Mavzu:“Onajonim-mehribonim” (8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan)
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsad: : Onalarni ulug`lash ,ularga g`amxo`rlik qilishga o`rgatish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: Onalarning oiladagi mehnatlari aks ettirilgan tasvirlar .
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism : Sinfni guruhlarga ajratish
guruh:Bahor fasli haqida ”Davom ettir” metodidan foydalanib matn tuzadi
guruh:”Moychechak” usulida muhim sanalarni yopishtiradi
guruh:Odob-axloq qoidalarini aytadi
O’tilgan mavzu:Zulfiya.Kitobdan ko’p narsa o’rgandim.
AKT yordamida Zulfiya haqida so’rab olish
Zulfiyaxonim she’rlaridan so’rash
Zulfiyaxonim she’rlari nomini ”Kapalak” metodi yordamida so’rab olish.
Kitob haqida maqollar so’rash
Turli kasbdagi onalar suratlarini namoyish etish va savol bilan murojaat qilish. Onangizni qanday tasavvur qilasiz?
II.Asosiy qism :
“Onajonim” she`ri. Mahmudjon Dadaboyev
Onajonim , mehribonim
Men gul bo`lsam, siz bog`bonim.
Ko`zim ochib sizni ko`rdim,
Siz tugayli inson bo`ldim.
Duo qiling tezroq o`say,
Tinchlik uchun, hissa qo`shay.
“Siz kulsangiz” Umida Abduazimova
Siz kulsangiz onajon, olam kuladi.
Akam, ukam-u tajang , qalam kuladi.
Oy, quyoshni chizamiz,sizga o`xshatib,
Yoshingizni yozamiz,
Yuzga o`xshatib.
Onajon , Siz kulsangiz,
Yashnab ketasiz,
Yuzdagi ajinlarni,
Tashlab ketasiz.
Jannat onalar oyog`i ostaidadir.
Ona bilan bola , gul bilan lola.
Davraga mashhur o’zbek ayollar taklif qilinadi
Zebuniso:Yuz bahor oxir bo’lib har chekkadan joy oldi gul
Hayfdir bizning gulimiz zebi dastob bo’lmasa.
Hayf zohid sallasiga-kim,bu pechutob ila,
Tasbehiga ip bo’lib,zinhor uchun tor bo’lmasa.
Har matoga bor xaridor husnning bozoriga
Nechun Zebuniso qarrib xaridor o’lmasa.
Nodira:Marhabo ey payki sulton marhabo
Hud-hudi mulki sulaymon marhabo
Qo’y kabi poyingni diydam ustiga
Bir dam ey sarvi xiromon marhabo
Nodira har so’zki insho ayladim
Aydi anga ahli davron marhabo
Dostları ilə paylaş: |