Tadbir ssenariysi
Tuzuvchi Zohir Murzayarov
14-fevral Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539- yilligiga bag‘ishlangan “Shoh va shoir bobomiz” nomli tadbir 2022 yil 14-fevral Nishon ttumani, Guliston mahallasi 30-maktab sport zali.
Tadbirni_________________________________________________________________________olib boradi.
Tadbir 11:00da boshlanadi.
1010 – 1015 Tabrik uchun so‘z.
Nishon tumani 30-maktab direktori Majid Buxorov Qudratovich.
.
1015—1030 Zahiriddin Muhammad Bobur ijodidan namunalar.
Maktab o‘quvchilari tomonidan g‘azal va ruboiylar.
.14-fevral Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539- yilligiga bag‘ishlangan “Shoh va shoir bobomiz” nomli tadbir
SSENARIYSI:
(Sahna to‘rida Bobur bobomiz portreti va kitoblari qo‘yiladi)
(fonda “Mustahzod” kuyi)
1 – o‘quvchi
Assalom, yurtimning shod nasllari,
Bobur avlodi gulgun chehralar.
Baxtiyor avlodning sho`x o`g‘lonlari,
Barchinoy qizlari mohichehralar.
Assalomu-alaykum, hurmatli mehmonlar, azizu stozlar va qadrdon zukkoo‘quvchilar!
2 –o‘quvchi O‘zbek mumtoz adabiyotida munosib o’rin tutgan, buyuk mutafakkir, shoh shoir bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining
539-yilligiga bag‘ishlangan nazm va navo kechamizga xush kelibsiz! Muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev aytganlaridek, Ajdodlarga ehtirom o’zlikni anglash demakdir.
1–o‘quvchi: Inson qalbining quvonchi qayg‘usini, ezgulik va hayot mazmunini Bobur ifoda etganchalik shoir jahon adabiyotida kamdan kam topiladi. Ona yurtga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg‘usi ham bizning yuragimizga, avvalo, Bobur asarlari bilan kirib keladi.
Dostları ilə paylaş: |