Tadbir ssenariysi Tuzuvchi Zohir Murzayarov


Yetgil dog’i ishtiyoq ila Boburdin



Yüklə 12,64 Kb.
səhifə3/3
tarix12.02.2022
ölçüsü12,64 Kb.
#114351
1   2   3
2 5204372177922561883

Yetgil dog’i ishtiyoq ila Boburdin

Zinhor degil salom tuqqonimg’a

1-boshlovchi: Hozirda sahnaga 7-sinf o'quvchilarini taklif etamiz. (sahnaga 6 ta o’quvchi chiqib keladi)

1-O’quvchi

Salom yurtim, ey aziz xalqim

Ona yerga qilib men ta’zim

Kechir sendan juda ko’p qarzim

Ko’zga sog’inch yoshi to’lganmish

Andijonga Bobur kelganmish (Oxirgi misrani hamma birgalikda aytadi)



2-O’quvchi

Ko’k gumburlab oy surilganmish

Ajib oppoq nur yog’ilganmish

Yo’l ochilib, gul sochilganmish

Shoh tulpori birdan yelganmish

Andijonga Bobur kelganmish (Oxirgi misrani hamma birgalikda aytadi)



3-O’quvchi

Hamma shohga chiqqandi peshvoz

Olqish, qutlov, sevinch… ehtiros

Diydor bo’ldi dillarda e’zoz

Go’yo yigit bo’lib qolganmish

Andijonga Bobur kelganmish (Oxirgi misrani hamma birgalikda aytadi)



4-O’quvchi

Shoir uxlab, uyda uyg’ondi

Ota-ona vaslidan qondi

Bog’da gullar terib qalb yondi

Atrofin suluv qizlar o’rab olganmish

Andijonga Bobur kelganmish (Oxirgi misrani hamma birgalikda aytadi)



5-O’quvchi

Lol qoldi u ko’rib diyorin

Qo’msadi ishq, yoshlik bahorin…

Birga o’sgan ilk do’st-u yorin

Topib, g’oyat xursand bo’lganmish

Andijonga Bobur kelganmish (Oxirgi misrani hamma birgalikda aytadi)



6-O’quvchi

Boshga shunday taqdir bitmasa

Netardi yov ta’qib etmasa?

Ne bo’lardi shoir ketmasa?

Ketib, qalbi yurtda qolganmish

Andijonga Bobur kelganmish (Oxirgi misrani hamma birgalikda aytadi)

(Bobur haqida she’r aytilgandan so’ng 6 ta o’quvchi Bobur haqida qimmatli ma’lumotlar aytib o’tadi)

2-boshlovchi

Nomangki tirikligim nishoni erdi

Har satri hayoti jovidoni erdi

Har lafzida oshkor yuz harfi vafo

Har harfda yuz mehr nihoni erdi

1-boshlovchi

Hozirda navbat -sinf o’quvchi qizlarining Bobur g’azaliga bastalangan kuy qo’shiq sadolari ostida o’zining chiroyli raqslarini ijro etishlariga beramiz.

(15-20-minut o’quvchi qizlar tomonidan tayyorlab kelingan raqs bo’lib o’tadi)

2-boshlovchi

Shoh va shoir bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur g’azalari, ruboiylari va to’rtliklarini yoddan aytishlari uchun maktabimizning faol o’quvchilarini davramizga taklif etamiz. (Bunda 10-15-mimut davomida 5-6-sinf, umuman, har bir sinf o’quvchilari Shoh va shoir bobomiz ijodidan namunalar aytishadi)



1-boshlovchi

Bobur ijodida ishq-muhabbat, sevgi-sadoqat, visol va hijron mavzusi ham salmoqli oʻrin tutadi. Uning gʻazal va ruboiylarida, tuyuq va masnaviylarida maʼshuqaning maftunkor goʻzalligi, beqiyos husnu latofati, sharqona odob-u axloqi, noz-u karashmasi yengil va oʻynoqi, musiqiy va ravon misralarda katta mahorat bilan tarannum etiladi.

2-boshlovchi

Muhtaram ustozlar, aziz o’quvchilar, endigi navbatni “Bobur shoh va shoir bobomiz” adabiy-badiiy kechamizning oxirgi qismi bo’lmish sinf o’quyvchilari tomonidan tayyorlanib kelingan kichik sahna korinishimizga beramiz, marhamat! (20-minutga yaqin sahna ko’rinish bo’lib o’tadi)



Tadbir yakunida faol qatnashgan sinflarga maktab ma’muriyati tomonidan faxriy yorliqlar taqdim etiladi.

E’tiboringiz uchun rahmat!
Yüklə 12,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin