalarida xam ko’rish mumkin.
Sanoatning vujudga kelishi va rivojlanishi mehnat taqsimotining o’sishi, ishlab chiqarishni differentsiyallash va ixtisoslashtirish bilan bog’liq.
XVIII asr oxirlarida qishloq xo’jaligi va unga yondosh tarmoqlarning rivojlanishi asta sekin sanoatning paydo bulishiga olib qeldi. Yevropaning rivojlangan davlatlarida, ayniqsa, Angliyada shakllana boshlagan bu jarayon sanoat inqilobi nomini oldi va butun dunyoda yangi texnik davrni boshlab berdi. Sanoat rivojlanishida aholining qishloq xo’jaligida band bo’lgan qismlari asta –sekin sanoat tarmoqlarida faoliyat ko’rsatadi. Sanoat korxonalari joylashgan xududlar asta-sekin korxonalar yiriklashuvi natijasida shaharlarga, vaqt o’tishi bilan sanoat rayonlariga aylana berdi.
Foydalanish, o’simlik va hayvonot resurslarini ishlatish, sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bilan bog’liq ishlab chiqarish vazifalarini bajaradi. Ishlab chiqariladigan maxsuloti ishlatadigan xom ashyosi, ishlab chiqarish texnologiyasi kabi belgilariga ko’ra sanoat tarmoqlari bir necha guruxlarga ajratiladi. Bu birinchi o’rinda undiruvchi sanoat tarmoqlari va qayta ishlovchi sanoat tarmoqlari. Undiruvchi sanoatga tog’-kon sanoatining barcha yunalishlari, GESlar, o’rmon, baliq va boshqa dengiz mahsulotlari ovlash kabilar kiradi. Qayta ishlovchi sanoat tarmoqlariga tog’ –kon va o’rmon, yogochsozlik tarmoqlaridan boshqa barchasini o’z ichiga oladi. SHuningdek, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning iqtisodiy ahamiyati va takror ishlab chiqarish jarayonidagi roli jihatidan ham sanoat tarmoqlari guruhlashtiriladi.