I. “A” guruhi – ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi. Bu guruhga mashinasozlik, metallurgiya majmualari va ximiya sanoatining ba’zi tarmoqlari kiradi. O’z navbatida “A” guruhi ikki guruhchaga ajraladi:
Mehnat vositalari ishlab chiqarish.
Mehnat buyumlari ishlab chiqarish.
II. «B» guruhi – iste’mol buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Engil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari ushbu guruhda asos bulib xizmat qiladi. Bu ham ikki guruhchaga bo’linadi:
SHaxsiy iste’mol buyumlari ishlab chiqarish.
Jamoa iste’mol buyumlari ishlab chiqarish.
Sanoatda bu ikki guruh orasida o’ziga xos ichki mutanosiblik
mavjud. Yuqorida ko’rib o’tilganidek «A» guruhining asosini og’ir, «B» guruhini esa yengil va oziq –ovqat sanoati tashkil qiladi. Sanoat tarixiga nazar tashlasak, biz avvalo industrial davr darakchisi sifatida qishloq xo’jaligi mahsulotlariga ishlov berish maqsadida vujudga kelgan tarmoq bo’lib yengil sanoat ko’zga tashlanadi. Hozirda dunyoda ilg’or mamlakatlar sifatida tanilgan davlatlar xam industriallashtirish yengil sanoat rivojlanishi orqali erishilgan. Faqatgina sobiq SSSR, Osiyo va Afrika qit’asining ba’zi davlatlarida bu jarayon og’ir sanoat rivojlanishi bilan erishishga harakat qilindi. Asosan iqtisodiyot yuksalishi uchun «A» guruh o’rni beqiyos. Og’ir sanoat rivojlanishi bilan o’ziga xos tarzda yengil sanoat rivojlanishiga turtki bo’lib xizmat qiladi. «A» guruxining yetakchi o’rinda borishi «B» guruhining rivojlanishi uchun ham manfaatli imkoniyatlar yaratadi, chunki yengil va oziq–ovqat sanoatiga tobora ko’proq mablag’ ajratila boshlandi. Yana shunisi xarakterliki, og’ir sanoat iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarishni ko’paytirmoqda. Dunyo mamlakatlari sanoatida bu ikki guruh nisbatini ko’rib chiqar ekanmiz, quyidagi xolatni kuzatamiz. Rivojlangan davlatlarga «A» va «B» guruhlarining biron bir ko’rinishi mavjud resurslarga qarab rivojlanayotgan davlatlarda ustun nisbatda mavjud.